Folklor jamoa ijrochiligi


Folklor hududlariga xos xalq qo’shiqlari bilan tanishtirish, asar matnini



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana02.04.2022
Hajmi4,55 Mb.
#524346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
fayl 1607 20210825

Folklor hududlariga xos xalq qo’shiqlari bilan tanishtirish, asar matnini 
to’g’ri talaffuz etishga o’rgatish 
Farg’ona-Toshkent ijro uslubi
Farg’ona-Toshkent folklor ijrochiligida Xalq og’zaki ijodi ya’ni og’izdan og’izga 
ko’chib kelgan yoki ustoz shogird an’anasidagi asarlar alohida o’rin tutadi. 
Farg’ona vodiysida folklor san’atining juda ko’p turlari janr uslublari bor. 
Vodiydagi Xalq og’zaki ijodi namunalarining bir nechta turlari mavjud 
1.
Mehnat qo’shiqlari. 
2.
Marosim qo’shiqlari. 
3.
Allalar. 
4.
Tanovorlar. 
5.
Baxshichilik. 
6.
O’lan ijrochiligi. 
7.
Askiya san’ati. 
8.
Dorbozlik. 
9.
Qo’g’irchoqbozlik. 
10.
Xalq o’yinlari. 
11.
Polvonlik. (tosh ko’tarish) 
12.
Masharabozlik. 
13.
Turli marosimlarga xos asarlar. 
14.
Katta ashula. 
Har bir hududga xos bo’lgan mehnat qo’shiqlar Farg’ona vodiysida xam mavjud. 
Bular: Er haydash, urug’ ekish, yomg’ir chaqirish, shamol chaqirish, Shamol 
haydash, hosil yig’ish kabilardir. 


12 
Ushbu marosimlarni ham o’ziga xos an’analari va qo’shiq kuy raqslari bor. 
Barcha san’at turlarini yuqoridagi mehnat qo’shiqlarida aks ettiriladi va 
uyg’unlashtirib boradi. 
Marosim kuy qo’shiq udum va an’analari to’y marosimlari asosan sovchi 
borishdan boshlanadi. Sovchilarni ham o’ziga xos tartib qoidalari bor. Ikki tomon 
roziligidan so’ng to’yga tayyorgarlik boshlanadi. 
To’ylarda asosan quyidagi kuy qo’shiqlar ijro etiladi To’ylar muborak, Yor-yor, 
Kelin salom, Alyorlar, laparlar, o’lan va aytishuvlar. 
To’ylarda yigit qizlar ikki jamoa bo’lib bir birlarini madx etishib qo’shiqlar 
kuylashadi va raqsga tushishadi. 
Kelinni uyiga kuyov jo’ralar borganda yigitlar ijrosida Yor-yor qo’shig’ini kuylab 
kirishadi yigitlar aytadigan Yor-yor hozirgi kunda kamdan-kam aytiladi. Ba’zi joylarda 
ushbu Yor-yorlar unutilib bormoqda. 
Kuyov uyiga borganda barcha qizlar, ayollar Yor-yor aytib kirishadi. 
To’ylar muborak qo’shig’i ijro etilib so’ng, kelin salom marosimi o’tkaziladi. 
Yuqoridagi barcha udum urf-odat an’ana qo’shiqlar jamoa bo’lib ijro etiladi. 
Alla. Allalar ham har bir joylarda o’ziga xos uslubda ijro etiladi. Allalar har bir 
onaning o’z so’zi, o’z ohangida alohida aks etadi. Qadim-qadim zamonlardagi xasrat 
dard, alam, alamli allalar o’rnini hozirgi kunda tinch farovon obod, go’zal 
turmushimizni aks ettiruvchi so’zlar bilan kuylanishi yoki ijro etilishini alohida 
ta’kidlab o’tishimiz mumkin. 
Alla, birinchi qo’shiq, barcha onalar qo’shig’i, bu qo’shiqda farzandiga yaxshilik, 
ezgulik, mehr-muxabbat, yurtiga ona vatanga sadoqat tuyg’ularini singdiradi. 
Allalar dastlab har bir ayolning o’z oxangi o’z dardi, o’z yurak nolasi bilan musiqa 
jo’rligisiz aytilgan bo’lsa keyinchalik, bir necha vaqtlardan so’ng,bizlarni davrimizga 
kelib ayrim ustoz san’atkorlar, bastakorlar tomonidan allalarga xos musiqalar bastalay 
boshladilar. Shoirlarimiz alla yo’nalishiga tushadigan vaznda she’rlar yozdilar. 
Shunday qilib Xalq og’zaki ijodining yangi yo’nalishi musiqa jo’rligida kuylanadigan 
zamonaviy allalar yaratildi. O’zbek ustoz san’atkorlari (asosan ayollar va qizlar) 
ko’plab musiqa jo’rligidagi “alla” turkumidagi qo’shiqlarni ijro etib, Ushbu 


