O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Inyeksion va infuzion dori vositalarini tayyorlash



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/169
Sana04.04.2022
Hajmi2,48 Mb.
#526987
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   169
Bog'liq
SS(MS) O\'UM 2020

Inyeksion va infuzion dori vositalarini tayyorlash 
Tayyorlangan 
inyeksion va infuzion eritmalar ko‘rinadigan mexanik 
aralashmalardan holi, steril, barqaror bo‘lishi, pirogenlik sinoviga bardoshli bo‘lishi kerak. 
Inyeksion va infuzion eritmalar aseptik (steril) sharoitlarda inyeksiyalar uchun 
ishlatiladigan suvda og‘irlik-hajm usulida tayyorlanadi. 
Bir ish joyida tarkibida turli nomdagi dori vositalari yoki bir nomdagi turli 
konsentratsiyalardagi dori vositalari bo‘lgan bir necha inyeksion va infuzion eritmalarni bir 
vaqtning o‘zida tayyorlash taqiqlanadi. 
Inyeksion va infuzion eritmalarni ularning tarkibiga kiruvchi dori vositalarining 
kimyoviy jihatdan bir-biriga mosligi, sterilizatsiya texnologiyasi va rejimi to‘g‘risida 
ma’lumotlar bo‘lmaganda, shuningdek farmakopeya maqolasida, umumiy farmakopeya 
maqolasida belgilangan sifatni nazorat qilish usullari bo‘lmaganda yoxud sifatni nazorat qilish 
sohasidagi hujjat bo‘lmaganda tayyorlash taqiqlanadi. 
Inyeksion va infuzion eritmalar qo‘llanilishi ruxsat etilgan filtrlash materiallaridan 
(gigroskopik paxta, doka, kamdan-kam hollarda — shoyi, kaprondan) foydalangan holda 
filtrlanadi. Eritmani filtrlash uni steril tiqinlar bilan berkitiladigan, tayyorlab qo‘yilgan steril 
flakonlarga bir vaqtning o‘zida quyib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Inyeksion 
va 
infuzion 
eritmalarni 
tayyorlash 
boshlanishidan 
to 
sterilizatsiyalashgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i 3 soatdan oshmasligi lozim. 
Inyeksion 
va 
infuzion 
eritmalar 
ushbu 
Nizomning 
1-ilovasidagi 1-
jadvalda ko‘rsatilgan sterilizatsiya rejimlari talablariga muvofiq sterilizatsiya qilinadi. 
1 litrdan ko‘p hajmli eritmalarni sterilizatsiya qilishga hamda inyeksion va infuzion 
eritmalarni qaytadan sterilizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Sterilizatsiya jarayoni butun solinadigan hajmning samarali sterilizatsiya qilinishini 
ta’minlashi kerak. 
Sterilizatsiya termik usullarining parametrlari va samaradorligini nazorat qilish 
nazorat-o‘lchov priborlari, kimyoviy va biologik testlar yordamida amalga oshiriladi. 
Sterilizatsiya rejimlari dori vositalari, yordamchi materiallar, idishlar va boshqa 
materiallarni Sterilizatsiya qilish rejimini qayd etish jurnalida qayd etiladi. 
Jurnalda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: 
sterilizatsiyani o‘tkazish sanasi va tartib raqami; 
retsept yoki talabnoma raqami; 
sterilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan material nomi; 
boshlang‘ich dori shakllari, tayyorlangan dori vositalari, yordamchi materiallar, 
idishlar va boshqa materiallarning (sterilizatsiyagacha bo‘lgan va undan keyingi) miqdori; 
sterilizatsiya sharoitlari (harorat, vaqt (sterilizatsiya boshlangan va tamomlangan 
vaqt ko‘rsatiladi); 
termotest; 
materiallar sterilizatsiyasini o‘tkazgan shaxsning imzosi. 
Jurnalda dori vositalarining sterilizatsiyasi (yakka tartibdagi retseptlar (talabnomalar) 
bo‘yicha tayyorlangan hamda seriyali tayyorlangan inyeksion eritmalar bundan mustasno), 
shuningdek natriy xloridni qizdirish haqidagi belgi qayd etib qo‘yiladi. 
Jurnalning betlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan hamda dorixona rahbarining 
imzosi va muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak. 
Inyeksiya va infuziya eritmalarining sterilizatsiyagacha bo‘lgan sifatini baholash 
tashqi ko‘rinishi, mexanik aralashmalar yo‘qligi, rN ko‘rsatkichi, dori vositalarining 
haqiqiyligi va miqdoriy tarkibi, izotonikligi va barqarorlashtiruvchi moddalar tarkibi bo‘yicha 


46 
o‘tkaziladi. 
Inyeksiya va infuziya eritmalarining sterilizatsiyadan keyingi sifatini baholash tashqi 
ko‘rinishi, mexanik aralashmalar yo‘qligi, flakonlarga quyib chiqishda nominal hajmini 
tekshirish, rN ko‘rsatkichi (rN ko‘rsatkichni aniqlashda yo‘l quyiladigan me’yoriy og‘ishlar 
ushbu Nizomning 2-ilovasidagi 1-jadvalda keltirilgan), dori vositalarining chinligi va 
miqdoriy tarkibi, nominal hajmdan chetga chiqishlar, tiqinlagichning mahkamligi, 
barqarorlik, pirogenlik yoki bakterial endotoksinlar tarkibi bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Ko‘rsatilgan talablardan biriga nomuvofiq bo‘lgan holda eritmalarning sifati 
qoniqarsiz hisoblanadi. 
Inyeksiyalar va infuziyalar uchun dori vositalarini tayyorlashda uning barcha 
bosqichlari Inyeksiyalar va infuziyalar uchun dori vositalari tayyorlashning bosqichlarini 
nazorat qilish natijalarini qayd etish jurnalida qayd etiladi. 
Jurnalda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: 
nazoratni o‘tkazish sanasi va tartib raqami; 
retsept yoki talabnoma raqami; 
boshlang‘ich vositalarning (shu jumladan suv) nomi va olingan miqdori; 
tayyorlangan eritma nomi va hajmi; 
eritmani tayyorlagan shaxsning imzosi; 
qadoqlash (quyib chiqish) (hajm millilitrlarda va shisha idishlar (flakonlar) soni 
ko‘rsatiladi); 
eritmani qadoqlagan shaxsning imzosi; 
eritmani mexanik aralashmalar nuqtai nazaridan dastlabki nazoratni o‘tkazgan 
shaxsning imzosi; 
sterilizatsiya (harorat, “...dan” va “... gacha” bo‘lgan vaqt, termotest, eritmani 
mexanik aralashmalar nuqtai nazaridan sterilizatsiyadan o‘tkazgan shaxsning imzosi); 
eritmani mexanik aralashmalar nuqtai nazaridan ikkilamchi nazoratni o‘tkazgan 
shaxsning imzosi; 
tahlillarning sterilizatsiyagacha va undan keyingi raqamlari (kasr orqali ko‘rsatiladi); 
berib yuborish uchun kelib tushgan tayyor mahsulot idishlarining soni; 
tayyorlangan dori vositalarini berib yuborishga ruxsat bergan shaxsning imzosi. 
Jurnalning betlari raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan hamda dorixona rahbarining 
imzosi va muhr bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish