1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari Reja Korxonalar mohiyati va faoliyatining asosi



Download 302,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.04.2022
Hajmi302,27 Kb.
#526137
1   2   3   4
Bog'liq
1- mavzu. (2)

Korxonalarni tasniflash 
Har bir korxona boshqa korxonalardan avvalo ishlab chiqarayotgan mahsuloti, shuningdek, 
ishlab chiqarishning tavsifi va miqyosi, joylashishi, xalq xo„jaligining boshqa tarmoqlari bilan 
aloqalari va boshqa ko„rsatkichlari bilan farq qiladi. Biroq bularning barchasi ishlab chiqarishni 
tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalarini har bir korxona uchun individual tarzda 
alohida ishlab chiqish kerak, degani emas, albatta. Alohida korxonalar guruhiga nisbatan 
qo„llash mumkin bo„lgan umumiy qarorlarni tayyorlash mumkinligi nazariy va amaliy jihatdan 
isbotlab berilgan. 
Bu bilan korxonalarning ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkillashtirish 
masalalarini bir xil tipda hal qilish mumkin bo„lgan guruhlarini aniqlash maqsadida ularni 
tasniflashning maqbo„lligini izohlash mumikn. 
Korxonalarning eng muhim xususiyatlari ularning qaysi tarmoqqa qarashliligi; hajmi; 
ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olganligi; ixtisoslashtirish darajasi va bir tipdagi 
mahsulotlarni ishlab chiqarish miqyosi;ishlab chiqarishni tashkillashtirish usuli hamda uni 
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; tashkiliy-huquqiy shakllarini prog‟nozlashtirishga 
bog‟liq bo„ladi. 
Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko„ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
(mashinasozlik, ko„mir qazib chiqarish, sug‟urta va hokazo) sohalariga mansub bo„lishi mumkin. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko„rinishiga ko„ra, korxonalar sanoat, 
qishloqxo„jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo„linadi. 
Texnologik umumiyligiga ko„ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz va diskret 
ravishda, kimyoviy yoki Mexanik jarayonlarning utsunligi asosida yurituvchilarga bo„linadi. 
Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko„ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga 
bo„linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste‟mol mahsulotlarini ishlab 
chiqaruvchilar. 


Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko„ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta 
ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. 
Yil davomida ishlash muddatiga ko„ra, korxonalar mavsumiy va yil buyi faoliyat 
yurituvchilarga bo„linadi. 
Hajmiga ko„ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgutsdagi «O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o„rta biznesni 
rivojlantirishni yanada rag‟batlantirish chora-tadbirlari to„g‟risida»gi Farmoniga o„zgartish va 
qo„shimchalar kiritish haqida»gi Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog‟ining o„rtacha yillik 
xodimlari soni 20 kishigacha bo„lgan hamda xizmat ko„rsatish va boshqa noishlab chiqarish 
sohasidagi o„rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bo„lgan; ulgurji, chakana savdo va 
umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar mikrofirmalar qatoriga kiritiladi. 
Kichik korxona hisoblanadi: 
engil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, yog‟ochni qayta ishlash, 
mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishicha ishlaydigan; 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‟i-energetika va kimyo sanoati, qurilish, 
qishloqxo„jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha ishlaydigan; 
fan, ilmiy xizmat ko„rsatish, transport, aloqa, xizmat ko„rsatish sohasi (sug‟urta 
kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish 
sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.
Ixtisoslashuv darajasiga ko„ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va aralash 
korxonalarga bo„linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi cheklangan 
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar qatoriga turli xil mahsulot ishlab 
chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar 
o„rtasidagi oraliq guruhni tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullariga ko„ra, korxonalar ishlab chiqarishning 
oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari utsuvor turuvchi korxonalarga bo„linishi 
mumkin. 
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga ko„ra, korxonalar 
to„liq va qisman avtomatlashtirilgan yoki mexanizatsiyalashtirilgan, qo„l-mashina va faqat qo„l 
mehnatiga asoslangan korxonalarga bo„linadi. 
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini kengaytirish va 
chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - qo„shma, ijara, hissadorlik, 
xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning paydo bo„lishiga olib keldi. 
O„zbekiston Respublikasi Kontsitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik shaklining boshqa 
ko„rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan muhofaza qilinishi belgilab 
qo„yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan. 
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo„jalik huquqi normalarida ko„zda tutilgan 
mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli 
xil firmalararo uyushmalarga ahzo bo„lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan 
farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog‟liq bo„lgan strukturaviy tuzilishining usul va 
ko„rinishlari xo„jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi. 
Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi 
korxonalar mavjud bo„lib, ular o„zlariga biriktirib qo„yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) 
boshqaruv huquqiga ko„ra ham tasniflanadi. 
Xo„jalik faoliyati yurituvchi har bir subhekt bir qator huquqlarga ega bo„lib, bular bir 
tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va 
huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o„zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko„maklashadi. 
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko„rinishida ularning egalari, ya‟ni xususiy mulk 
egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo„ladilar. Masalan, ochiq turdagi hissadorlik 


jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda 
boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o„z aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar. 
Xo„jalik o„rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo„lib, 
korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan. 
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo„jalik o„rtoqliklari bo„lib, ular ishonch 
asosidagi to„liq o„rtoqlik (kommandit o„rtoqligi) ko„rinishida tashkil qilinishi mumkin. 
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo„yicha tadbirkorlik faoliyati 
yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo„lgan o„rtoqliklar - to„liq o„rtoqliklar 
hisoblanadi. 
Kommandit o„rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o„zaro xo„jalik 
faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo„ladi. 
Jamiyatlarning ko„pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo„ladi. Mashuliyati cheklangan 
jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan tahsis etilib, Nizom jamg‟armasi
hujjatlarda (Nizom va tahsis shartnomasi) belgilab qo„yilgan ulushlarga bo„lingan bo„ladi. 
Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo„lmaydilar 
hamda jamiyat faoliyatida o„zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko„rishlari mumkin. 
O„zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka 
erishilgandan keyin keng faoliyat ko„rsatmoqda. 
Nizom jamg‟armasi aktsiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. 
Hissadorlik jamiyati ahzolari jamiyatning majburiyatlari bo„yicha javobgar bo„lmaydilar, biroq 
o„zlariga tegishli bo„lgan aktsiyalar qiymati doirasida zarar ko„rishlari mumkin. 
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: aktsiyadorlik 
kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aktsiyalarga taqsimlanishi; 
aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aktsiyalar qiymati hajmida 
cheklanganligi; aktsiyadorlik kapitalining hajmi va ahzolar sonini osonlik bilan o„zgartirish 
imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo„jalik 
faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar. 
Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon 
iqtisodiyotida o„z o„rniga ega bo„lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi 
tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy 
shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya 
asosida birlashtirish amalga oshiriladi. 
Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo„jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy 
shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy birliklarining 
mohiyatini qisqacha ko„rib chiqamiz. 
Kontsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar, kapital va qo„shma faoliyatda 
ishtirok etish bilan bog‟liq bo„lgan korxonalarning yirik birlashuvini aks ettiradi. 
Konsortsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, yirik kapital 
talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag‟ni birgalikda joylashtirish maqsadlari 
uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. Konsortsium buyurtmachilar oldidagi 
majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi.
Xo„jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o„zaro hamkorlik yuritish 
maqsadida ko„ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda birlashuvga kiruvchi subhektlar o„z 
mustaqilligini saqlab qoladilar. 
Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat yuritish maqsadida 
birlashib, mustaqil huquqiy subhekt - huquqiy shaxsni tashkil qiluvchi shaxslar yig‟indisini 
tavsiflaydi. Ko„pincha ular aktsiyadorlik (hissadorlik) jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi. 
Korxonalarning kontsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding va moliya-
sanoat guruhlari ko„rinishida amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, tovarlarni sotish, 
ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo„yicha kelishuvga asoslanib faoliyat yuritadi. 


Integratsiyaning bu shaklida korxonalar mustaqillikni saqlab qolgan holda kooperatsiya 
asosida birlashadilar. 
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga kiruvchi 
korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini yo„qotib, yagona reja asosida 
faoliyat yuritadi. 
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish 
hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor ravishda amalga oshirish imkonini 
beruvchi boshqaruvning samarali shaklini ifodalaydi. 
Integratsiya jarayonlarini amalga oshiruvchi korxonalar quyidagi maqsadlarni ko„zlaydi: 

resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga erishish; 

kooperatsiya asosidagi aloqalarini yangilash va mutsahkamlash; 

mamlakatdagi korxonalarning tashqi bozorga chiqishi; 

ishlab chiqarishga investitsiyalarning yangi shakllarini jalb etish; 

ichki va tashqi bozordagi raqobatda muvaffaqiyat qozonish maqsadida narx va sotish 
bo„yicha yagona siyosat yuritish. 
Korxonalar yuqorida keltirilgan shakllariga ya‟ni mulk shakliga va sohalariga mos holda 
va alohida belgilariga qarab turlarga tasniflanadi. 
Ishlab chiqarish masshtabi (hajmi)ga qarab kichik, va yirik korxonalarga turlanadi. 
O„zbekistonda kichik korxonalarga chakana savdo va maishiy xizmatda - 30 kishigacha, 
ulgurji savdoda - 50, ilmiy-texnik sohada va qishloq xo„jaligida - 60, ishlab chiqarish qurilish va 
transportda - 100 kishigacha ishlaydigan korxonalar kiritiladi. 
Ukrainada kichik korxonalarga chakana savdoda - 12 kishigacha, noishlab chiqarish 
sohasida - 25, fan va ilmiy xizmat ko„rsatish sohasida - 100, sanoat va qurilishda - 200 va boshqa 
ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishigacha. 
2. Xo„jalik yuritish shakllariga qarab korxonalar aktsioner (ochiq, yopiq) korxonalar, 
shirkat (kooperativ), ijara korxonalariga tasniflanadi. 
3. Mahsulot ishlab chiqarish bo„yicha ixtisoslashuviga qarab, ixtisoslashgan, universal va 
aralash korxonalarga bo„linadi. 
4. Korxonalar ishlab chiqarish mahsuloti yoki xizmat turlariga qarab juda keng tasnifga 
egadir. Masalan: aviatsiya zavodi, tekitsel fabrikasi, konditer zavodi, avtokorxona, tijorat banki, 
mehmonxona, savdo uyi, shifoxona, universitet, maktab, machit va hokazolar. Ayni ushbu 
turlariga qarab aksariyat korxonalarga nomlar qo„yiladi. 
Iqtisodiy islohotlar jarayonida vujudga kelgan korxonalarni mustaqilligini mutsahkamlash, 
ya‟ni iqtisodiy munosabatlarga moslashuvchanligini ta‟minlash uchun mahsus tashkiliy tarkibga 
ega bo„lgan birlashmalar tashkil qilish ehtiyojini to„g‟diradi. Bularga kontsern, korporatsiya, 
assotsiatsiya, xolding kompaniyasi, moliya-sanoat guruhi, agrofirma kabilar kiradi. 
Bunday birlashmalar respublikada faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Ularga qisqacha tasnif 
berib o„tamiz. 
Kontsernlar.
Kontsern - yirik birlashmalar va korxonalarni to„la boshqarish huquqi bilan shartnoma 
asosida birlashtirgan tashkiliy-tarkibiy shakl. 
Kontsern yirik masshtabdagi ishlab chiqarish, kooperatsiyalash va kombinatsiyalash 
imkoniyatlariga egadir. Kontsern korxonalarni xo„jalikni to„la boshqarish huquqlari asosida 
birlashtiradi. O„z tarkibiga kirgan korxonalarga yuqori idora vazifasini bajaradi. 
Kontsern yuridik shaxs hisoblanadi, uni vazifa va funktsiyalarini bajaradi. Kontsernlar 
asosan korxonalarni hududiy belgilari bo„yicha birlashtiradi. Tashkiliy-tarkib nuqtai nazardan 
hissadorlik jamiyatlariga yaqin bo„lib, u turli mulkchilik shakllaridagi hissadorlik 
kompaniyalarni va korxonalarni birlashmasidir. 
Kapitalni, ishlab chiqarish quvvatini kontsentratsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya 
qilish imkoniyatlari bilan o„zgaruvchan bozor konhyukturasiga turg‟unligini ta‟minlaydi, 
investitsion resurslardan samarali foydalanishni tashkil qila oladi. 
Korporatsiyalar (assotsiatsiyalar). 


Korporatsiya - hissadorlik jamiyati yoki hissadorlar birlashmasi ko„rinishidagi tashkiliy-
tarkibiy boshqaruv shakli 
Korporatsiya chiqarilgan aktsiyalar qiymati bilan cheklangan majburiyatlar bo„yicha 
mashuliyatli bo„ladi, o„z nomidan tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko„rsatish, shartnomalar 
tuzish, qarz olish yoki berish va boshqa huquqiy shaxs harakatlarini amalga oshiradi. 
Korporatsiya faoliyatini ta‟minlash uchun korporatsiya muassasalarining pul badallari 
hisobidan nizomiy jamg‟arma tashkil etadi, aktsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‟ozlarni 
chiqarish va sotish orqali nizomiy jamg‟armani ko„paytirib borish huquqiga ega. 
Korporatsiya respublika va xorijiy korxonalar, tashkilotlar hamda xususiy shaxslar bilan 
har turli bitishuvlar va boshqa huquqiy hatti-harakatlarni amalga oshiradi. 
Assotsiatsiyalar ham kontsernlarning vazifasiga o„xshash vazifalarni bajaradi. Lekin, ular 
korporatsiyadan farqli ravishda xo„jalik yurituvchi subhektlarning ixtiyoriy birlashmalari bo„lishi 
mumkin. Bu subhektlar birlashib, o„z huquqlari va vazifalarining bir qismini ijroiya idoralariga 
topshiradilar hamda uni saqlash uchun zarur mablag‟lar ajratadilar. 
Assotsiatsiyalar foyda olishini o„ziga maqsad qilib qo„ymagan jamoat tashkilotlari 
tariqasida bo„lishi mumkin. Bu holda u, o„z ahzolarining manfaatlarini huquqiy jihatdan 
muhofaza qilish, davlat va qonunchilik idoralarida ularning manfaatlarini ifodalash, ularga 
maslahat xizmatlarini tashkil qilish, faoliyatiga yo„l-yo„riqlar ko„rsatish kabi vazifalarni bajaradi. 
Xolding kompaniyasi.
Xolding kompaniya - o„zaro kooperatsiyalanish faoliyatini rivojlantirish maqsadi, 
korxonalar mablag‟larini ko„ngilli ravishda birlashtirish natijasida tuzilgan tashkiliy-tarkibiy 
boshqaruv shakl. 
Xoldinglar huquqiy shaxs hisoblanadi. 
Xolding kompaniyasi korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarilishini, mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) hajmi o„sishini, moddiy, moliya, mehnat va boshqa resurslardan samarali 
foydalanishni, ularning rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan to„la foydalanishni 
ta‟minlaydi. 
Xolding kompaniyalarining faoliyati “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini 
himoya qilish to„g‟risida”gi qonun va “Xolding haqida Nizom”, shuning monopoliyaga qarshi 
qonunchilik hujjatlariga asosan yuritiladi. 
Xolding boshqa aktsiyadorlik jamiyatlarni vujudga keltiruvchi yoki boshqa aktsiyadorlik 
jamiyatlari aktsiyalarining paketiga egalik qiluvchi muassasalar shakliga kiradi. 
Taraqqiy topgan chet el davlatlarida sarmoya bozori keng rivojlanganligi tufayli o„zga 
jamiyatlarning aktsiyalarini tasarruf etish har qanday korxona uchun odatdagi hol. SHuning 
uchun aktivlari asosan boshqa jamiyatlarning aktsiyalaridan iborat bo„lgan jamiyatlar xolding 
kompaniyalari deb yuritiladi. Xolding kompaniyalari faoliyati aktsiyalar majmuasini boshqarish, 
birja operatsiyalaridan tushadigan dividentlar va daromadlarni to„plash, hamda aktsiyador 
jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish, ularni boshqaruv organlariga o„z kadrlarini tayinlash kabi 
vakolatlarga egadir. 
Xolding 
kompaniyalarini 
tashkil 
etish 
sarmoya 
va 
ilmiy-texnik 
resurslarni 
integratsiyalashga turli korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni yirik investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. 
Kapitalining 50 foizidan ko„prog‟ini boshqa emitentlarning qimmatbaho qog‟ozlari va 
bo„lak moliyaviy aktivlar tashkil etuvchi xoldinglar moliyaviy xolding hisoblanadi. Uning 
aktivlari tarkibiga faqat qimmatbaho qog‟ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek 
boshqaruv apparati yuritishni ta‟minlash uchun bevosita kerakli mol-mulk kirishi mumkin. 
Moliyaviy xolding sho„hba korxonalarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga 
aralashish huquqiga ega emas. 
Moliya-sanoat guruhlari. 
Moliya - sanoat guruhi - kredit-moliya va investitsiya muassasalari, korxonalar va 
tashkilotlarning ishlab chiqarishni xalqaro ko„lamda ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashni 


chuqurlashtirish orqali maksimal foyda olish maqsadida mablag‟larini birlashtirib tashkil 
qilingan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilma. 
Mulkchilik shaklidan qathiy nazar, har qanday tashkiliy-huquqiy turdagi korxonalar, 
shuningdek kredit-moliya, investitsiya va boshqa muassasalari, nodavlat pensiya jamg‟armalari 
va boshqa jamg‟armalar, sug‟urta tashkilotlari, shu jumladan xorijiy tashkilotlar moliya-sanoat 
guruhining ishtirokchilari bo„la oladilar.
Moliya-sanoat guruhlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tuzilishi va tugatilishi 
O„zbekiston Respublikasining “O„zbekiston Respublikasida korxonalar to„g‟risida”, “Xo„jalik 
jamiyatlari va shirkatlari to„g‟risida”, “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini 
himoyasi to„g‟risida”gi qonunlari, “Moliya-sanoat guruhlari haqidagi Nizom” va O„zbekiston 
Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi. 
Moliya-sanoat guruhlari quyidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega: 
- ishtirokchilar resurslarini birlashtirish, xo„jalik aloqalarini o„rnatish va shu asosda yangi 
umumiqtisodiy makonni yaratish; 
- investitsiya resurslarini jalb etish, ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy darajasini, 
mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish; 
- investitsiya resurslarini fan yechimlarini ko„p talab qiluvchi tarmoqlarga, transport, 
telekomunikatsiya va foydali qazilmalarni qazib olishga yo„naltirish; 
- o„z tarkibida korxonalarga xizmat ko„rsatuvchi huquqiy jihatdan mustaqil tuzilma 
bo„g‟inlari vakolatli bank, savdo uyi, ta‟minot-sotish tashkiloti, marketing bo„yicha bo„linmalar 
va hokazolarni tashkil etish; 
- iqtisodiyotning tuzilmaviy qayta qurilishiga ko„maklashish va boshqalar. 
Ishtirokchilari orasida O„zbekiston Respublikasidan tashqarida bo„lgan huquqiy 
shaxslarga ega bo„lgan moliya-sanoat guruhlari transmilliy kompaniya hisoblanadi. Davlatlararo 
moliya-sanoat guruhining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi hukumatlararo tuzilgan bitimlar 
bilan belgilanadi. 
Agrofirmalar. 
Tuman qishloq xo„jalik majmuining rivojlanishini ta‟minlash maqsadida, paxtakor va 
boshqa xo„jaliklar, qayta ishlash korxonalari hamda xizmat ko„rsatuvchi korxonalar faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi, huquqiy shaxs maqomiga ega bo„lgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv organ. 
Agrofirmalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
- davlat tayyorlov korxonalariga paxta tolasi, boshqa qishloq xo„jalik mahsulotlarini 
yetkazib berish; 
- qishloqxo„jaligini ilmiy-texnik darajasini oshirish, jahon standartlariga mos mahsulot 
ishlab chiqarishni ta‟minlash; 
- mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, 
moddiy-texnik resurslarning raqobatchi bozorlarini yaratish; 
- xo„jaliklar va boshqa korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda ko„maklashish; 
- marketingni tashkil etish, bozor holatini (konyukturasini) o„rganish va xo„jaliklar, 
korxonalar va tashkilotlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotishda ko„maklashish, hamda o„z 
Nizomiga muvofiq boshqa vazifalarni. 
Ishlab chiqarish – bu jamiyat yashashi va rivojlanishi uchun zarur bo„lgan moddiy 
nehmatlarni yaratish jarayoni hisoblanadi. U quyidagi uch jihatni ko„zda tutadigan mehnat 
faoliyati ishlab chiqarish mazmunini belgilaydi: 
1. Maqsadga yo„naltirilgan ish yoki mehnat. 
2. Mehnat buyumlari, ya‟ni insonning maqsadga muvofiq faoliyati yo„naltirgan har bir 
predmet. 
3. Mehnat vositalari (qurollari) – inson, mehnat buyumlarini o„z ehtiyojlarini 
qondirishga moslashtirib o„zgartirishiga yordam beruvchi mashinalar, jihozlar, asbob-uskunalar 
Sanoat korxonalarini ishlab chiqarishini tashkil etishning quyidagi shakllari mavjud. 
1. Korxonalarni yiriklashuvi. 


Korxonalar yiriklashuvi – yirik korxonalarda ishlab chiqarishni jamlanishi hisoblanib, u 
mehnat qurollarini ilmiy texnik taraqqiyoti va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o„sishi 
orqali aniqlanadi. 
Ishlab chiqarishning o„ta yiriklashuvi ham o„z vaqtida ko„tilgan natijani bermasligi 
mumkin. SHuning uchun sanoatning har bir tarmog‟ idagi korxonalar ishlab chiqarish hajmi, 
xomashyoni yetkazib kelish va tayyor mahsulotni tashish bo„yicha optimal miqdorni belgilab 
oladi. 
Ishlab chiqarishning optimal miqdori – belgilangan muddatda kam harajat qilgan holda 
yuqori samaraga erishib shartnoma shartlarini bajarilishi tushuniladi. 

Download 302,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish