Folklor jamoa ijrochiligi



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/40
Sana02.04.2022
Hajmi4,55 Mb.
#524346
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
fayl 1607 20210825

Nafas olish qoidalari 
Ashula aytishga xos bo’lgan ovoz qoidaga muvofiq to’g’ri hosil bo’lganda 
yumshoq tanglay burun yutingichni yutingichdan to’la-to’kis ajratib yuboradi, ya’ni u 
ko’tarilgan holda esnagichga yaqin bo’ladi. O’z navbatida, esnagich ham kuylashga 
tayyor bo’lish uchun, nafas olganda ovoz hosil bo’lish uchun yutingich bo’shliqlarini 
kengayishi va sadolantirgich faollantirishga, shu bilan bir qatorda tovush quvvatini 
oshirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ijro tovushining to’g’ri va qoidaga muvofiq 
shakllanishi yumshoq tanglayning yuqoriga ko’tarilishi-yu, yutingichni yuqorida 
aytilgandek holatda bo’lganida barpo etiladi. Ashula aytish uchun nafas olish va uni 
chiqarish orasida bilinar-bilinmas tinish (pauza) mavjud, ya’ni to’xtash mavjud bo’lib, 
shundan keyin nafas chiqarish jarayoni boshlanadi. Mana shu tinish yohud to’xtovga 
nafas chiqish oldi holati deyiladi. 
Ijroda olingan nafasni to’g’ri ishlatish qoidasi, ovoz qatlamlarini normal ishlashi 
maqsadida bosimli va ravon nafas chiqarish, uni tejab sarflashdan iborat. 
Xonish nafas chiqarish bilan baravar boshlanadi, chunki aynan nafas chiqarish 
jarayoni ovoz hosil bo’lishni vujudga keltiradi. Nafas chiqarishning to’g’ri yo’lga 


52 
qo’yilishi ovoz to’qimalarining to’g’ri harakatlanishiga olib keladi. Kuylash jarayonida 
nafas, tabiiyki, ovoz bilan birga chiqariladi. Kuyning qisqa jumlalarida chuqur nafas 
olish tavsiya etilmaydi. Chunki bu juda noqulay bo’lib, nafas chiqarish jarayoniga 
putur yetkazishi mumkin. Xonandani tez toliqtirib qo’yadi. Xonish jarayonida nafas 
harakatining turli ko’rinishlaridan unumli foydalanishni talabaga o’rgatib borish zarur. 
Nafasni asta-sekinlik bilan chiqarib, uning iloji boricha asosiy qismini tovush chiqarish 
uchun ishlata olish, tejab-sarflash hisoblanadi. Nafasni bu tarzda ishlatish uchun albatta 
doimiy va muntazam ravishda muayyan mashqlar bilan shug’ullanish lozim. Chunki 
bu talablarga faqat malakali xonandagina javob bera oladi va shuning uchun ham 
undaylarni o’z ishini ustasi deb atashadi. 
Xullas, ijroda nafasni to’g’ri olish va chiqarish, nafas organlari harakatlarining 
mohirona amalga oshirilishiga erishish ovozda pozitsiyalar o’zgarmasligi, kuychanlik 
va ravonlikni ta’minlash bilan bir qatorda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan dag’allik, 
qo’pollik, keskinlik kabi nuqsonlarning ham oldini oladi. 
Har doim nafasni to’la olib, nafasni ovoz to’lqinlariga ustalik bilan aylantiriladi. 
Nafas ikki usulda olinadi, biri tanani qorin qismiga, yana biri tananing ko’krak qismiga. 
Har ikki usulda xam ovozni to’la, jarangdor qilib chiqarish mumkin, lekin ijro vaqtida, 
ko’krakdan nafas olish sahna madaniyatiga biroz to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning 
uchun har bir sahnada biror bir asar yoki ashula, qo’shiq kuylovchi, rol ijro 
etuvchilarning barcha barchasi nafasni o’pkaning qorin qismidan olgani durustroqdir. 
Nafasni to’la olib uni ovoz shaklida chiqara bilishda xam maxorat bilan foydalanish 
kerak, chunki nafas sarf etishda ozgina xatolik bo’lsa, ovozda uzilish, ma’lum joylariga 
etmay qolishi, bir misra yoki belgilangan oxangni oxiriga etkaza olmay qolishlari 
mumkin. Bir ovoz mashqini o’z ijromda sinab ko’rganim uchun, shu mashqni 
qo’llanmamiz o’quvchilariga xam tavsiya etmoqchiman. 
Tananing qorin qismiga to’la nafas olganingizdan so’ng, bir varaq qog’ozni olib 
uni ovozingiz yo’nalishiga qo’yib ushlab turasiz, imkoniyat darajasida jarangdor ovoz 
chiqara boshlaysiz. Agar nafasni to’g’ri sarflab ovoz to’lqiniga aylantirilsa, qog’oz o’z 
xolatida, qimirlamay turadi, mobodo nafasingiz biroz noto’g’ri ishlatilsa, qog’oz xuddi 
shabboda esgandagidek qimirlaydi. Ushbu mashqni uyda xam dars jarayonida xam 


53 
takrorlab ko’rishingizni tavsiya etaman. Hurmatli kitobxon har doim kuylash 
jarayonida,ovozni dimoqqa urilib chiqishi ovozni asl holatini,jarangini bermaydi, 
shuning uchun ovoz mashqini bajarayotganingizda barmoqlar bilan burun teshiklari 
to’silsa xato va kamchiliklar aniq bilinadi. Yana bir mashq, nafasni to’la olib, ozgina 
yuqori, avj pardalarda unli tovushda kuylang. Kuylashingiz jarayonini soat millari 
yordamida aniqlang.
Bugun 10-daqiqa, ertasi kuni ozgina ko’proq va xokazo. Insonni imkoniyati 
cheksizligi shundan ma’lumki, ovoz davomiyligi 30- 35- 40- 50 daqiqagacha davom 
etishi mumkinligi o’z isbotini topgan. Bu ovoz shakllantirish, sozlash mashqlarini har 
kuni takrorlab turish kerak. Ovoz mashqlarini an’anaviy xonandalik, ashula va raqs, 
folklor etnografiya yo’nalishi talabalari, “Shashmaqom”, o’zbek xalq musiqasi, folklor 
qo’shiqlari, doston qo’shiqlari ba’zi yo’llaridan, xangilaridan namunalar olib 
kuylashlari mumkin. Masalan: “Munojot” ashulasining boshlanishi “ xangi” qismidan, 
shuningdek “Tanovar”, “Soqiynomalar”, “Yallama yorim”, “Yallala bobo”, “Dugox”, 
“Sumbula” kabi ko’plab milliy ashula va qo’shiqlarni ba’zi qismlaridan misol 
tariqasida olishimiz mumkin. Bunda mashqlar har bir ijrochi, ijrochilarni imkoniyatini 
xisobga olgan holda bajariladi. “Lya” notasidan boshlab keyingi oktavadagi “Lya 
”notasigacha, asta yuqori pardalarga xam chiqib kuylash tavsiya etiladi. Agar yuqori 
parda(nota)larga chiqilganda ovoz qiynalsa yoki ovozga ozgina xastalik tushgani 
sezilsa, yana mashqlar asosida dastlabki xolatga qaytishimiz kerak. Kundalik mashqlar 
davomida ovoz diapazoni(ovoz kengligi, ko’lami)asta sekinlik bilan oshib boradi. Bu 
mashqlarni shoshmasdan, sabr va matonat bilan bajarib borish tavsiya etiladi. Kunlar, 
yillar, oylar davomida bajarilgan mashqlar albatta o’z samarasini beradi. Ushbu ovoz 
mashqlarini notalashtirilgan variantlari qo’llanmaning keyingi saxifalarida batafsil 
yoritiladi. Har bir ashula va qo’shiqni avvalo so’zlarini to’g’ri talaffuz etishga erishish 
kerak.Unli va undosh tovushlarni to’g’ri talaffuz etilishi qo’shiqlarga jilo berib
bezaydi. Unli tovushlarni o’ta chuqur va yopiq hamda o’ta ochiq kuylashga yo’l 
qo’ymaslik kerak, chunki buning birinchisi ovoz rangi va sadosini xiralashtirsa, 
ikkinchisi ovoz jarangining mo’tadilligiga putur etkazib, ovozning haddan tashqari 
yoyilib ketishi mumkin. 


54 
Ijro jarayonida unli tovushlar taxminan quyidagicha bo’lmog’i lozim. 
O’zbek tilida unli tovushlarning “a”, “o”, “i”, “u”, “o’”, “e” kabi asosiy oltita turi 
bor. “Yolashgan unlilar” deb nomlanuvchi tovushlar kirilcha alifboda e, yo, yu, ya kabi 
harflar bilan ifodalanishi ham mumkin.
«A» tovushi – lablangan til oldi keng tarzdagi unlilardan hisoblanib, hosil bo’lishi 
uchun til pastki jag’ tishlariga tiralib, keng va katta ochiladi. Ovoz apparatining qolgan 
organlari esa o’zining tabiiy holatini o’zgartirmay xotirjam turishadi. Ovozning 
chiroyli va go’zal jaranglashida bu tovushning ahamiyati katta. Biroq «a» tovushini 
xayolan «u» tovushini hosil qilganday ijroda lablarni nisbatan oldinga cho’zibroq 
bajarilmasa, ovoz yoyilib ketib, xunuk eshitilishi ehtimoldan xoli emas, chunki bu 
tovush «i», «e», va «ya» tovushlari kabi tabiatan yoyilib ketishga moyilligi bor.
«O» tovushi - lablangan til orqa keng unlisi bo’lib, hosil bo’lishi uchun lablar 
doira shakliga kirib, bir oz oldinga cho’ziladi. «O» tovushi «a» tovushi kabi xonishda 
yuqori avj pardalarni erkin va bemalol xonish qila olish bilan bir qatorda yumshoq 
tanglayning ko’tarilishiga ham xizmat qiladi. 
«U» tovushi - lablangan til orqa tor unlisi bo’lib, hosil bo’lishi uchun til bir oz 
orqaga taqalib, lablar boshqa unli tovushlarga nisbatan ko’proq oldinga cho’zilmog’i 
talab etiladi. Og’iz juda ham katta ochilmasa-da, og’iz bo’shlig’i kengayib, yumshoq 
tanglay ko’tariladi. Mazkur tovushning talaffuz tiniqligiga ahamiyati kattadir. 
“O’” tovushi – lablangan til orqa o’rta keng unlisi bo’lib, hosil bo’lishi uchun lab 
mushaklari «u» tovushining holatiga nisbatan biroz bo’shashtiriladi. Pastki jag’ ancha 
tushiriladi. Ovoz hajmining yuqori registridagi pardalarning ijrosida «u» tovushi «o» 
tovushiga o’xshabroq jaranglaydi. 
«I» tovushi – lablanmagan til oldi tor unlisi bo’lib, asosan ingichka tarzda talaffuz 
qilinadi. Hosil qilganda til pastki jag’ tishlariga taqalib, pastki jag’, til va lablarning 
mushaklarida zo’riqish emas, balki bir oz kuchanish lozim bo’ladi. Lablar «u» 
tovushiga nisbatan ochiqroq holatga keladi. Tilning o’rtasiga yaqin qismi qattiq 
tanglayga muloyimgina yopishtiriladi. Xuddi so’zlashuv jarayoni kabi ijroda ham «i» 
tovushining ikki turi mavjud. Biri til oldi bo’lsa ikkinchisi til orqa «i» tovushlaridir. 
«I» tovushi so’zning boshida kelsa, «i», «y» kabi tovushlardan oldin kelganda, 


55 
shoirlarning taxallusida, tilimizda mavjud bo’lgan «kitob», «bino», «tarix» kabi forsiy 
va arab tillaridan qabul qilingan so’zlarda ingichka til olda «i» tovushi, so’zning o’rtasi 
va oxirida, ayniqsa «qishloq», «qizil», «qirg’oq», «g’isht», «xizmat», «xirmon» kabi 
chuqur til orqa «q», «g’», «h» tovushlaridan keyin kelganda til orqa qator yo’g’on «i» 
tovushi sifatida talaffuz qilinadi. «I» tovushi eng jarangdor unlilardan bo’lib, tovushni 
oldinga olib chiqarishda xizmati beqiyosdir. 
«E» tovushi – lablanmagan til oldi unlilar qatoriga kirib, bular ikki tovushdan 
tashkil topganligi tufayli talaffuzi murakkab hisoblanadi. Hosil bo’lishi uchun lablar 
doira shakliga kiradi-yu, biroq oldinga cho’zilmaydi va til pastki jag’ tishlariga tiraladi. 
Mazkur tovushda ham «a», «o», «u» tovushlari kabi, og’iz bo’shlig’idagi ovoz 
organlari ishtirok etmay, o’zining tabiiy holati bo’yicha qoladi. Bu tovushlar «egat», 
«elak», «ekin», «ertak», «bepoyon», «meros», «metin», «me’mor», kabi so’z boshi va 
ochiq bo’g’inlarda kelsa ochiq talaffuz qilinadi. «Men», «sen», «zehn», «kelmoq», 
«ketmoq», «sevmoq», «sevgi», “sezgi», «tergov», «termilish» kabi tarkibida ikki 
undosh orasida kelganda bir oz yopiqroq, ovrupo tillaridan kirib kelgan «poema», 
«aeroport», «eksport», ekskursiya», «etyud»va «general» kabi so’zlarda esa kengroq 
talaffuz qilinadi.
Yonlashgan tovushlarda avvalo «y» tovushi keyin esa asosiy tovushga o’tiladi, 
ya’ni «e» harfi «e», «yo» harfi «yo», «yu» harfi «yu» va «ya» harfi esa «ya» tarzida 
talaffuz qilinadi. Ijroda bu tovushlarni qo’llash bilan ijrochi ovozining lo’nda, lablarga 
yaqin qulay, yuqori pozitsiyadagi jarangi hamda tovush atakasi paytida ovoz 
qatlamlarining faolligiga erishadi. Yolashgan tovushlarning asosiy cho’zimlisi 
ikkinchisi bo’lib, ijro paytida birinchi tovush talaffuzidan juda tezlik bilan 
tovushlarning ikkinchisiga o’tib ketish lozim. Mana shu o’tish jarayonida diqqat-
e’tiborni artikulyatsiya organlarining o’zgarishi sababli talaffuz o’zgarib 
g’alizlashmasligi va parda ohangi(intonatsiya)ni buzmasdan o’tishiga e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Unli tovushlar asosan ovozning shakliga xizmat qilsa, undosh tovushlar 
talaffuzning burroligi, aniqligi, va mukammalligiga qaratilgan. Shuning uchun ham 
ovoz shakllantiruvchi a’zolarning faoliyati uchun undosh tovushlarning ahamiyati 


56 
katta. Talaffuz organlarining faoliyatini undosh tovushlarning faoliyatisiz tasavvur etib 
ham bo’lmaydi. Ular o’zlarining xususiyati bilan lablar harakatini tartibga soladi, 
yumshoq tanglayning ko’tarilishini ta’minlaydi, ming’illab chiqadigan burun 
ovozining oldini oladi va eng asosiysi olingan nafasni tejamkorlik bilan, ongli tarzda 
ishlata olishga ham o’rgatadi. Undosh tovushlarning mukammal talaffuzi barcha ovoz 
mushaklarini faollashtirib, chiniqtiradi. Bir so’z bilan aytganda, yaxshi talaffuz ovoz 
apparatining barcha organlarini chetda qoldirmasdan, faol ishlashga olib keladi.
Mana bu qo’shiq so’zlarini to’g’ri va aniq talaffuz bilan o’qib ko’ring. 
Endi sendek jono, jonon qaydadur, 
Ko’rib gul yuzingni bog’da bandadur,
Saqlay ishqing toki jonim tandadur,
O’zim har joydaman, ko’nglim sandadur. 
Ushbu to’rtlik, ya’ni qo’shiq matnidagi unli tovushlar : O, A, I, E, U, O’ lar 
talaffuzi mashqlar davomida o’zlashtiradi va o’rganiladi. Masalan har bir asarning 
boshlanishi daromadi va kulminasiya (avj qismi) bo’ladi. Bular ashula yoki qo’shiq avj 
qismidagi, O..O..O..O..O..O.., Hay yor a..a..a..a..a..a..a..a, 
Jo..o..o..o..o..o..o..o..o..n, 
Do..o..o..o..o..o..o.d, 
qo’shimchalaridir. Ushbu 
qo’shimchalarni har bir ijrochi o’zi istaganidek (albatta qo’shiq, ashula yo’lini 
buzmagan holda) jilo, nola, sayqal berib kuylashi mumkin. Bu ijrochini ijro maxorati, 
imkoniyati, ovoz diapazoni qandayligiga bog’liq.
Folklor jamoa ijrochiligida ovoz shakllantirish va ovoz sozlash iashqlarida: 
tovushni tiniq va sof ijrosiga erishish, Unli, undosh tovushlarni, qo’shiq matni, 
so’zlarini aniq va tiniq talaffuz etish.ijroning asosiy manbalaridir. Buning uchun 
dastlabki, ilk saboqdan (musiqiy) alohida axamiyat berilishi kerak. Folklor jamoa 
ijrochiligida har bir yigit qizlarning ovoz imkoniyati, ovoz ko’lami (diapazoni), sulhi 
va qobiliyati turlicha bo’ladi. Ba’zilari barcha pardalarda tiniq ijro etadi, ba’zilarida 
eshitish va sulx rivojlanmagan bo’lishi mumkin. Ba’zi ijrochilar o’zlariga berilgan 
tovushlarni eshitib turib xam, o’zimkoniyati darajasida kuylab berisha olmaydi. Yana 
shunday talaba va o’quvchilar bo’ladiki, ularni “ tug’ma talant,”, “tug’ma iste’dod ” 
deyish mumkin. Barcha mashq va talablarni aniq, tiniq bajara oladi, ijrosi xam toza va 


57 
sof bo’ladi. Shuning uchun ovoz sozlash, ovoz shakllantirish mashqlarini jamoa 
holatda o’rgatilgandan so’ng,har bir yigit qizlarni qobiliyati, sulhi, ovoz imkoniyatini, 
eshita bilish va ijrosini alohida alohida tekshirib ko’rish kerak. Talabalarga har hil 
dinamik tarzda o’rgatilishi maqsadga muvofiqdir. O’shanda ularni xalq og’zaki ijodi, 
qo’shiq, lapar, ashula va o’lanlarga bo’lgan e’tibori oshadi, har bir ijroni, mashqlarni 
tiniq.sof kuylashga intiladi.
Talabalarga mashqlarni, qo’shiqlarni har xil dinamik tusda o’rgatish kerak. 
Shunda ularning e’tibori oshadi va tiniq, sof talaffuzga intilishadi. Ovozni sozlashda, 
ayniqsa mashq jarayonida gammadagi quyidagi holatlarga e’tibor berish kerak.
Melodik soz-intervallarni, major va minor bosqichlarini aniq intonasiya bilan ijro 
etilishi.
Garmonik soz-uch tovushlarning to’g’ri intonasiya qilinishi. Talabalar ovozining 
to’g’ri sozlanishiga bog’liq. Major gammasi quyidagicha kuylanadi.
Birinchi bochqich mustahkam-barqaror kuylanadi. Ikkinchi, uchinchi, beshinchi, 
oltinchi, ettinchi bosqichlar yuqorilatishga moyillik bilan kuylanadi.
To’rtinchi bosqich pasayishiga moyillik bilan kuylanadi.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish