Ergashev Husniddin
Telegram: @ICC
_
KIMYO
5
7.
Allotropiya hodisasining mohiyati nimada?
1) atom yadrosidagi neytronlar soni turlicha bo’lishi; 2) molekuladagi
atomlar soni turlicha
bo’lishi;
3) kristal tuzulishining turlicha bo’lishi; 4) molekulada kimyoviy bog’larning turlicha
bo’lishi;
5) moddaning turli agregat holatlarda bo’lishi.
8.
Allotropik shakllarga ega bo’lgan elementlarga misol keltiring.
9.
Quyidagi alomatlarning qaysilari moddaga ta’luqli?
1) fosfor uch xil allotropik shakllarga ega; 2) fosfor to’rt atomdan tashkil topgan tetraedr
shaklini hosil qiladi;
3) fosfor bug’ining zichligi havoga nisbatan 4,28 ga teng;
10.
Quyidagi alomatlarning qaysilari elementga ta’luqli?
1) kislorod havoga nisbatan og’irroq; 2) kislorod molekulasida ikkita atom bor;
3) kislorodning tarkibi massalari 16, 17 va 18 m.a.b. ga teng; 4) kislorod II davr VI guruhida
joylashgan.
11.
Quyidagi hukmlarning qaysilarida kislorod molekulasi haqida gap boradi.
1) suvda kislorod mavjud; 2) baliq suvdagi
kislorod bilan nafas oladi; 3) kislorod ko’pdan-
ko’p minerallar tarkibiga kiradi; 4) ko’pchilik moddalar kislorodda yonadi; 5) kislorod ikkita
atomdan iborat;
12.
Kimyoviy elementga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1) atom massa; 2) zichlik; 3) elektron qavat; 4) rang; 5) yadro zaryadi;
6) qaynash
va suyuqlanish temperaturasi; 7) izotoplar.
13.
Oddiy moddaga tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1) yadro zaryadi; 2) zichlik; 3) elektron qavatlar; 4) atom massa; 5) izotoplar;
6) rang; 7) qaynash va suyuqlanish temperaturasi.
14.
Quyidagi jumlalarning qaysilarida oddiy modda haqida fikr yuritilayotganligini ko’rsating.
1) inson organizmida kaltsiy va uglerod bor; 2) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi;
3) vodorod davriy jadvalda I davr I guruhda joylashgan; 4) uglerod qattiq modda;
5) uglerodda ikkita elektron qavat mavjud.
15.
Quyidagi fikrlarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganini aniqlang.
1)
temir suvda erimaydi; 2) soch tarkibida oltin bor;
3) borning yadro zaryadi +5 ga teng; 4) qon tarkibida temir bor; 5) ko’pchilik moddalar
kisorodda yonadi.
16.
Quyidagi hollarning qaysi birida kislorod molekulasi haqida gap boradi.
1) kislorod simob (II) oksidi tarkibiga kiradi; 2) kislorod havo tarkibiga kiradi;
3) gazometrga kislorod yig’ilgan; 4)
kislorod suvda yomon eriydi; 5) suv gazi tarkibiga
kislorod kiradi.
17.
Qaysi ifoda(lar)da kislorod molekulasi haqida so’z boradi.
1) kaliy permanganat parchalanganda kislorod ajraladi; 2) havo tarkibida 20 % kislorod bor;
3) gazometrda kislorod yig’ilgan bo’ladi; 4) kislorod suvda yomon eriydi;
5) malaxit tarkibida kislorod bor.
18.
Moddaga tegishli bo’lmagan xossalarni aniqlang.
1) yadro zaryadi; 2) zichlik; 3) elektron qavatlar; 4) atom massa; 5) izotoplar;
6) rang; 7) qaynash va suyuqlanish temperaturasi; 8) agregat holat.
19.
Quyidagi berilgan ifodalardan noto’g’rilarini tanlang.
1) kislorod atomi; 2) sirka kislota atomi; 3)
malaxit atomi; 4) olmos uglerod atomlaridan
tashkil topgan; 5) vodorod peroksid(H
2
O
2
) vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan;
6) osh tuzi natriy va xlor molekulalaridan tashkil topgan.
20.
Quyidagilarning qaysilari fizik hodisa?
1) mis idishning havoda qorayishi; 2) suvning muzlashi; 3) kislotaga asos ta’sir ettirish; 4)
qumning sement bilan aralashtirish; 5)
havoni sovutib kislorod olish; 6) metallning havoda
oksidlanishi.
Ergashev Husniddin
Telegram: @ICC
_
KIMYO
6
21.
Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko’rsating.
1) uzum sharbatining bijg’ishi; 2) benzinning yonishi; 3) yog’ning sovuqda qotishi; 4)
ohakning so’ndirilishi; 5) temir mixning zanglashi.
22.
Quyidagi hodisalarning qaysilari kimyoviy jarayonga ta’luqli.
1) suvning qaynashi; 2) simob(II) oksidining parchalanishi; 3) suvning muzlashi; 4)
qo’rg’oshinning
suyuqlanishi; 5) temirning xlorlanishi; 6) kaltsiy karbonatning parchalanishi.
23.
Quyidagi hodisalarning qaysilari kimyoviy jarayonga ta’luqli.
1) kislorodning ozonga aylanishi; 2) kislorodni suyultirilgan havodan olish;
3) simob(II) oksiddan kislorod olish; 4) kislorodni kaliy permanganatni parchalab olish.
24.
Quyidagilardan fizik jarayonlarni aniqlang.
1) qirovning hosil bo’lishi; 2) shamning yonishi; 3) qizdirilgan shakarning qorayishi;
4)
temirning zanglashi; 5) misning qizdirilganda qorayishi.
25.
Quyidagilardan kimyoviy hodisalarni aniqlang. 1) azotning suyuqlanishi; 2) havodan
kislorod olish; 3) qalayning suyuqlanishi; 4) qatiqning ivishi; 5) havoni suyuqlanishi.
26.
Kimyoviy hodisaga kirmaydigan jarayonni aniqlang. 1) benzinning yonishi; 2) uzum
sharbatining bijg’ishi; 3) ohakning so’ndirilishi; 4) yog’ning sovuqda qotishi.
27.
Kimyoviy xodisalarni belgilang: a)qirovning hosil bo`lishi b)havoni suyuqlantirib(sovutib)
kislorod olish c)shamning yonishi d)shamning erishi e)qizdirilgan shakarning qorayishi
f)temirning zanglashi g)mis qizdirilganda qorayishi h)qalayning suyuqlanishi i)sutning achishi
j)kalsiy karbonatning parchalanishi k)yodning sublimatsiyalanishi l)suvning muzlashi.
28.
Fizik xodisalarni belgilang: a)ko`mirning yonishi b)mis simning bukilishi c)qo`rg`oshinning
erib suyuq holatga o`tishi d)temirning zanglashi e)suvning qaynashi f)spirtning bug`lanishi
g)bertole tuzini parchalab kislorod olish h)havoni suyultirib azot olish i)qog`ozning
yonishi
j)alyuminiy simining qizdirilganda qorayishi k)suvning muzlashi l)temirning magnitga tortilish
m)sutning achishi n)oltingugurtning suyuqlanishi o)oltingugurtning yonishi p)shisha pishirish
q)shishani maydalash r)shakarning erishi s) shakarning ko`mirlanishi t)uzum sharbatining
bijg`ishi u) yog`ning sovuqda qotishi.
Do'stlaringiz bilan baham: