kuch termoetektr yurituvchi kuch (TEYuK) deyiladi. TEYuK hosil bo`lishining
sababi erkin elektronlar zichligiko`proq metallning
erkin elektronlar zichligi
kamroq metallga diffuziyasi bilan izohlanadi. SHu paytda ikki xil metallning
birikish joyida paydo bo`ladigan elektr maydon diffuziyaga qarshilik ko`rsatadi.
Elektronlarning diffuzion o`tish tezligi elektr maydon ta`sirida ularning qayta
o`tish tezligiga teng bo`lganda harakatli muvozanat holati qaror topadi. Bu
muvozanatda
A va B
metallar orasida potensiallar ayirmasi paydo bo`ladi.
Elektronlar
diffuziyasining
jadalligi
o`tkazgichlar
birikkan
joyning
temperaturasiga ham bog`lik bo`lgani sababli birinchi
va ikkinchi ulanmalarda
hosil bo`lgan EYuK ham turlicha bo`ladi.
Temperaturani o`lchashga oid alohida masalalarni echish uchun termoelektr
termometrlarni o`lchash asbobi bilan ulashning turli usullari qo`llaniladi (2.5-
rasm).
2.5-rasmda termoelektr termometrii o`lchash asbobiga ulash sxemasi
ko`rsatilgan. Termometr komplektiga termopara 1 ulash simi 2 va o`lchov
asbobi
3 kiradi.
Termoelektr termometrni o`zgartish koeffisientinn orttirish uchun bir necha
termoparalarni (termobatareyalarni) ketma ket ulashdan foydalaniladi (2.5-rasm,
b
). Bunda termoparalar hosil qiladigan termo EYuK qo`shiladi, ya`ni
n
ta
termoparadan tuzilgan termobatareyalar termo EYuK i alohida olingan termopara
termo EYuK idan katta. Bunday ulashdan kam farq qiluvchi ish temperaturasi
𝑡
ni va erkin uchlari
𝑡
0
ni o`lchashda foydalaniladi.
Ikki nuqta orasidagi temperatura farqini o`lchash uchun differensial
termoelektr termometr qo`llaniladi. U ikkita qarama-qarshi
ulangan bir xil
termometrdan tuzilgan (2.5- rasm,
v).
Agar temperaturalari farqi o`lchanayotgan
nuqtalarning temperaturasi o`zaro teng bo`lsa, unda o`sha nuqtalarda
2.5- rasm. Termoelektr zanjirlar: a - termometrni o`lchov asbobiga ulash; b-
termobatareya; v - differensial termometr.
Termometr hosil qiladigan TEYuK lar ham teng bo`ladi. Bunday holda
termometrdagi zanjir toki nolga teng bo`ladi, chunki qarama-qarshi ulanganda bir
termoparaning TEYuKi boshqa termoparaning TEYuKi bilan kompensasiya
qilinadi va o`lchov asbobi nolni ko`rsatadi. Agar
𝑡
1
va
𝑡
2
temperaturalar turlicha
bo`lsa, u holda qaysi temperatura yuqori bo`lishiga qarab, temperaturalar farqiga
proporsional bo`lgan zanjir toki biror yo`nalishda oqadi, buni o`lchov asbobi
ko`rsatadi.
Termoelektr materiallar va termoelektr o`zgartkichlar
Turli o`gkazgichlarning ixtiyoriy jufti termoelektr o`zgartkichni tashkil
etishi mumkin, ammo har bir juftlik ham amalda qo`llanishga yarayvermaydi.
Zamonaviy o`lchash texnikasi termoelektr o`tkazgichlar tayyorlanadigan
materiallarga ko`pdan-ko`p talablar qo`yadi, ammo bu talablarni juda kam sonli
matershllargina kondiradi. Asosiy talablar quyidagilardan iborat:
yuqori
temperaturalar ta`siriga chidamlilik, TEYuK ning vaqt bo`yicha o`zgarmasligi,
uning iloji boricha katta qiymatga ega bo`lishi va temperaguraga bir qiymatli
bog`liqligi, qarshilik temperatura koeffisientining katta bo`lmasligi va katta elektr
o`tkazuvchanlik.
Barcha materiallar va qotishmalar uchun
TEYuK ning temperaturaga
funksional bog`liqligi murakkab bo`lib, uni analitik ifodalash ancha qiyin.
Platinorodiy-platina jufti bundan istisnodir. Bu juftlik uchun TEYuK bilan
temperatura orasidagi bog`lanish
300°
dan
1300°𝐶
gacha bo`lgan oraliqda sovuq
ulanma temperaturasi
0°𝐶
bo`lganda etarlicha aniqlikda parabolaga mos keladi:
𝐸 (𝑡, 𝑡
0
) = 𝑎 + 𝑏𝑡 + 𝑐𝑡
2
,
(2.4)
bunda a, b va s surma (630,5°C), kumush (960,8°C) va oltin (1063,0°C)
larning qotish temperagurasi bo`yicha aniqlanadigan doimiylar.
Metall termoelektrodli termoelektr termometrlarning quyidagi turlari
qo`llanadi. Ularning xarakteristikalari 2.2-jadvalda keltirilgan.
Xromel-kopelli
(56% 𝑆𝑢 + 44% 𝑁𝑖)
termoelektr
termometrlar standart
termometrlar orasida eng katta o`zgartish koeffisientiga ega (70 — 90 mkV/°C).
Termoelektrod diametri 1 mm dan kam bo`lgan termometrlar uchun chegaraviy
qo`llanish davri 600°C dan kam va, masalan, diametri 0,2…0,3mm bo`lgan
termoelektrodlar uchun faqat 400°C ni tashkil etadi. Yuqorigi o`lchash chegarasi
kopelli elektrodlar xarakteristikalarining barqarorligiga bog`liq.
2.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: