19-moddaga tushuntirish xati
0.19
Jo‘natish joyi bojxonasining yuk manifesti aniq ekanligiga ishonch hosil
qilish majburiyati yuk manifestidagi ma’lumotlarni
eksport hujjatlaridagi
va transport yoki mazkur yukga taalluqli bo‘lgan boshqa hujjatlardagi
ma’lumotlarga hech bo‘lmaganda muvofiq kelishini tekshirish zaruratini
nazarda tutadi; zarurat bo‘lganda jo‘natish joyining bojxonasi yukni
tekshiruvdan o‘tkazishi ham mumkin. Jo‘natish joyining bojxonasi
muhrlar va plombalarni qo‘yishdan oldin yo‘l transport vositasi yoki
konteynerning holatini tekshirishi, brezent
bilan qoplangan transport
vositalari yoki konteynerlarga nisbatan esa, brezent va uning
mahkamlanadigan qismlarining holatini tekshirishi lozim, chunki bu
haqdagi ma’lumotlar ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnomaga
kiritilmagan.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
19-moddaga sharhlar
Jo‘natish bojxonasida nazoratdan o‘tkazish
XYT tizimi me’yorda ishlashi uchun jo‘natish bojxonasida yuklarning
bojxona rasmiylashtiruvi barcha zarur bojxona rasmiyatchiliklarini
bajarib amalga oshirilishi juda muhim. Xususan, quyidagilarga to‘sqinlik
qilish zarur:
- yuklarni transport operatsiyasi chog‘ida almashtirib qo‘yish uchun
noto‘g‘ri deklaratsiya qilish (ya’ni, sigaretalar ortiladi, lekin
gulqog‘ozlar deklaratsiya qilinadi, transport operatsiyasi chog‘ida
sigaretalar tushiriladi, gulqog‘ozlar ortiladi); va
- XYT kitobchasining manifestiga kiritilmagan yuklar tashilishi
(sigaretalar, alkogol, narkotiklar, qurollar).
(TRANS/GE.30/AC.2/12,
31-band;
TRANS/GE.30/GRCC/11,19-21-
bandlar)
Jo‘natish
bojxonasida
XYT
kitobchasini
rasmiylashtirishni
qalbakilashtirish
Jo‘natish joyining bojxonasida qat’iy nazoratdan qochish maqsadida
qoidabuzarlar qalbaki bojxona muhrlari va plombalaridan foydalanib,
jo‘natish joyining bojxonasida asl XYT kitobchasini rasmiylashtirishni
qalbakilashtirishga urinishlari mumkin. Bunday noqonuniy harakatlar
juda xatarli, chunki, XYT Konvensiyasining qoidalariga muvofiq, tranzit
mamlakatlari va belgilangan mamlakatlarning bojxona organlari odatda
jo‘natish joyidagi bojxonaning tekshiruvlariga ishonadi. Shuning uchun
jo‘natuvchi mamlakatda joylashgan chiqib ketish bojxonasi (bojxonalari)
bunday firibgarlik harakatlarini fosh etishda muhim rol o‘ynaydi va
bojxona muhrlari va plombalarining haqiqiyligini tekshirishi kerak,
imkon qadar, XYT kitobchasining yuk manifestidagi ma’lumotlarni
odatda 0.19 Tushuntirish xatiga muvofiq ravishda jo‘natish joyining
bojxonalarida tekshiriladigan boshqa kuzatuv hujjatlaridagi (masalan,
yuk eksport deklaratsiyasi, KYuTK yukxati va boshqalar) ma’lumotlarga
muvofiqligini tekshirishi kerak. Zarurat bo‘lganida, eslatib o‘tilgan
chiqib ketish bojxonasi (bojxonalari) jo‘natuvchi mamlakatda