www.ziyouz.com
кутубхонаси
90
o‘q otilgan zahoti ko‘chki boshlanib, bir daqiqa o‘tar-o‘tmas dovon ostidagi barcha mavjudot qalin qor
qatlami ostida qoldi. Xo‘sh, yigitlar kalima qaytarishga ulgurdilarmi-yo‘qmi, yolg‘iz Allohga ayon.
Darvoqe’, shahidlar uchun kalimasiz ham jannat eshiklari ochiq bo‘lsa kerak, vallohi a’lam.
1918 yildan beri istilochilar bilan omonsiz kurashib, ularga dahshat solib kelgan, dushmanga
nisbatan eng murosasiz nuqtada turgan Xolxo‘ja Eshon shu tariqa dahshatli ko‘chki ostida qolib, vatani
– Turkiston ozodligi yo‘lida, dini islom yo‘lida shahodat sharobini ichdi. Uning shahodati do‘stlari va
maslakdoshlarini chuqur qayg‘uga soldi. Nurmuhammadbek o‘z xotiralarida Xolxo‘ja Eshon shahid
bo‘lganini eshitgandan keyin chekilgan iztiroblarni shunday bayon qiladi:
“Xolxo‘janing shahid ketishi bizni, avvalo, akamiz Shermuhammadbekni juda xafa qildi. U o‘ris
o‘qidin o‘lishni xohlar edi. Bir xoin yoki ko‘zi ko‘r taqdirning tasodifi bilan o‘lish unga juda qiyin
tuyulardi. Jo‘shqin, qaytmas mujohid edi. Kechirimsiz va mazbut fe’l atvor egasi edi. Qor ostida qolib
ketib o‘lmaganda, balki Farg‘onaning eng oxirgi fidoyisi bo‘larmidi? Shahid bo‘lganidan to‘rt kundan
keyin alamli xabarni olganimiz payt uning ruhiga Mavludi sharif o‘qitib, Allohning dargohiga
yubordik. Allohi karim bul Turkiston shahidini rahmat qilsin, payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalom shafoatchi bo‘lsinlar. Omin, Allohu Akbar!”
Farzandlarining yozishlaricha, kunlardan birida ulug‘ adib Abdulla Qodiriy ijodxonadan ko‘zlarida
shashqator yosh bilan chiqib kelibdilar. Xavotir olgan oila a’zolari “Nima bo‘ldi? Nega yig‘ladingiz?”
deb so‘rasalar, “Kumush... Kumush o‘ldi.” deb javob bergan ekanlar.
Xolxo‘ja Eshonning shahodati haqida yozgan satrlarimiz, ne tong-ki, meni ham shu ko‘yga soldi...
Ko‘z yoshimni artib, marhumning ruhiga bag‘ishlab tilovat qilib, qissaning marhum Xolxo‘ja Eshonga
bag‘ishlangan bobiga nuqta qo‘yaman deb turganimda telefon jiringlab qoldi. Go‘shakni oldim.
Qo‘qon o‘lkashunoslik muzeyidan ekan. Bizning izlanishlarimizdan boxabar do‘stlarimiz Xolxo‘ja
Eshon hayoti bilan bog‘liq yana bir hujjat chiqib qolganligidan darak berishdi. Olib kelishni so‘radim.
Do‘stlarim hujjatni menga berar ekanlar, ogohlantirib qo‘ydilar: “— Bu hujjatga tanqidiy nazar bilan
yondoshishingizni so‘raymiz, zero, sezishimizcha, unda boshqa xujjatlar bilan tasdiqlanmagan,
haqiqatdan yiroq faktlar ko‘p ekan. Nima bo‘lganda ham, bir hujjat, bir manba sifatida ko‘zdan
o‘tkazib qo‘ysangiz bo‘laveradi”.
Hujjatdan ko‘chirma nusxani uyga olib ketib, sinchiklab o‘rgandim. Bu hujjat Toshpo‘lat
O’rozboev tavalludining yuz yilligiga bag‘ishlab Toshkentda 1969 yil 20 may kuni o‘tkazilgan
tantanali majlis stenogrammasi ekan (Toshpulat O’rozboev shaxsi haqida ma’lumot qissaning
yuqoridagi boblarida keltirilgan). Majlisga tarix fanlari doktori, professor M.V.Vahobov raislik qilgan.
Uning mavzumizga, to‘g‘rirog‘i, Xolxo‘ja Eshonga daxldor qismi—fuqarolar urushi ishtirokchisi,
1918 yildan KPSS a’zosi, O’rozboevning safdoshi Muxtorjon Olimovning nutqi matni ekan. Uni
diqqat bilan bir necha bor o‘qib chiqib, muzey xodimlarining ogohlantirishlari to‘g‘ri ekanligini
angladim. Darhaqiqat, unda haqiqatdan ancha yiroq gaplar ko‘p ekan. Bir ko‘nglim, “undan butunlay
foydalanmaslik kerak” dedi, boshqa bir ko‘nglim “Bu gaplarni kitobga qo‘sh. Sovetlar vaqtida tarix
naqadar soxtalashtirilganini o‘quvchilar ham o‘z ko‘zlari bilan o‘qib bilsinlar” dedi. Mening o‘zimga
ham shu ma’qul ko‘rindi.
O’rtoq M.Olimovning nutqi asl holida, ya’ni, rus tilida berilgan (“—Ya ochen izvenyayus, ya budu
govorit po russki”). Biz undan Xolxo‘ja Eshonga daxldor qismini tarjima qilib keltiramiz:
“... Men juda ko‘p qiziq ishlarni aytib berishim mumkin, ammo, eski avlod qanday shart-sharoitda
ishlaganligi haqida bittagina misol keltirib o‘taman. Masalan, 1919 yilda Andijonda bosmachilarning
yirik boshliqlaridan biri Oxunjon va uning sherigi Xolxo‘ja biz tomonga o‘tdi. U (Xolxo‘ja)ning
aksilinqilobiy armiyada 800 tagacha odami bor edi. U ham Sovet xokimiyati tomonga o‘tdi. U
sovetlarga o‘tgach, uni Andijonda Oxunjon bilan qoldirish mumkin emas edi, shuning uchun uni
O’shga yubordilar. Men aynan o‘sha paytda O’sh inqilobiy qo‘mitasini boshqarardim, raisi edim. Men
Xolxo‘jani eski tanishlarday kutib oldim. Biz u bilan bir kun birga bo‘ldik. Men unga “Siz baribir bu
yerdan qochib ketarsiz? ”deb savol berdim.
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. Shermuhammadbek qo‘rboshi
Do'stlaringiz bilan baham: |