II-qism I-QISMDA KELTIRILGAN QOIDALAR BILAN KO‘ZDA TUTILGAN TEXNIK TALABLARGA JAVOB BERUVCHI KONTEYNERLARGA RUXSAT BERISH TARTIBI Umumiy qoidalar 1. Konteynerlar bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarni tashish uchun quyidagilarda ruxsat berilishi mumkin: a) yo ishlab chiqarish bosqichida - konstruksiya turi bo‘yicha (ruxsat berish tartibi ishlab chiqarish bosqichida); b) yoki biron bir keyingi bosqichda - yakka tartibda yoki bir xildagi turdagi konteynerlarning ma’lum partiyalari bilan (ruxsat berish tartibi ishlab chiqarishdan keyin biron bir bosqichda). Ruxsat berishning ikkala tartibi uchun umumiy qoidalar 2. Ruxsat berish tartibini amalga oshiruvchi vakolatli organ ruxsat berishdan keyin holatlarga bog‘liq holda haqiqiy bo‘lgan talabnoma kiritgan korxonaga ruxsat berilgan turdagi konteynerlarning cheklanmagan miqdoriga, yoki konteynerlarning ma’lum miqdoriga ruxsat berish to‘g‘risida guvohnomani beradi. 3. Bojxona muhrlari va plombalari ostida yuklarni tashishga kirishidan avval, ruxsat berish to‘g‘risida guvohnoma egasi ruxsat berilgan konteynerga (ruxsat berilgan konteynerlarga) ruxsat berish to‘g‘risida taxtachani joylashtirib qo‘yishi kerak. 4. Ruxsat berish to‘g‘risida taxtacha rasmiy maqsadlar bilan beriladigan har qanday boshqa taxtacha yonida birgalikda yaxshi ko‘rinadigan holatda mahkam o‘rnatilishi kerak. 4-bandga sharhlar Ruxsat berish to‘g‘risida taxtachani mahkamlanishi Plastmassa konteynerlarga taxtachalarni mahkamlash uchun, ruxsat berish to‘g‘risida taxtacharni oson olib tashlanishini istisno qilish uchun shunday tarzda mahkamlangan va Konvensiyaning 7-ilovasining II-qismi talablariga rioya etilgan shart bilan, kuchli yelimni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. (TRANS/GE.30/10, 35-36-bandlar) Ruxsat berish to‘g‘risida taxtachani guruhlashtirish Konvensiyaning 7-ilovasi II-qismi talablariga rioya qilish sharoitida tutib turuvchi plastinaning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi, unga barcha talab etiluvchi ruxsat berish to‘g‘risida taxtachalar joylashtiriladi. Taxtachalar ularni oson olib tashlash imkonini istisno qilgan holda shunday mahkamlanadi. Ruxsat berish to‘g‘risida taxtachalarni yengil identifikatsiya qilish uchun tashuvchilarga konteynerlardagi taxtachalar yonida va ularga qo‘shimcha sifatida yopishtirma yorliqlarni qo‘llashga ruxsat beriladi.
Biroq yopishtirma yorliqlar Konvensiyaning 7-ilovasi II-qismi bilan ko‘zda tutilgan ruxsat berish to‘g‘risida taxtachani hech qanday holatlarda o‘rnini bosmaydi. (TRANS/WP.30/133, 18-24-bandlar; TRANS/WP.30/135, 15-19-bandlar; TRANS/WP.30/AC.2/27, 3-ilova)