13 
qo’shiqlarni O’zbekiston Teleradio kompaniyasi oltin fondiga milliy musiqa 
merosimizning boyligi sifatida yozib qoldirdilar.Ustoz san’atkorlar: Shirin Azizova, 
Xabiba Oxunova, Mexri Abdullayeva, Raxima Mazoxidova,Farog’at Raxmatovalar 
shular jumlasidandir. Xozirgi kunda biz bilan elkama elka turib o’z san’at maktablarini, 
ijro uslublarini,bilimlarini yosh avlodlarga o’rgatib kelayotgan O’zbekiston davlat 
san’at va madaniyat instituti o’qituvchilari O’zbekistonda xizmat kursatgan artist ustoz 
san’atkor Shafoat Rahmatullayeva,O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Xursanoy 
Umarova, Qirg’izistonda xizmat ko’rsatgan artist Yorqinoy Xotamovalar xam “alla” 
turkumidagi bir necha qo’shiqlarni maromiga etkazib ijro etadilar. Xozir musiqa 
jo’rligida kuylangan alla namunalaridan misollar keltiramiz: 
Alla 
Alla aytay jonim bolam, 
Quloq solgil, alla. 
Shirin allam tinglab asta, 
Uxlab qolgin alla. 
Yuzlaringa tomgan suvga, 
Hayron bo’lma, alla-yo, 
Baxtimga sen katta bulgin, 
Xazon bo’lma alla. 
Alla 
Yulduzim desamda oz, 
Kunduzim desamda oz. 
Dunyoda nimaiki bor, 
Bo’lsa undan o’zing soz 
Orom ol qo’zim,alla – yo,
Uxla yulduzim, alla. 
Asalmisan, qandmisan, 
G’azal muxabbatmisan. 
Buncha shirinsan o’zing, 
Jonimga payvanmisan. 


14 
Orom ol qo’zim, alla – yo, 
Uxla yulduzim alla. 
Alla 
Jon bolam do’ndiqqinam, 
Alla –yo alla, 
Shirin qo’zichog’im
Alla – yo alla. 
Uxla qo’zim qunduzim –o alla, 
Yum – Yum ko’zing yulduzim – o alla, 
Kecha to’yib uxlasang- o alla, 
Quvnoq o’tar kunduzing – o alla. 
Farg’ona vodiysiga xos alla namunalaridan qo’llanmamizning keyingi 
saxifalarida ko’plab misollar keltiramiz. 
Xurmatli kitobxon endi Farg’ona vodiysi san’ati durdonalaridan bo’lmish 
“Tanovar” turkumiga kiruvchi qo’shiqlar xaqida ma’lumot beramiz. 
Tanovar...tanovar...Tanovarlar asosan Farg’ona vodiysiga xos bo’lib ushbu 
hududda yaratilgan. Ushbu yaratilgan qo’shiqlar buyuk ustozlar tomonidan ijro etilgan. 
Farg’ona vodiysida yashab ijod etgan, O’zbekiston Xalq xofizlari Mamatbuva 
Sattorov, Boltaboy Rajabov, Jo’raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqovlar, O’zbekistonda 
xizmat ko’rsatgan artistlar Tavakkal Qodirov, Isroiljon Usmonov, Jalolxon Oxunov, 
Murodjon Axmedov, Boboraxim Mirzayev, Mexri Abdullayeva, Raxima 
Mazoxidova,Xabiba Oxunova,Tursunoy Mamedova va yana ko’plab san’at ustalari 
“Tanovarlar“ turkumidagi asarlarni maxorat bilan ijro etib, ushbu qo’shiqlarni mumtoz 
merosimiz darajasiga etishiga o’zlarining buyuk xissalarini qo’shganlar. Xurmatli 
kitobxon, endi “Tanovar“ so’zi qanday ma’noni anglatadi degan savol tug’ilishi tabiiy. 
Tanovar so’zi – qalblarni, tanni yayratuvchi,xuzur bag’ishlovchi degan ma’noni 
anglatadi. “Tanovarlar turkumiga kiruvchi qo’shiqlar 13 – ta bo’lib ular quyidagicha 
nomlanadi:
1. Tanovar – 1. 
2. Tanovar – 2. 


15 
3. Tanovar – 3. 
4. Tanovar - 4 
5. Qadimgi tanovar. 
6. Marg’ilon tanovari. 
7. Yovvoyi tanovar. 
8. Farg’onacha jonon. 
9. Namangan tanovari. 
10. Gulbaxor tanovar. 
11. Sumbula.(tanovar). 
12. Yangi tanovar. 
13. Andijon tanovari. 
Tanovarlar turkumiga kiruvchi barcha qo’shiqlar ustoz shogird an’nasida, 
og’izdan og’izga ko’chib yakka ijroda keyinchalik jamoada kuylangan holda bizning 
davrimizga etib kelgan. Xozirda ushbu asarlar respublikamizdagi mavjud bo’lgan 
ansambllar, Xalq ansambllari, maqom yo’nalishidagi,folklor yo’nalishidagi 
ansambllar, barcha xofiz va xonandalar tomonidan sevib kuylab kelinmoqda.Ushbu 
turkum qo’shiqlarni ko’plari Muqimiy g’azali bilan kuylanadi. Ko’plari Xalq so’zi 
bilan kuylanadi.
Tanovar. Muqimiy g’azali. 
Endi sendek jono, jonon qaydadur, 
Ko’rib gul yuzingni bog’da bandadur. 
Saqlay ishqing toki jonim tandadur, 
O’zim har joydaman, kunglim sandadur. 
Har bir qo’shiqda takror takror keluvchi,” o’zim har joydaman ko’nglim 
sandadur”radifi tanovar qo’shiqlariga o’zgacha joziba, o’zgacha fayz berib qo’shiq 
tasirchanligini oshiradi. Mana shu so’zlar san’atsevar Xalqimiz qalbidan o’rin olgan. 
Shu joyda Marg’ilon tanovori haqidagi bir rivoyatni xikoya qilishni joiz deb topdim, 
qissadan xissa chiqarish har bir kitobxonni o’ziga xavola deb o’ylayman. 
Juda qadim qadim zamonlarda Farg’ona, Marg’ilon, Qo’qon tomonlardagi so’lim 
qishloqlardan birida bir yigit bilan bir qiz yashagan ekan. Ularning oilasi oddiy 


16 
oilalardan bo’lib, dexqonchilik bilan tirikchilik qilishar ekan. Yigitning ismi 
Yusufjon,qizning ismi Adolatxon edi.ular voyaga etishib bir birini sevishib turmush 
qurishga axdu paymon qilishibdi.Lekin ularni muxabbatlari,baxtli kunlari uzoqqa 
cho’zilmabdi. Zamona zayli bilan qizni otasi o’z jigarbandini oxu nolasiga qaramay 
uni bir boyga beshinchi xotin qilib uzatibdi. Chorasiz qolgan yigit dod faryod chekib, 
g’am anduxga botibdi. Lekin nachora taqdirga tan bermay iloji yo’q... Bir tomoni 
kambag’alchilik, yo’qchilik, chorasizlik....Badavlat boyga teng kelib bo’larmidi. 
Shundan keyin Yusufjon muxabbat dardida devona bo’ldi. So’ng qaylargadir bosh olib 
ketib qoldi.Uni qayoqqa, qay manzilga ketganini xech kim, xatto ota onasi xam, yoru 
–do’stlari-yu qarindosh urug’lari xam bilmagan edi. O’sha o’sha Yusufjonni xech kim 
ko’rmagan, keyingi xayoti,taqdiri nima bo’lganini faqat yaratganni o’zigagina ayon 
edi. 
Endi gapni boy xonadonni sevimli, erka kelini boyning beshinchi xotini 
Adolatdan eshiting. Adolat xam ming azob uqubatlar bilan boy xonadoniga kelin bo’lib 
tushdi. Uni chekkan istiroblari,ming alam qayg’ularini qay til bilan so’ylab beray, 
ta’rifga so’z topolmadim, axir men xam xamma qatori bir ojiz bandamanda.....Xa o’sha 
davrda bizni qiz juvonlarimiz otasiga gap qaytarish u yoqda tursin, ota yuziga tik qaray 
olmaganlar.Falonchini, falon yigitni sevib qoldim deyish.......O’lim bilan barobar 
bo’lgan. Nachora peshona, taqdir, chorasizlik......Dardini oshkor etolmasdan, xasrat 
qayg’ularini ichiga yutib boynig xotini bo’lib yashay boshlaydi. Boyning uyi 
hashamatli, keng,baland qo’rg’onlardan iborat bo’lib, orqa tomoni katta bog’u- rog’, 
gulzorlardan iborat edi. Bog’ning chetidagi ariqdan shovullab tiniq, zilol suv oqib o’tar 
edi. Adolat suv olish maqsadida chelak ko’tarib ariq bo’yiga kelib suv olib ketardi. 
Kunlarning birida baland devorning narigi tarafidagi yo’ldan bir otliq aravasini 
boshqarib kelardi. Otliq bir qo’shiqni xirgoyi qilib kelardi. U kuylagan qo’shiq so’zsiz 
faqat xirgoyidan iborat edi. Ovozidan sezildiki otliq yoshi ulug’ mo’ysafid inson edi. 
So’zsiz qo’shiq Adolatga shunchalik yoqib ta’sir etdiki,uning ko’zlaridan shashqator 
yosh quyilib keldi. Kechki payt o’sha otaxon aravani haydab yana o’sha xirgoyisi bilan 
qaytib o’tib ketdi. Shu shu har kuni ertalab azonda va kechki payt nomozshomda o’sha 
otaxonni bozorga ketishi-yu, qaytishini orziqib intizor bo’lib kutadigan bo’ldi. Sababi 


17 
o’sha qo’shiq (so’zsiz qo’shiq) unga ona yurtini ota onasini, so’lim qishlog’ini, opa 
ukalari, yoshligida sochlariga sochpopuk taqishib,quvlashmachoq o’ynagan 
jamalaksoch dugonalari va sevgan yigiti Yusufjonni eslatar edida. Sevgan yigiti 
majnunu devona bo’lib dom daraksiz ketgani xaqidagi xabarni eshitib yum yum 
yig’ladi. Boyni, kundoshlarini jabr zulmlariga sabr bilan chidab keldi. Oradan kunlar, 
oylar, yillar o’ta boshladi.Har kuni unga dalda beradigan narsa otliq otaxon va so’zsiz 
qo’shiq edi. Bir kuni o’sha otaxon o’tmadi,ertalab xam kechki payt xam. Oradan bir 
necha kunlar o’tdi- yu xamon o’sha g’oyibona o’z otasidek ko’radigan insondan darak 
yo’q edi. 
Devorning narigi tarafidan nogaxon o’sha o’zigagina qadrdon bo’lgan, dardkashi, 
dilkashidek bo’lib qolgan otning tuyoq tovushlari –yu arava g’ildiraklarining tovushi 
eshitildi. Adolat chelaklarini olib ariq tomonga yugurdi. Otliq aravasini haydab o’tdi – 
yu lekin na xirgoyi va na qo’shiq eshitilmadi. Chunki otaxon bu dunyoni tark etib, 
olamdan o’tgan edi. Qiz achchiq, alamli ko’z yoshlarini to’kkanicha boshini quyi 
solib,suvga tikilganicha o’yga toldi. Otning tuyoqlari tovushi, aravaning 
g’ildiraklarining g’ijirashi unga bir nimalarni eslatdi, g’oyibdan so’z va oxang o’z 
o’zidan quyulib kela boshladi. Adolat o’sha ota xirgoyisiga o’z so’zlarini 
uyg’unlashtirib kuylay boshladi.Qo’shiq kuylar,kuylashi davomida achchiq ko’z 
yoshlarini tiya olmasdi.Azizlar Adolat kuylardi, kuylardi...... Bu xammamizga tanish, 
xammamiz sevib tinglaydigan, o’sha mashxur ”Marg’ilon tanovori, Adolat tanovori 
edi. 
Marg’ilon tanovari.(Adolat tanovari). 
Qora sochim o’sib qoshimga tushdi, 
Ne savdolar meni boshimga tushdi. 
Bu savdolar bizga qaydin yopishdi, 
Tanamdan o’t chiqib bag’rim tutashdi. 
Men Adolatingman-ey,
Men kamina qulingman-ey. 
Sumbula.(Tanovar). 
O’choq boshida qumg’on, 


18 
Atrofi baland qo’rg’on, 
Ko’ngil qo’ygan yorima, 
Etolmayin bag’rim qon, 
Qadaminga gullar ochilsin. 
Tanovarlar turkumiga kiruvchi barcha qo’shiqlar matni va notaga tushirilgan 
yozuvlari qo’llanmaning keyingi saxifalarida batafsil yoritiladi. 
Farg’ona vodiysida xam qadimdan baxshichilik janri rivojlangan. 
1935-yilda vodiy dostonchilik, baxshichilik iaktabi nomoyondalari, Bo’ri baxshi 
Sodiq o’g’li, Usmon baxshi Mamatqul o’g’li, Umrzoq baxshi, Xasan baxshi 
Xudoyberdi o’g’li, Xasanboy baxshi Rasul o’g’li kabilarning ijod faoliyatlari 
o’rganilgan. Ular o’zbek Xalq dostonlaridan bir nechasini bizga, kelajak avlodlarga 
meros qilib qoldirgan. “ Alpomish”,” Go’ro’g’li “, “ Oshiq G’arib va Shoxsanam “, “ 
Xolbeka” nomli ko’plab dostonlar shular jumlasidandir. 
Lekin xozir Farg’ona vodiysida dostonchilar va baxshilar juda juda kam uchraydi. 
Ushbu san’atimiz durdonalarini o’rganish, rivojlantirish, xamda uni kelajak 
avlodlarimiz uchun etkazish zarur. 
O’lanlar. 
O’lanlar yakka va jamoa bo’lib kuylanadigan ijro etiladigan san’at turidir. 
O’lan ijrosidagi so’zlar barchasi Xalq og’zaki ijodi namunalaridan bo’lib, Xalq 
so’zi deb yuritiladi. Barcha o’lanlar so’zlari sodda va oddiy Xalqchilligi bilan ajralib 
turadi. O’lanlar yigitlar va qizlar jamoasida, ba’zi xollarda yakka yakka xolatda xam 
ijro etilishi mumkin.O’lan so’zlari to’rtlik yoki beshlik bo’ladi. O’lan boshlanishida 
barcha jo’rlikda voy, vo..o..oy, yoki, xo..o..o..oy kabi xuddi ashula va qo’shiqdagi 
xangiga monand ovoz chiqarishadi.Shundan so’ng yigitlardan biri to’rtlik o’lanni 
kuylaydi. O’lan yakunlanishida barcha jamoa yigitlari uni qo’llab quvvatlab unga jo’r 
bo’lishadi. Qizlar jamoasidan biri unga javob tariqasida, turtlikni kuylaydi. Unga xam 
yakunlanishida qizlar jo’r bo’lishadi. O’lanlar bir xil uslubda kuylanadi, avj pardalarga 
xam ko’tarilmaydi. Farg’ona vodiysida o’lan janri mavjud.Farg’ona viloyati, 
Uchko’prik tumani chaqa qishlog’ida 1958-yilda tug’ilgan qiziqchi, askiyachi, 
o’lanchi Sodiqjon Xasanov o’zining ichak uzdi askiyalari, qiziqchiliklari va vodiyga 


19 
xos bo’lgan o’lanlari bilan birnecha marta Viloyat, Respublika miqyosidagi ko’rik 
tanlovlar festivallar sovrindori bo’lgan. Republikamiz poytaxti Toshkent shaxrida 
o’tkazilgan mustaqillik va navro’z bayramlarida ishtirok etib san’at muxlislarini 
mexrini qozongan.Sodiqjon Xasanov Mashxur so’z ustasi, qizikchi, askiyachi, 
o’zining ijro uslubi, maktabini yaratgan O’rta Osiyo o’iziqchi va askiyachilar sardori 
Muxiddin Darvishevning kenja shogirdidir.” Ushbu san’at turini keksa otaxon 
onaxonlardan o’rganganman, ulardan o’lan so’zlari, ijrolari, oxanglari, shuningdek 
talaffuzlari-yu sahnada, davrada qanday harakat qilishlari, o’ziga xos raqslarigacha 
o’rganganman”deydi Sodiqjon Xasanov. 
Demak o’lanlarimiz xam har bir bayram, yig’in, to’y xashamlarimizda ijro etilsa 
milliy qadriyatlarimizning yana bir turi rivojlanishi yana bir Xalq og’zaki ijodimizning 
namunalarini Xalqimiz o’rtasida qadr topishiga o’z xissamizni qo’shgan bo’lamiz. 
Keyingi saxifalarimizda o’lan ijrochiligi ustasi Sodiqjon Xasanovning o’z og’zidan 
yozib qog’ozga muxrlagan o’lanchilik namunalaridan bir nechasini matnini misol 
tariqasida keltiramiz. 
Askiya. 
Askiya asosan Farg’ona vodiysi va Respublikamizning barcha hududlarida ijro 
etiladigan san’atimizning bebaxo boyligidir. Republika miqyosidagi barcha bayramlar, 
tadbirlar, to’y xashamlar askiya va qiziqchi askiyachilarsiz o’tmaydi. Askiyaning asl 
ma’nosi arabcha so’zdan olingan bo’lib, “azkiyo”- o’tkir zexnli, bilimli, zukko, 
xozirjavob degan ma’nolarni anglatadi.Askiya Farg’ona, Andijon, Qo’qon, Marg’ilon, 
Namangan va Toshkent viloyatlarida keng tarqalgan, rivojlangan. Har bir askiyada 
payrov bo’lib, ya’ni bir usulni, mavzuni, fikr va so’zni yaxlit ma’nosini boshdan 
oxirigacha ochib beradi. Askiyachilar payrovdan chiqmay bir uslubda askiya qilishadi. 
Qadimdan ustoz san’atkor askiyachilar yaratgan va ijro etgan milliy an’anaviy askiya 
payrovlari bor: 
1. ”Gulmisiz, rayxonmisiz, jambilmisiz”. 
2. ”O’xshatdim”. 
3. ”Afsona”. 
4. ”Ashula yoki qo’shiq payrovi” 


