Qarshi davlat universiteti republic of uzbekistan



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/154
Sana03.04.2022
Hajmi1,34 Mb.
#526703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
A.S.Makarenko aytganidek, "Agar pedagog mahoratni egallamas ekan, agar u bolalar 
muhitidagi ilg’or kuchlarga tayana olmas ekan, ularning o’stirishini rag’batlantirib, eng yaxshi 
faoliyatlarini rivojlantira olmas ekan, u muqarrar ravishda shaxsiy ta’sir ko’rsatishni 
mo`tloqlashtirib boradi, ya’ni o’ziga eng oson yo’lni tanlaydi.
Chinakam mahorat bilan obro`talablik bir biri bilan sig’isha olmaydi. Agar chinakam 
mahoratli pedagog hamma vaqt munosabatlar sistemasi bolalarning ijodiy kamolatiga yordam 
berishi lozimligini uylasa obro`talab pedagog ularning mustaqil faoliyatini nihoyatda toraytirib, 
ularning so’zsiz quloq solishlarini yoqtiradi, bu bilan bolalar muhitidagi tarqoqlikka 
ko’maqlashadi."
Pedagogik mahorat o’ziga bolalar haqidagi ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etish va uning 
mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik 
madaniyatni tashkil etadi, o’qituvchi-tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o’z 
kasbining chinakam ustasi bo’la olmaydi.
Zamonaviy o’qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o’zi kifoya qilmaydi. Bolalarni 
ko`zatish, ularni o’sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g’oyalar bilan 
taqqoslash, ularni rivojlanish yo’llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir 
ko’rsatish usullarining o’zaro bir-biriga o’tishi dialektikasini chuqo`r tahlil qilish, pedagogik 
izlanishlar va yo`tuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo’ladi.
Mutaxassislarning pedagogik mahorat tushunchasi mohiyatini ochib berishga oid turlicha 
qarashlarini kuzatishimiz mumkin. Taniqli ukrain pedagogi Zyazyunning fikricha, Pedagogik 
mahorat - bu o‘qituvchining yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligini ta’minlovchi kasbiy va 
shaxsiy sifatlari yig‘indisidir. 
Pedagogik mahorat - bu o‘qituvchi nutqining ravon va ta’sirchan o‘tilayotgan mavzuga 
o‘quvchi diqqatini torta oladigan, mavzuga mos ko‘rgazmalar - ijod qilib va undan unumli 
foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o‘quvchi qalbiga yo‘l topa oladigan, har bir dars 
bolaning qiziqish va faoliyatini oshira oladigan kishini tushunamiz. 
Pedagogik mahorat - izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma 
o‘qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, 
ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. Pedagogik mahorat bir qator 
komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni 
kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o‘z ichiga oladi. 
Pedagogik mahorat - bu pedagogik (o‘quv tarbiyaviy) jarayonining barcha shakllarini eng qulay 
va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘llantirish, 
tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur 
bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir. 
Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu - kasbga oid bilimlarni puxta o‘zlashtirishdan 
iboratdir. O‘qituvchi o‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tizimini puxta egallab olishi kerak. 
Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol 
o‘ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o‘qituvchiga faqat 
o‘z sinfini hamda ayrim o‘quvchilarni o‘rganish va ularning to‘g‘ri fe’l-atvorlarini 



tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a’zosini rivojlanish istiqbolini ham 
belgilash imkonini beradi. 
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. 
Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik hamisha uning 
hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo‘lishi 
mumkin. Qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli 
o‘qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, 
buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo‘lda o‘z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga 
mehr - muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi. 
Uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish muammolari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti I.A. Karimov: «O‘qituvchi va murabbiylar- ning hayotiy talablarini 
qondirish, ularni rag‘batlantirish, ularning o‘z ishi, kasbidan mamnun bo‘lishini ta’minlashimiz 
lozim va ... bu masalani yechmasdan turib, kelajak avlod tarbiyasi to‘g‘risida gapirishning o‘zi 
mutlaqo nomaqbuldir»,- deb ta’kidlagan edi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi» o‘qituvchilar oldiga juda katta va mas’uliyatli vazifalar yukladi. Bu esa o‘qituvchilardan 
o‘z ustilarida muntazam tinmay ishlashlari va yosh avlodni o‘z Vataniga, xalqiga munosib 
insonlar qilib tarbiyalashni talab etadi. 
O‘qituvchilik kasbi ulug‘ va sharafli, murakkab, o‘z o‘rnida mas’uliyatli kasblardan 
biridir. Dunyodagi barcha insonlarni komil bo‘lib yetishishida o‘qituvchi sababchi bo‘ladi. 
Barcha joylardagi hamma kasb-hunar, ilmli, olimu fuzalolar o‘qituvchining mehnati samarasidir. 
O‘qituvchi mehnatini biror narsa bilan taqqoslab bo‘lmaydi. O‘qituvchilik kasbini egallashga 
intilayotgan har bir inson o‘zida avvalo iroda, sabr-matonat, pedagogik mahoratni, o‘qituvchilik 
ixtisosligiga xos bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashi lozimdir. Bugungi kun o‘qituvchisi: 
dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi; o‘zi o‘qitadigan fanni 
chuqur egallagan bo‘lishi; hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va 
uning har daqiqasidan unumli foydalanishi; pedagogika, psixologiya hamda o‘z fanining 
metodikasini yaxshi bilishi zarur. 
Va nihoyat muallimda o‘qituvchiga xos bo‘lgan qobiliyatlar mujassam etgan bo‘lishi 
lozim. 
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm-farosat bilan bir qatorda pedagogik 
texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga ozroq kuch sarflab ko‘proq natijalarga 
erishish imkonini beradi. 
Pedagogik mahorat o‘ziga bolalar haqidagi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning 
mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar umumiy pedagogik 
madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi-tarbiyachi bu madaniyatni egallamas ekan hech vaqt o‘z 
kasbining chinakam ustasi bo‘la olmaydi. 
Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Bolalarni 
kuzatish, ularni o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy g‘oyalar bilan 
taqqoslash, ularni rivojlanish yo‘llari va usullarini aniqlash turli vositalar, tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatish usullarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik 
izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir sistemaga solish malakalari zarur bo‘ladi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish