70
O’amtk= (P1 + Umm2) - A1
A2 (16)
Bunda:
O’amtk - o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffistienti;
A1 - uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
kapital
qo’yilmalar va boshqalar) balans aktivining I bo’limi;
P1 - o’z mablag’larining manbalari (ustav kapitali, rezerv kapitali,
qo’shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqalar) balans passivi I bo’limi;
A2 - Joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot,
pul mablag’lari, debitorlik qarzlari va boshqalar) balans aktivining II bo’limi;
Umm 2 - uzoq muddatli qarzlar va kreditlarning
uzoq muddatli aktivlar
sotib olishga yo’naltirilgan qismi.
Ushbu kasr surati korxonaning qanday o’z mablag’lari summasi oborotga
yo’naltirilgani, maxraji - barcha oborot mablag’lar summasini ko’rsatadi. Ushbu
koeffistientning eng kam qiymati - 0,2.
Agar o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffistienti hisobot
davri oxirida 0,2 dan kam qiymatga ega bo’lsa, u holda korxona ushbu ko’rsatkich
bo’yicha nochor hisoblanadi.
- O’z va qisqa muddatli qarz mablag’larining nisbat koeffistienti (joriy
moliyaviy mustaqillik) qarz mablag’larini o’z manbalari orqali qaytarish bilan
ta’minlanganlik darajasini belgilaydi.
Koeffistient quyidagi formula bilan aniqlanashi mumkin:
O’nk= __ P1___
ТP2-Umm (17)
Agar o’zining va qarz mablag’larining nisbat
koeffistienti hisobot davri
so’ngida 1 dan past qiymatga ega bo’lsa, bu hol korxonada moliyaviy xavf
mavjudligidan guvohlik beradi.
Koeffistientning pasayishi korxona moliyaviy xavfining oshganligidan
guvohlik beradi.
Foydalilik darajasi ko’rsatkichlari:
- yalpi daromadni kamayishi, xarajatlar samarali boshqarilmayotganligi yoki
narxlarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning o’sishi bilan mos
tushmasligidan dalolat beradi. Boshqaruvchi xarajatlarni yomon nazorat qiladi.
(Yalpi daromad = sotuv hajmi – sotilgan mahsulot hajmi);
-
yalpi daromad kamayishi, sotish va ma’muriy xarajatlar yoki foiz
ko’rinishidagi xarajatlarning ko’pligi natijasida sof foyda kamayadi.
- sotish hajmining kamayishi – bir necha sabablarga ko’ra, shu jumladan talab
qisqarishi, mahsulot sifati va etkazib berish bilan bog’liq muammolar natijasida
sodir bo’lishi mumkin. Ushbu sabablardan birortasi yuzaga kelgan va u bartaraf
etilmagan bo’lsa, korxonani moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin.
Korxonaning sifatli tekshirilganligini bildiruvchi ko’rsatkich bo’lib, uning ish
samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar kiradi. Bularga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish bilan bog’liq muammolar;
71
- ishlab chiqarish va moliyaviy axborotlar bilan bog’liq ma’lumotlarning
etishmasligi;
- tovarlar va xizmatlar sifatidan iste’molchilarning noroziligi;
- yuqori malakali xodimlarning qo’nimsizligi;
- boshqaruvchilar tashabbus ko’rsatish o’rniga faqatgina har xil vaziyatlar
yuz bergandan so’nggina javob berishga harakat qilishadi.
Ko’rib chiqilgan omillardan hech qaysisi moliyaviy muvaffaqiyatsizlikdan
darak bermaydi. Boshqa omillar bilan o’zaro munosabatini ma’lum davr
mobaynida o’rganilsa, kelgusida moliyaviy muammolarni
keltirib chiqarishini
bilib olish mumkin.
Muammolar boshlanishining ilk bosqichlari quyidagilardan iborat:
- alohida hollarda ishlab chiqarish va ta’minlashda samarasizlik holatlarining
uchrashishi;
- etkazib berishning sekinlashishi, sifatining yomonlashishi;
- sotish hajmining o’sish sur’ati kamaygan yoki barqarorlashgan hollarda,
tovar - moddiy zahiralarining turib qolishi va ko’payishi;
- foydaning kamayish ehtimoli;
- debitorlik qarzlari aylanish davrining o’sishi;
- balans bo’yicha pul mablag’lari hajmining kamayishi.
Muammolar paydo bo’lishining davriy bosqichi:
- ishlab chiqarish muammolarining haqiqatga aylanishi;
- boshqaruvchi tovar - moddiy zahiralarni kamaytirish hisobiga pul
mablag’larini tejashga harakat qiladi, buning natijasida materiallar etishmasligi
hollari yuzaga keladi;
- sifat bilan bog’liq muammolar uchrashishi tezlashadi.
Yalpi daromad
sezilarli darajada kamayadi;
- debitorlik qarzlari bilan bog’liq holat yomonlashadi. Ayrim ta’minlovchilar
kreditga sotishni to’xtatib, etkazib berilgan moddiy resurslar uchun to’lovni
amalga oshirishni talab etishi;
- qarz bo’yicha to’lovlarning kechiktirilishi;
- pul mablag’lari hajmining pasayishi, oylik maoshlarning o’z vaqtida
berilmasligi;
- xodimlarning ishga bo’lgan munosabatining o’zgarishi, ayrimlarining
boshqa ish izlashni boshlashlari yoki ishdan bo’shashlari.
Muammolar paydo bo’lishining oxirgi bosqichi:
- bunda kompaniya faoliyatida tartibsizliklar boshlanadi;
- ishlab chiqarish jadvali bajarilmaydi. Birinchi
navbatda boshqa korxona
xizmatlaridan foydalanishga o’tib ketishi xavfi bor mijozlarga xizmat ko’rsatiladi;
- sifat bilan bog’liq muammolarni hal qilgunga qadar, qaytarib berilgan
mahsulotlarning hajmining oshib ketishi. Xom-ashyo etishmasligi tufayli, ishlab
chiqarish hajmining kamayishi;
- mijozlarning noroziliklari sababli debitorlik qarzlari yig’ilish
davrining
oshishi;
- o’z aylanma mablag’lari etishmasligi;
72
- ta’minlovchilar faqat etkazib bergan xom-ashyo materiallariga to’lovlarni
amalga oshirishni talab etishlari;
- xodimlarning ko’pchiligi ishdan bo’shab ketishi;
- kreditorlarning bergan kreditlarining shartlarini o’zgartirish haqida
muzokaralar boshlashni xoxlashlari;
- restrukturizastiya qilishga birinchi urinish.
Do'stlaringiz bilan baham: