55-rasm. Qirquvchi tipdagi ajratgichlarning kontakt
tizimi
9-MA`RUZA
ICHKI VA TASHQI QURILMALAR UCHUN AJRATKICHLAR.
Ichki qurilmalar uchun ajratkichlar.
Ichki qurilmalar uchun bir qutbli (RVO) yoki uchqutbli (RV, RVK, RVRZ
va shu kabi) ajratkichlar qo‘llaniladi. Uch qutbli ajratkichlar umumiy ramada yoki
har bir qutb uchun alohida ramada tayyorlanishi mumkin.
Har bir qutb
ajratkichning yuritmasi bilan ulangan umumiy val orqali birlashtiriladi. 1000 A
gacha bo‘lgan toklarga ajratkichning pichog‘i ikkita mis polosadan, katta toklar
uchun pichoq uch-to‘rt polosadan tayyorlanadi. SHina konstruksiyalaridagi kabi,
katta toklarda materialdan yaxshi foydalanish uchun, qo‘zg‘almas
kontaktlar
qutisimon kesimda, ajratkich pichog‘i, esa tog‘ora shaklda tayyorlanishi kerak.
Kesuvchi tipdagi ajratkichlarda
pichoq qo‘zg‘almas kontaktlardan birining
atrofida aylanadi, pichoqqa harakat chinni tortqi orqali valdan uzatiladi.
Kontaktlardagi kerakli bosim prujsnalar orqali hosil qilinadi. Kesuvchi
tipdagi ajratkichlarning kontakt tizimining tuzilishini ko‘rib chiqamiz (55-rasm).
Izolyator 1 da to‘g‘ri burchak ostida bukilgan mis shina mahkamlangan bo‘lib, u
qo‘zg‘almas kontakt 2 hisoblanadi. Qontakt 2 ning yon tomonlari silindrik sirt
ko‘rinishida ishlangan, shuning uchun pichoq 6 plastinalari
bilan chiziqli kontakt
hosil qiladi. Sterjen 5 ga o‘rnatilgan prujinalar 4 po‘lat plastinalar Z ni bosadi,
plastinalar chiqkan joylari bilan pichoqlarni qo‘zg‘almas kontaktga siqadi.
Kontaktda bosim qancha katta bo‘lsa, o‘tish qarshiligi shunga kichik bo‘ladi, lekin
uzishlar
va
ulashlardagi
ishqalanish hisobiga kontaktlar
eyilishi
katta
va
ajratkichni
operatsiyalardagi harakatlantirish
uchun qo‘yiladigan kuch shuncha
katta bo‘ladi.
Q.t. toklarining o‘tishi
paytida
tokning
pichoq
plastinalaridan kontaktlarga o‘tish joylarida elektrodinamik kuchlar hosil bo‘ladi,
ular kontaktdan pichoqlarni itarishga harakat qiladi. Boshqa tomondan, pichoq
plastinalari bir tomonga yo‘nalgan toklarning o‘zaro ta’siri sababli bir-biriga
tortiladi. Q.t. toklari katta bo‘lganda itarish kuchlari plastinalar pichoqlarining
tortish kuchidan katta bo‘lishi mumkin, bu plastinalar pichoqlarini kontaktdan
otilib chiqishiga, yoyning paydo bo‘lishiga, ya’ni avariyaga olib keladi.
Buning
oldini olish uchun, ajratkichlarda magnit qulf qurilmasi ko‘zda tutiladi. U pichoq
tashqarisiga joylashgan ikkita po‘lat plastinalar 3 dan iborat bo‘lib, birinchidan,
prujinalar bosimini uzatish uchun xizmat qilsa,
ikkinchidan, q.t. toklaridan
magnitlanib bir-biriga tortiladi va kontaktda qo‘shimcha bosim hosil qiladi.
Ikkinchi izolyatrrdagi ajratkichning kontakt tizimi ham shunday konstruksiyaga
ega, faqat kontaktlar sirpanuvchi, sharnirli, lekin ajralmaydigan bo‘ladi,
chunki
pichoq o‘q 7 atrofida aylanadi.
Erga tutashtiruvchi pichoqlar bo‘lsa, ular sharnirli yoki ajrovchi kontaktlar
tomonida yoki ikkala tomonda joylashishi mumkin. Uch qutbli qurilmalarda, ular
umumiy mis shinalar bilan qisqa tutashtiriladi.
Erga tutashtiruvchi pichoqlar, bosh pichoqlar ulangan holatda,
ularni
ulanishiga yo‘l qo‘ymaydigan mexanik blokirovkaga ega. Erga tutashtiruvchi
pichoqlarni boshqarish uchun, dastadan valga harakat beruvchi richaglar (PR)
tizimidan yoki chervyakli yuritmadan (PCH) tashkil topgan oddiy qo‘l
yuritmasidan foydalaniladi. Bosh pichoqlarni ulash yoki uzish bu operatsiyalarni
masofadan amalga oshirish imkonini beradigan elektr dvigatel yuritmasi (PDV)
tomonidan amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zidan uzilishi yoki ulanishni yo‘qotish uchun yuritmaning richaglar
tizimi yordamida ajratkich ulangan yoki uzilgan holatda ishonchli tutib turiladi.
Komplekt ekranlangan tok o‘tkazuvchi qurilmalar uchun pichog‘i ilgarilama
harakat qiladigan aylanuvchi
tipidagi ajratkichlar; chervyakli yuritma bilan
boshqariladigan qirquvchi tipidagi;
ZR
tipidagi erga tutashtiruvchi ajratkichlar
qo‘llaniladi.