27-modda
Mazkur Konvensiyaning qoidalariga va xususan, uning 18-moddasiga amal
qilish shartida, belgilangan joyning dastlabki ko‘rsatilgan bojxonasi belgilangan
joyning boshqa bojxonasiga almashtirilishi mumkin.
28-modda
1.
XYT operatsiyasini to‘xtatilishi darhol bojxona organlari tomonidan
tasdiqlanadi. XYT operatsiyasini to‘xtatilishi shartsiz yoki shart bilan
tasdiqlanishi mumkin; agar operatsiyaning to‘xtatilishi shart bilan tasdiqlangan
bo‘lsa, bu XYT operatsiyasining o‘zi bilan bog‘liq dalillarga bog‘liq bo‘lishi
kerak. Ushbu dalillar XYT kitobchasida aniq ko‘rsatilishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
2.
Yuk boshqa bojxona tartibi sharoitlariga yoki bojxona nazoratining boshqa
tizimiga o‘tkazilayotgan holatlarda, ushbu tartib yoki bojxona nazorati tizimi
doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan barcha qoidabuzarliklar XYT
kitobchasini saqlovchisiga, yoxud uning nomidan harakat qiladigan har qanday
boshqa shaxsga yozilmasligi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
28-moddaga tushuntirish xati
0.28-1
XYT kitobchasidan foydalanish u mo‘ljallangan funksiya bilan, ya’ni
tranzit tashish bilan cheklanishi kerak. XYT kitobchasi, masalan,
belgilangan joyda bojxona nazorati ostida yuklarni saqlash uchun
qo‘llanilmasligi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda
kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga
kirgan)
0.28-2 Yuk boshqa bojxona tartibi sharoitlariga yoki bojxona nazoratining boshqa
tizimiga o‘tkazilganda mazkur modda XYT operatsiyasi to‘xtatilishini nazarda tutadi.
Bunday o‘tkazish erkin muomala uchun bojxona tozalovini (to‘liq yoki
qisman), chegara orqali uchinchi mamlakatga yoki erkin zonaga olib
chiqib ketishni (eksport), yoxud boshqa bojxona tartibi uchun
deklaratsiya qilinishini kutishda yukni bojxona organlari tasdiqlagan
joyda saqlashni o‘z ichiga oladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
28-moddaga sharhlar
XYT kitobchasini saqlovchisiga yoki uning nomidan harakat qiluvchi har
qanday boshqa shaxsga qaytarish.
Shuni ta’kidlash zarurki, XYT operatsiyasini tugatish shart bilan yoki
shartsiz tasdiqlanganligidan qat’iy nazar, XYT kitobchasini saqlovchisiga
yoki uning nomidan harakat qiluvchi har qanday boshqa shaxsga
qaytarish- belgilangan joy bojxonasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyati
hisoblanadi. Ishlatilgan XYT kitobchalarini o‘z vaqtida qaytarish XYT
kitobchalarini beradigan birlashmaga va 6-modda ko‘rsatilgan xalqaro
tashkilotga nafaqat tegishli nazoratni amalga oshirish, balki saqlovchiga
yangi XYT kitobchalarini berish imkonini beradi, chunki muomalada
(saqlovchida) bo‘lgan kitobchalarning soni cheklangan bo‘lishi mumkin.
(TRANS/GE.30/AC.2/12, 33-band; TRANS/GE.30/GRCC/11, 24 va 25-
bandlar; TRANS/WP.30/192, 26-band;TRANS/WP.30/AC.2/59,
46-band va 5-ilova)
Bitta XYT tashish uchun ikkita XYT kitobchasidan foydalanish
Agar butun XYT tashishni amalga oshirish uchun XYT kitobchasidagi
yirtma varaqalarning soni yetarli bo‘lmasa, bunday holatda
Konvensiyaning 27 va 28-moddalariga binoan XYT tashishning birinchi
qismi yakunlanishi kerak, XYT tashishning qolgan uchastkasida esa
yangi kitobcha ishlatiladi, u avvalgi XYT operatsiyasini to‘xtalishini
tasdiqlagan bojxona tomonidan rasmiylashtirishga qabul qilinishi kerak.
Ushbu dalilni aks ettirish uchun ikkala XYT kitobchasiga ham tegishli
yozuvni kiritish kerak.
(TRANS/WP.30/AC.2/23,
21-band;
TRANS/WP.30/192,
26-band;
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
XYT operatsiyasi to‘xtatilgandan keyin qo‘llaniladigan tartiblar
Olib tashlangan
(ECE/TRANS/WP.30/AC.2/105, 31-band)
XYT operatsiyasini to‘xtatish
1. XYT operatsiyasini to‘xtatish shartsiz tasdiqlangan holatda, agar
bojxona organlari to‘xtatish to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy yoki
aldov yo‘li bilan olingan deb ta’kidlasa, unda ular XYT operatsiyasi
tugallanmaganligi haqidagi xabarnomasida va/yoki zarur to‘lovni
amalga oshirish haqidagi talabnomasida ushbu XYT operatsiyasi
noqonuniy yoki aldov yo‘li bilan amalga oshirilganligini ta’kidlovchi
sabablarni ko‘rsatishi kerak.
2. Bojxona organlari 10-moddaning 1-bandidagi va 11-moddaning 1-
bandidagi talablarni bajarishdan bosh tortish yagona maqsadida XYT
operatsiyalarini to‘xtatishni sabablarni ko‘rsatmasdan muntazam
ravishda asoslanmagan shartlar bilan tasdiqlamasliklari lozim.
(TRANS/GE.30/GRCC/11, 12-band; TRANS/GE.30/AC.2/12, 25-band;
TRANS/WP.30/192, 26-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-
ilova)
Qilingan shartlar haqida belgi
Bojxona organlari XYT operatsiyasi to‘xtatilishiga nisbatan har qanday
shartni deyarli aniq bayon etishlari va XYT kitobchasida №2 yirtma
varaqadagi 27-ustunni to‘ldirish va №2 koreshokdagi 5 rubrikada "R"
harfini qo‘yish orqali, hamda bunday holatlarda XYT kitobchasining
bayonnomasini to‘ldirish orqali ushbu shartning mavjudligini
ko‘rsatishlari lozim.
(TRANS/GE.30/8, 12-band; TRANS/WP.30/192, 26-band;
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
XYT operatsiyasi to‘xtatilishining boshqa isbotlash shakllari
XYT operatsiyasini tegishli tarzda to‘xtatilganligining muqobil isbotini
olish maqsadida, bojxona organlariga, istisno tariqasida, quyidagi
axborotdan foydalanish tavsiya etiladi, agar u ularni qondirish uchun
berilgan bo‘lsa:
-
mazkur XYT tashish davom etayotgan boshqa Ahdlashuvchi tomon
tarafidan rasmiylashtirilgan, ko‘rib chiqiladigandan keyingi XYT
operatsiyasi to‘xtalishining har qanday rasmiy guvohnomasi yoki
tasdig‘i, yoxud tegishli yukni boshqa bojxona tartibi sharoitlariga
yoki boshqa bojxona nazorati tizimiga o‘tishining, masalan, erkin
muomala uchun uni tozalashning tasdig‘i.
-
bunday Ahdlashuvchi tomonning tegishli tarzda qo‘yilgan bojxona
muhrlari bilan XYT kitobchasidagi №1 va №2 koreshoklar yoki
Konvensiyaning
6-moddasida
ko‘rsatilgan xalqaro tashkilot
tomonidan taqdim etiladigan ularning nusxalari, u ushbu nusxalar asl
nusxasidan ko‘chirilganligini tasdiqlashi kerak.
(TRANS/WP.30/159,
38-band;
TRANS/WP.30/192,
26-band;
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
Tashuvchilar
tomonidan
XYT
kitobchalaridan
foydalanishning
takomillashtirilgan tartiblari
Ayrim Ahdlashuvchi tomonlarda yukni oluvchi yoki uning agentlari erkin
muomala uchun yoki XYT tranzit operatsiyasi yakunlanishi bilan boshqa
har qanday bojxona tartibiga muvofiq yuklarni tozalash bo‘yicha zarur
bojxona rasmiyatchiliklarini bajarmaguncha, tashuvchi belgilangan
joyning bojxonasida bojxona organlarining vakolatli xodimlariga
bevosita murojaat qila olmaydi. Transport operatoriga yoki uning
haydovchisiga XYT tartibini to‘xtatish bojxona organlarining vakolatli
xodimlari tomonidan tegishli tarzda tasdiqlanganligiga ishonch hosil
qilish imkonini berish uchun, tashuvchiga yoki uning haydovchisiga,
ularning ixtiyoriga qarab, XYT kitobchasini o‘zida qoldirishga va yukni
oluvchiga yoki uning agentlariga boshqa barcha talab etiladigan
hujjatlar bilan birga XYT kitobchasining sariq rangdagi №1/№2 yirtma
varaqaning faqat nusxasini taqdim etishga ruxsat beriladi.
Yuk tozalangandan keyin erkin muomala uchun yoki har qanday boshqa
bojxona tartibiga muvofiq tashuvchi yoki uning haydovchisi XYT
kitobchasini rasmiylashtirish uchun shaxsan o‘zi bojxona organlarining
vakolatli xodimlariga murojaat qilishi kerak
.
(TRANS/WP.30/188, 54-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 61 va 62-
bandlar va 6-ilova)
Do'stlaringiz bilan baham: |