20 
5. ”Dexqonchilik payrovi”. 
6. ”Bog’bonchilik payrovi”. 
7. ”Gul payrovi”. 
8. ”Qush payrovi”.
9. ”Laqablar payrovi”. 
10. ”Bedana payrovi”. 
11. ”Kino payrovi”. 
12. ”Kasb payrovi”. 
13. ”Musiqa sozlari payrovi”. 
XX-asrda askiya va qiziqchilikni rivojlantirib sahna san’ati darajasiga etkazgan 
ustoz san’atkor mashxur so’z ustasi Yusufjon qiziq Shakarjonov, Ijroqo’m buva, 
G’oyib ota Toshmatov, Abdulxay maxzum Qozoqov,Zaynobiddin qiziq, Oxunjon 
qiziq, Yangiqo’rg’onlik Rasulqori Mamadaliyev, Usta Qurbon ota, Uchko’priklik 
Nasriddin buva, Pirtakiy Odil eshon. Obil buva, Meliqo’zi buva kabi askiyachilarni 
ulkan xizmatlari bor. Keyinchalik ushbu an’analarni davom ettirgan ustoz askiyachilar 
Muxiddin qiziq Darvishev, Akramjon Yusupov, O’ktamjon aka, Qo’qonlik 
Yo’ldoshxon Nosirov, Ne’matjon Toshmatov, Jo’raxon Po’latov, G’iyosiddin akalar 
bo’ldilar. 
Xozirda Farg’ona vodiysida ustoz san’atkor mashxur askiyachi va qiziqchi, 
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Jo’raxon aka Po’latov raxbarligida Qo’qon 
askiyachilari o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Uchko’prik tumani madaniyat va 
axoli dam olish markazida tashkil topgan, Muxiddin Darvishev nomidagi “Xangoma 
Xalq kulgu teatri” Faoliyat olib bormoqda. Kulgu teatri raxbari ustoz san’atkor 
qiziqchi, askiyachi, so’z ustasi Baxodirjon Shokirovdir. Teatr qatnashchilari: 
Mansurjon Oxunov, Sodiqjon Xasanov, Solijon Inoyatov, Maxmudjon Ismoilov 
xamda bir necha yoshlar o’z repurtuarlari, ichak uzdi askiyalari turli teatrlashtirilgan 
tomoshalari bilan Respublika miqyosidagi bayram va tadbirlarda qatnashib kelmoqda. 
Qo’qonda, Marg’ilonda, Xonabodda, Qorasuvda, Uchko’prikda, Yangiqo’rg’onda 
askiyachilar guruxi, jamoasi tashkil topgan. Barcha gurux va jamoalar ustozlar 


21 
qoldirgan meroslarni, askiyachilik maktablarini kelajak avlodlarimizga etkazishga 
o’zlarining ulkan xissasini qo’shmoqdalar. 
O’zbek Xalq milliy tomoshalari (dorbozlik, polvonlik, masharabozlik, morbozlik, 
ko’zboylash) kabi san’t turlari O’zbekistonni, O’rta Osiyoning barcha hududlarida 
keng tarqalgan va rivojlangan san’at turidir. Farg’ona vodiysida xam Xalq o’yinlari 
bilan faoliyat ko’rsatadigan guruxlar mavjud.
Farg’ona, Andijon, Namangan, Qo’qonda, Bog’dod tumani, Buvayda tumani, 
Farg’ona tumani vaholangki Respublikamizning juda ko’p shahar va tumanlarida 
milliy Xalq tomoshalari guruxlari bor. 
Farg’ona tumani Vodil shaharchasida uzoq yillardan beri faoliyat ko’rsatib 
kelayotgan “Vodil chinori” oilaviy jamoasi xaqida so’z yuritamiz. Jamoa raxbari 1949-
yilda Farg’ona viloyati, Farg’ona tumani Vodil qishlog’ida tavallud topgan, ustoz va 
murabbiy Tursunali Mamajonovdir. 
Oilaviy jamoa 1975-yilda tashkil topgan. Xozigi kunda jamoada umr yo’ldoshi 
Gulchexra 
Mamajonova, 
farzanlari 
Ravshanbek, 
Shavkatjon, 
Baxodirjon, 
Baxtiyorjonlar, nabiralari Sardarbek, Suxrobbek va yana ko’plab nabiralari faoliyat 
olib 
borishmoqda 
Milliy 
tomoshalar 
dorbozlik, 
polvonlik, 
morbozlik, 
Xuqqabozlik,masharabozlik, Fokus, illyuziya, ko’zboylag’ich kabi o’yinlari bilan 
omma o’rtasida shuxrat qozongan. Bunday Xalq o’yinlari, milliy tomoshalar ochiq 
maydonda o’tkazilishi bilan boshqa san’at janrlaridan farq qiladi. Tursunali aka 
Shoximardonlik mashxur polvon vodiydagi barcha polvon va dorbozlarni ustozi 
Lochin polvonni birinchi shogirdlaridan. U ustozidan polvonlik, dorbozlik, milliy 
an’anaviy cholg’ulardan: karnay, surnay, nog’ora, dol chalishni o’rgandi. Yana bir 
axamiyatli narsa shundan iborat ediki, tomosha vaqtida albatta so’z san’ati, notiqlik 
san’ati kerak edi. Tursunali aka ustozi yordamida mashxur so’z ustasi, notiq va 
davralarda tomoshalarni moxirlik bilan boqarish sir asrorlarini mukammal egalladi. U 
o’z chiqishlari, tomosha ko’rsatish jarayonida buyuk shoirlarimiz: Alisher Navoiy, 
Abduraxmon Jomiy, Bobur, Mashrab g’azallaridan, Zamondosh shoirlarimiz: Rauf 
Parfi, Chorsham’ Ro’ziyev, Muxammad Yusuf, Yo’ldosh Eshbek, Baxodir Iso, 
G’ulom Fatxiddin, Siddiq Mo’min, A’zam Ismoilllarning g’azallari, she’rlaridan 


