Boshqaruv psixologiyasi



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/169
Sana04.04.2022
Hajmi3,2 Mb.
#527068
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169
Bog'liq
fayl 2151 20211115

Samarali rahbar qiyofasi 
Yuqorida samarali boshqaruv faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shaxs 
xislatlarini keltirib o„tdik. Bu xislatlarni bilish, rahbar ularni o„zida 
shakllantirishga intilishi, so„zsiz, uning boshqaruv mahoratini yanada yuqori 
pog„onalarga olib chiqadi va tashkilotning ko„zlangan maqsadga yo„nalishini 
tezlashtiradi. Lekin, metodologiya nuqtai nazaridan rahbar shaxsi shunchaki xislat 
yig„indisidan iborat emas, ayni vaqtda mazkur xislatlarni mujassamlashtirib, 
uyg„unlashtirib turuvchi yanada shiddatli kuchlar borki, ular ishtirokida 
xislatlarning ma‟lum kombinasiyasidan iborat rahbar qiyofasi mavjud bo„lishi 
mumkin. Psixologiya fanida ushbu fikr shaxs strukturasi degan ibora orqali o„z 
mazmunini topgan. Hozirga kelib psixologiya fanida shaxs strukturasini 
ifodalovchi turlicha ta‟riflar mavjud bo„lib, ularning qiyosiy tavsifini keltirishga 
hojat yo„q deb, o„ylaymiz. Ulardan eng ahamiyatlisi sifatida quyidagi tahlil bayon 
etish mumkin. Shaxsdagi barcha psixologik xislatlar va ijtimoiy sifatlar quyidagi 
tizim shaklida tasavvur etilishi mumkin: 
Tasvirlangan piramidaning tarkibiy qismlarini qatlamlar deb, qabul qilsak
yuqorida turgan tarkib o„zidan pastda joylashgan qatlamlardan shakl topadi. 
Demak, ushbu tizimning birinchi pog„onasida turgan 
“xatti-harakatlar”
deb, 
ataluvchi qatlam birlamchi hisoblanadi va uning asosida shaxsning yanada 
40
Махмудов И.И. Бошқарув психологияси: Ўқув қўлланма / Масъул муҳаррир: А.Холбеков. – Т.: 
ДЖҚА “Раҳбар” маркази; “YUNAKS-PRINT” МЧЖ, 2006. – 230 б. 


109 
yuksakroq tarkibiy sifatlari shakllana boshlaydi. Yuksak pog„onada turuvchi 
tuzilmalarning sifati va ifodalanishi pastki o„rindagi qatlamlar sifat mohiyati bilan 
bog„langan. Shu nuqtai nazardan qaraganda insonda avval pastki qatlamlar (xatti-
harakat va ustanovkalar) shakllanadi, so„ngra ular qadriyatlarning shakllanishiga 
asos bo„ladi, qadriyatlar negizida insonning e‟tiqodi shakllanadi va e‟tiqodlar 
majumasi inson missiyasi orqali birlashadi. Endi, shu fikrga asoslangan holda 
yuqorida tasvirlangan piramidaning tarkibiy bo„laklari (qatlamlari) ustida alohida 
to„xtalib o„tamiz. 
Missiya
– eng oliy maqsad bo„lib, inson butun umrini shu maqsadga intilish 
uchun bag„ishlaydi. Odatda missiya shakllanishi va inson tomonidan anglanishi
uning yetuk yoshlariga to„g„ri keladi. Missiya inson hayotining yo„nalishini 
ifodalaydi. Odatda har bir inson hayotida o„z missiyasiga ega va hamma gap uni 
erta yoki kech anglanishidadir. Psixologiya fanida katta o„rin egallagan gumanistik 
yo„nalish e‟tirof etadigan asosiy vazifalardan biri – insonga uning missiyasini 
anglashda yordam berishdan iboratdir. Mavzuimiz mazmunidan kelib chiqqan 
holda shuni ta‟kidlash lozimki, har bir rahbar o„z faoliyatini qanday missiya orqali 
ifodalanishini iloji boricha ertaroq anglab olishi lozim. Masalan, missiya sifatida 
o„z xalqiga xizmat qilish, o„z vatanining ravnaq topishida ishtirok etish yoki butun 
xatti-harakatini oilasi farovonligiga bag„ishlash kabi sharafli burch bo„lishi 
mumkin. Albatta, bunday iboralar ro„yxati cheksiz va ular har bir shaxs uchun 
individualdir. Shaxs o„z missiyasini nafaqat anglashi, balki, tashkilot umumiy 
maqsadi bilan uyg„unlashtirishi lozimdir. Missiya o„z shakliga binoan aniq va 
ravshan ifodalanishi, shaxsdan “tashqarida” joylashishi, ya‟ni tashqi muhit 
ob‟yektlarida mujassamlashgan bo„lishi lozim (masalan, kasbiy yo„nalish, o„zgalar 
manfaati, xizmat sohasi va hokazo). Missiya o„z mazmuniga ko„ra shaxs 
e‟tiqodlaridan unib chiqadi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish