bitiruvchilari
2
Qishloq va
o‘rmon
xo‘jaliklari
Talab
MEH
NA
T
BO
ZORI
Kasb-hunar
3
Qurilish
tashkilotlari
Talab
Taklif
kolleji
bitiruvchilari
4
Transport va
aloqa
tashkilotlari
Talab
Taklif
Hunar
o‘rganuvchi
shogirdlar
5
Savdo,
ovqatlanish va
tayyorlov
korxonalari
Talab
Taklif
Armiya
xizmatidan
bo‘shab kelganlar
6
Fan, ta’lim va
madaniyat
muassasalari
Talab
Taklif
Boshqa
xududlardan
kelgan xodimlar
7
Sog‘liqni saqlash
va boshqa
muassasalar
Talab
Taklif
Boshqa
manbalardan
kelganlar (qamoq-
dan ozod etilgan-
lar va shu kabilar)
1-chizma. Mehnat bozori ishtirokchilarining tarkibi
Aholi
bandligini
ta‟minlashda
Respublika
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 6 maydagi “Aholi bandligini ta‟minlash
bo„yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini
oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy
organlari rahbarlarining shaxsiy mas‟uliyatini oshirish chora-tadbirlari
to„g„risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega. Ushbu qarorga ko„ra aholi
bandligi o„sishining prognoz ko„rsatkichlarini qanday bajarganligiga
qarab, mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari (lavozim maoshining 15 foizi
miqdorida), hokimlarning birinchi o„rinbosarlari hamda iqtisodiy
kompleksning hududiy organlari rahbarlariga (lavozim maoshining 20
foizi miqdorida) rag„batlantirish (mukofotlash) yoki jarima solish
choralari qo„llanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy
Majlisga murojaatnomasida ta‟kidlanganidek, faqat 2017 yilda 336
mingdan ziyod yangi ish o„rinlari tashkil etilgan. Xodimlarni ishga
joylashtirishda Respublika Mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa
mutasaddi tashkilotlar tomonidan bo„sh ish o„rinlari yarmarkasi,
televideniye, radio va OAVda beriladigan reklamalarning o„rni
kattadir.
Statistik ma‟lumotlarga qaraganda 2016-yilda 13298,4 ming
kishi ish bilan band bo‟lgan. Ularning katta qismi yani 81% ko‟prog‟i
nodavlat sektorida foliyat yurituvchi subyektlarda ishlaydi. Ish bilan
band bo‟lganlardan sanoat tarmoqlarida, qurilish va transportda-
erkaklar ko‟p ishlaydi; ta‟lim , madaniyat, sanat, sog‟liqni saqlash,
savdo va umumiy ovqatlanishda- ayollar ko‟proq ishlar ekan.
2016-yilda ish bilan band bo‟lganlardan ma‟lumoti 2015 yil
bo‟yicha :
Oliy ma‟lumotliylar – 34,3%
O‟rta maxsus ma‟lumotliylar-44,7%
O‟rta va to‟liqsiz o‟rta ma‟lumotliylar – 21.0%
Hozirgi paytda 1500 ko‟proq kasb-hunar muassasalari foliyat
yritayotgan bo‟lib, ularda yoshlar xalq xo‟jaligining turliy tarmoqlariga
mutaxassislar tayorlab bermoqdalar. Demak, bundan keying yillarda
o‟rta maxsus ma‟lumotlilar hissasi o‟rta va to‟liqsiz o‟rta ma‟lumotlilar
hisobiga oshib boradi.
O„zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga asosan ishga va
ish haqqiga ega bo„lmagan, ish qidiruvchi sifatida mehnat birjasida
ro„yxatga olinganlar, hamda mehnat qilishga yoki kasbiy qayta
tayyorlanishga tayyor bo„lgan mehnat qilish yoshidagi (16 yoshdan to
nafaqa yoshigacha) mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deyiladi.
Ishsizlik turli sabablar oqibatida vujudga keladi va ularni quyidagi
turlarga bo„ladi:
Friksion ishsizlik;
Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlik;
Davriy ishsizlik.
Ishsizlik turlari
Friksion
ishsizlik
Tarkibiy
ishsizlik
Davriy
ishsizlik
Friksion ishsizlarga ish yoki turar joylarini o„zgartiruvchi, mavsumiy
ishlar tugallanmaganligi sababli, o„quv yurtlarini birtirganligi sababli
ish qidirib yurgan ishsizlar kiradi. Tarkibiy (strukturaviy) ishsizlar
ishlab chiqarish tarkibi yoki uning texnologiyasi tubdan o„zgarib,
kasblarning ayrim turlariga talab kamayganligi sababli kelib chiqadi.
Bozor munosabatlari raqobatda sinmaslik uchun yangi texnika va
texnologiyalarni joriy qilishni taqazo etadi. O„z nabatida Fan va
texnikaning juda tez taraqqiy etishi, yangi kasb, mutaxassislarni talab
qiladi. Demak, yangi texnikalarda yoki yangi texnologiya bo„yicha
ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash kerak. Bu esa birmuncha vaqtni
talab qiladi.
Davriy (siklik) ishsizlik – ishsizlikning bu turi iqtisodiyotning inqiroz
siklida paydo bo„ladi va yuksalish davrida yo„qoladi. Shuning uchun
bunday ishsizlikni davriy (siklik) ishsizlik deyiladi.
Ma‟lumki, mamlakatlarda iqtisodiyotning inqiroz davrida ko„pgina
korxonalar yopiladi (faoliyatini), ishchilar ko„chaga haydaladi. Ishsizlar
sonini hisobga olish joylarda tashkil etilgan mehnat birjalari tomonidan
amalga oshiriladi. Ular ishsizlarni bo„sh o„rinlarga joylashtirish, zarur
bo„lsa yangi kasbga qayta o„qitish, statistikada aholining bandlik va
ishsizlik koeffitsientlari o„rganiladi. Mehnat resurslarining bandlik
koeffitsienti (MRBK) ish bilan band bo„lgan aholi sonini (IB) iqtisodiy
faol aholi soniga (IFA) bo„lib topiladi.
MB 17 BET
Do'stlaringiz bilan baham: |