22 
namunalar o’qib Xalqimiz ongiga yaxshilik, ezgulik, yurtga – ona vatanga mexr 
muxabbat kabi tuyg’ularni o’rnatadi.Xalqimiz azal azaldan o’g’il farzand ko’rsa 
albatta katta bo’lsa polvon bo’ladi,ona yurtimizni ximoya qiladi, vatanimiz posboni 
bo’ladi deb yaxshi niyat qiladi. Vaxolangki biz va bizni zuryodlarimiz, Buyuk 
bobokalonlarimiz Soxibqiron Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Bobur, Alpomish, 
Go’ro’g’lilarni izdoshlari, avlodlaridir. 
Farg’ona vodiysining har bir viloyat, shahar va tumanlarida Folklor etnografik 
Xalq ansambllari tashkil topgan. 
1.
Marg’ilonda “Chodirjamol” folklor etnografik Xalq ansambli. 
2.
Andijonda “ Zilol” folklor etnografik Xalq ansambli. 
3.
Namanganda “ Yor – yor folklor etnografik Xalq ansambli. 
4.
Qo’shtepa tumanida “Kabutar” folklor etnografik Xalq ansambli. 
5.
Qo’qonda “Yor – yor” va “Qo’qon yor – yori” folklor etnografik Xalq 
ansambli. 
Toshkent viloyatining har bir tumanlarida xam folklor etnografik Xalq 
ansambllari tashkil topgan. Farg’ona vodiysida folklor etnografik jamoalar tashkil etish 
va ularni ijodiy faoliyatini rivojlantirishda ustoz san’atkor, O’zbekiston Xalq artisti 
Raxima aya Mazoxidovaning beqiyos, ulkan xizmatlari bor. Raxima aya birinchilardan 
bo’lib Qo’qonda “Yor – yor” folklor etnografik Xalq ansamblini tuzdi. Xalq o’rtasida 
unutilib borayotgan urf odatlar, udumlar, mehnat va marosim qo’shiqlari, jumladan, 
yor-yorlar, kelin salomlarni jamlab, ularni jamoa a’zolariga o’rgatdi. O’zining 
jarangdor, shirali, yoqimli ovozi bilan bir necha mumtoz ashulalar, bastakorlar ijodidan 
yaratilgan qo’shiqlar, Xalq og’zaki ijodi ko’plab namunalarini magnit tasmasiga 
yozilib, O’zbekiston Teleradio kompaniyasi xazinasi oltin fondida saqlanmoqda. Ustoz 
san’atkor ijro etgan, Omonyor, Omonyor – 2, Yor – yor, Kelin salom, 
Chamannoringdan, Kel bo’yingdan o’rgilay, Barakalla paxtakorim, Xo – xo yalli, Aka 
duldultoy, Olmacha anoringa balli, Bog’ingizdagi olicha, Oyijon, Qilpillama kabi 
qo’shiqlar Xalq o’rtasida xamon sevib, ardoqlanib tinglanadi. Raxima ayaning minglab 
izdoshlari, shogirlari bor, ular Republikamizning turli hududlarida faoliyat ko’rsatib 
kelmoqda. Ularning ko’pchiligi xozirda o’zlari xam ustoz darajasiga etganlar. Ta’bir 


23 
joiz bo’lsa Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani asosida, taniqli rejissyor 
Yo’ldosh A’zamov su’ratga olgan “ O’tgan kunlar” badiiy filmida ijro etgan 
“Omonyor” qo’shig’i filmni muvafaqiyatli chiqishiga o’z xissasini qo’shgan. Xozirda 
Qo’qon shahar madaniyat va axoli dam olish markazida Raxima Mazoxidova nomidagi 
“Yor – yor ” folklor etnografik Xalq ansambli Respublika miqyosidagi barcha bayram, 
tadbir, festivallarda faol ishtirok etib kelmoqda. 
Farg’ona Toshkent ijro yo’nalishida ashula va katta ashula (ustoz va shogird 
an’anasida). 
Katta ashula janri asosan Farg’ona vodiysiga hosdir. Farg’ona, Andijon, 
Namangan viloyatlarida bu san’at yani ashula yo’li keng tarqalgan. Katta ashula 
musiqa jo’rligisiz qo’lda tarelka yoki patnis bilan ijro etiladi. Shu bilan ovozni 
to’lqinlantirib, jarangini oshirib ba’zi xollarda usul berib tarelkani chertib turiladi. 
Ushbu san’at janri “Katta ashula” Yoki “patnisaki ashula deb xam nomlanadi. Shuning 
uchun katta ashula bir, ikki, uch va uchun ko’p ijrochilar tomonidan ijro etilishi 
mumkin. Ushbu asarni ijro etish uchun ijrochini diapazoni, ovoz jarangdorligi ochiq 
ovozda katta avj pardalarda kuylashi alohida ahamiyatga ega. Katta ashula barcha 
ijrochilar tomonidan boshlanadi. O’rta va daromad bo’limlari bo’lib-bo’lib ijro etiladi. 
Avj qismi ovozi jarangdor lya, si, do kabi notalarga etuvchi ijrochi tomonidan ijro 
etiladi.
Katta ashulani maromiga etkazib ijro etgan ustoz san’atkorlar Farg’ona vodiysida 
ko’plab yashab ijod etganlar. Barcha katta ashula ijrochilari Ustoz shogird an’anasiga 
amal qilib kelganlar. Har bir Ustoz san’atkorni bir necha shogirdlari bo’lgan va ular 
bilan hamnafas bo’lib ijod qilganlar. Marg’ilon shaxrida yashab ijod etgan ustoz 
san’atkorlar betakror ovoz sohiblari Mamatbuva Sattorov, Boltaboy Xofiz, Jo’raxon 
Sultonov, Ma’murjon Uzoqovlar shular jumlasidandir. Ular hamnafas bo’lib bir necha 
katta ashulalarni ijro etganlar.
Yovvoyi chorgox (Xaziniy), “Bir kelsun” (Miskin), “Oxkim” (Furqat), “Ko’kardi 
chaman” (Lutfiy), “Qoyilman” kabi katta ashulalarni ustoz shogird an’anasida 
maromiga etkazib ijro etganlar. Bir necha katta ashulalarni ustoz san’atkorlar, betakror 
ovoz soxibi bastakor Jo’raxon Sultonov musiqa bastalab musiqa jo’rligida xam ijro 


24 
etgan, ko’p ashulalarni shogirdi, beqiyos san’atkor, dovudiy ovoz soxibi Ma’murjon 
Uzoqov bilan hamnafas bo’lib kuylaganlar. Qo’qon shaxri yaqinidagi Tumor 
qishlog’ida XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Erka Qori Karimov bir 
necha katta ashulalarni maromiga etkazib ijro etgan. Keyinchalik ushbu ustoz san’at 
yo’lini mohir tanburchi, zukko, so’z ustasi, bastakor, xofiz Rasulqori Mamadaliyev 
davom ettirgan.
Rasul Qorining yana bir Yangiqo’rg’onlik Ustozi Kamoliddin Xamroqulov edi. 
Rasul Qori Mamadaliyev va Kamoliddin Hamroqulovlar birgalikda xamnafaslikda bir 
necha ashulalarni yuksak mahorat bilan kuylaganlar 
“Junun vodiysi” (Navoiy), “Topmadim” (Navoiy), “Bo’lmish” (Navoiy), 
“Kuygay” (X.Olimjon), “Mo’g’ulchayi dugox” (Navoiy), “Buxoro irog’i” (Navoiy), 
“Beboqcha” (Fuzuliy g’azaliga Amiriy muxammasi), “Kezarman” (Navoiy) kabi 
ashulalar shular jumlasidandir.
Rasul Qori Mamadaliyev o’zining umri ijodiy faoliyati davomida bir necha 
shogirdlarni etishtirgan. Bular Yangiqo’rg’onlik, Buvayda tumanida yashab ijod qilgan 
san’atkorlar Abdulatif Xoldorov, Raximjon Kamolov, Muhammadjon Sheraliyev, 
Mo’minjon Imomov, Saminjon Qosimovlardir. Ular ustoz san’atkor Rasul Qori 
Mamadaliyev yaratgan san’at maktabini chuqur egallab ushbu san’at yo’lini 
davomchilaridir. Ular Ustoz yaratgan va ijro etgan ko’plab mumtoz ashulalarni 
maromiga etkazib ijro etganlar.Ta’bir joiz bo’lsa Ustozning shogirdi Abdulatif 
Xoldorov Xaziniy g’azaliga Muxtorjon Murtazoyev bastalagan “Farg’ona tong 
otguncha” ashulasini birinchi bo’lib ijro etgan. “Farg’ona tong otguncha” ashulasini 
bilmagan eshitmagan muxlis O’zbekistonda bo’lmasa kerak. Ushbu xofizlar juda 
ko’plab katta ashula, mumtoz ashulalar, Shashmaqom tarkibidagi asarlarni yakka va 
jo’rnavoz bo’lib ijro etishgan.
“Poshshopirim”, “To etim bo’lmay kishi”, “Oxkim”, “Qoyilman”, “Bu 
gulshansoz” kabi katta ashulalar, “Farg’ona tong otguncha”, “Oromijon”, “Girya” – I, 
II, “Dugox” – I, II, III, IV, V,VI, “Segox”, “O’rgilay” kabi katta ashulalar shular 
jumlasidandir.


25 
Rasul Qori Mamadaliyevning yana bir izdoshlaridan Uchko’prik tumani Zig’ir 
qishlog’ida yashab ijod etgan iqtidorli xofiz Baxtiyorjon Qo’shoqovni alohida tilga 
olsak arziydi. Baxtiyor aka Ustozni barcha asarlarini ijro etgan. Uning boshqa 
xofizlardan ajralib turadigan jixatlari juda ko’p edi. Jarangdor, shirali, keng diapazonli, 
yoqimli ovoz soxibi bo’lib, o’zi bir necha she’rlar yozib, o’zi musiqa bastalar edi.
Rasul Qori marsiyasi, Qodir dehqon marsiyasini maromida ijro etgan. Xaziniy va 
Navoiy g’azallarini bir nechasiga musiqa bastalagan. Bir necha shogirdlarni ustozi 
bo’lgan. Shaxsan men xam Ustoz Rasul Qori Mamadaliyevni o’zimga Ustoz deb 
bilganman va ko’p ashula va qo’shiqlarini imkoniyat darajada ijro etganman. 
Vaxolangki, ko’p ashulalarni Ustozim Bahtiyorjon Qo’shoqov rahbarligida 
o’rganganman.
Rasul Qori Mamadaliyevni yana bir shogirdi Uchko’prik tumani Chang 
qishlog’ida yashovchi Jo’raqo’zi Xatamovdir, Jo’raqo’zi aka ustozning juda ko’plab 
ashulalarini mohirona ijro etib,el ardog’iga sazovor bo’lgan. Jo’raqo’zi Xatamovning 
bir necha ashulalari Radio, televidenie oltin fondida chaqlanmoqda. 
Rasul Qori Mamadaliyev Buvayda tumani Madaniyat uyi qoshida tashkil topgan 
“Tabassum” ashula va raqs xalq ansambli, Uchko’prik tumani Markaziy Madaniyat 
uyida tashkil topgan “Tanovor” ashula va raqs xalq ansamblini tashkil topishi va o’zini 
beminnat xizmatlarini ayamadi. Ushbu ansambllarga juda ko’p mumtoz musiqa 
merosimiz Shashmaqom tarkibiga kiruvchi ashula va musiqalarni o’rgatdi. “Tanovor” 
ansamblini o’sha paytdagi badiiy rahbari iqtidorli san’atkor, mohir sozanda Anvarjon 
Ashurmatovni o’ziga shogird bilib, san’at sirlarini o’rgatdi. Anvarjon Ashurmatov 
mohir sozanda, honanda bo’libgina qolmay, bir necha ashulalarga musiqa bastalagan. 
Bir necha bastalagan musiqalari bor. Anvar aka keyinchalik ansambl ijrochilariga 
Ustoz o’rgatgan “Soqiynomai savti kalon”, “Mo’g’ulchai dugoh”, “Soqiynomayi 
bayot”, “Sarahbori dugox” va uni taronalarini Ushshoq, Chorgox, Dugox, Segox 
ashulalarni o’rgatdi.
Anvarjon akani shogirdlari Bahtiyorjon Qo’shoqov, Jo’raqo’zi Hotamov, 
Hamidjon O’lmasov, Shahodatxon Davronova (Ismoilova), G’ofurjon Yunusov, 


26 
Fotima Yunusova, Sanobarxon Raxmatova, Nasibaxon Nedoyeva, G’ofirjon 
Oripovich Yunusovlardir. 
Ushbu san’atkorlar ko’pi Ustoz darajasiga etgan va ko’plab shogirdlarga san’at 
sirlarini o’rgatmoqda. Uchko’prik tumani Katta kenagas qishlog’ini bilmagan 
eshitmagan odam topilmasa kerak. Chunki, bu qishloqda mashxur ma’rifatparvar shoir 
Ziyovuddin Kattaxo’ja o’g’li Haziniy tug’ilib ijod qilgan. Haziniyni bir necha 
g’azallari juda ko’plab hofizlar tomonidan ijro etilgan.
Hozirda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg’ona mintaqaviy 
filialida, O’zbekiston davlat Konservatoriyasida ustoz va shogird an’analari davom 
etmoqda. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy 
filialida Ustozlar Sh.Yu.Usmonov, R.M.Ahmedov, K.Yuldoshev, U.Boltaboyeva, 
A.Talaboyev, G’.Yu.Yunusov, T.Akbarov, A.Haydarov, S.Yo’ldosheva, R.Dehqonov, 
G.Tursunova, S.Madaminov, Z.Abdunazarov va bir necha ustozlar o’z bilim va 
tajribalarini talabalarga o’rgatib kelmoqda. Ustoz-shogird an’analarini davom ettirib 
mumtoz musiqa merosimiz, O’zbekiston teatr tarixi, Shashmaqom, Ustoz bastakorlar 
yaratgan asarlar, Xalq og’zaki ijodi, ya’ni Folklor ashula va qo’shiqlarni kelajak 
avlodga asl holida etkazishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Joylarda ya’ni har bir 
viloyat, shahar va tumanlarda maqom ansambllarini tashkil topishi, yanada maqom 
san’atiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirdi. 
Xalq milliy san’atini anglab ijro etish uchun honandaning avvalo ruhi toza, qalbi 
pok bo’lishi kerak. Ana shu ijroni tinglagan muhlis ham o’zida ruhan poklanishni his 
qiladi. Xalqimizda “Oltin zanglamas”, degan naql bor. Maqomchilik, katta ashulada 
ajdodlarimizning boy ma’naviyati va ma’rifati, ezgu-niyatlari mujassam. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raxnamoligida milliy musiqa san’ati rivojiga 
qaratilayotgan yuksak e’tibor, avvalo, yoshlar ongi-qalbini ezgulikka esh qilmoqda. 
Muntazam o’tkazilayotgan turli ko’rik-tanlov va festivallar mumtoz merosimizni asrab 
avaylash va o’rganish, yangi iste’dod sohiblarini aniqlash va yuksak ijodiy marralar 
sari ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 
“Inson tafakkurini yuksaltirish, ayniqsa yoshlar qalbida ezgu fazilatlarni 
shakllantirishda san’atning o’rni va ahamiyati beqiyos” ekanligini ta’kidlagan edi. 


27 
Binobarin, xalqimizning boy madaniy merosi, ko’z-ko’z etsa arzigulik urf-odatlari, 
san’ati borki, ular bilan cheksiz fahrlanamiz. Shu bois bugun ajdodlarimiz an’anasini 
davom ettirish, targ’ib etish, san’at orqali tinchlik, do’stlik, ahillik, qardoshlikkabi 
fazilatlarni mustahkamlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Millati, tili hamda dini 
turlicha bo’lgan millionlab odamlarni hech qanday tarjimonsiz do’st qiladigan, ular 
o’rtasida hamkorlik va hamjixatlikni yanada mustaxkamlaydigan musiqa san’atining 
o’rni hamda ta’siri tobora ortib bormoqda.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish