Qidir Umarxon Qoʻqon xoni (1810–1822) Umarxon



Download 69,89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.03.2022
Hajmi69,89 Kb.
#522028
Bog'liq
Umarxon - Vikipediya (1)



Qidir
Umarxon
Qoʻqon xoni (1810–1822)
Umarxon, Amir Umarxon, Amiriy (1787 – 
Qoʻqon
 – 1822) – 
Qoʻqon xoni
(1810–1822),
oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub, zullisonayn shoir. 
Norboʻtabiyning
oʻgʻli. Oʻzbeklarning
ming urugʻidan. Boshlangʻich savodini oilada chiqarib, keyin madrasada tahsil olgan.
Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi – Qoʻqon xoni 
Olimxonning
davlatni
boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. Olimxon 1807–1808-yillarda unga 
Fargʻona
hokimligini topshirgan. Shu yillarda u 
Andijon
hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlaroyim
(
Nodira
)ga uylangan. Umarxon vafotidan soʻng taxtga oʻgʻli 
Muhammad Ali-xon
 chiqdi.
[1]
Hokim tabaqalar Olimxonning Toshkentda koʻtarilgan gʻalayonni bostirish uchun qoʻshin
tortganligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar va 1810-yil Umarxonni xon qilib koʻtaradilar,
Olimxon esa oʻldiriladi. Umarxon 
Qoʻqon xonligi
hududini kengaytirish, hokimiyatni
mustahkamlash siyosatini olib boradi. Buxoro amiriga qarashli Turkiston shahar (1815),
Oʻratepani
 (1817) bosib olgan. 
Sirdaryo
boʻyidagi yerlarda Yangiqoʻrgʻon, Julek,
Qamishqoʻrgʻon, Oqmachit, Qoʻshqoʻrgʻon nomli harbiy istehkomlar qurdirgan. Ular 
Oʻrta
Osiyoni
 
Rossiya
 bilan bogʻlaydigan muhim savdo yoʻlida joylashgan edi. U Rossiya bilan
diplomatik munosabatlar oʻrnatishga harakat qilgan. Umarxon davrida 
Qoʻqon

Toshkent
,
Turkiston

Chimkent

Sayram
, Avliyootada masjid va madrasalar qurilib, qabristonlar tartibga
keltirilgan. Shahrixon shaharchasi barpo etilgan, yangi qishloqlar vujudga kelgan. Xon
amaldorlarining talonchilik siyosatiga qarshi Chimkent va Sayramda koʻtarilgan qoʻzgʻolon
bostirilgan. XX asrning birinchi yarmida Qoʻqonda oʻziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga
kelgan – uning boshida turgan maʼrifatparvar hukmdor Umarxon ilm, madaniyat, sanʼat,
Taxtga oʻtirishi


adabiyot, turli kasb-hunarlarning rivojiga katta eʼtibor bergan, madrasalarda oʻqish-oʻqitish
ishlarini yaxshilagan, turli hunar maktablari ochilishini qoʻllab-quvvatlagan.
Umarxon Amiriy taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yigʻilgan.
1821-yilda 
Fazliy Namangoniy
Umarxon amriga binoan, 63 shoirning sheʼrini oʻz ichiga olgan
„Majmuai shoiron“
 toʻplamini tuzgan. Uni ulugʻlab qasidalar yozish, gʻazallariga tatabbuʼlar
bogʻlash bu shoirlar ijodida yetakchi oʻrin tutgan.
Umarxon 
Lutfiy

Jomiy
, Navoiy, 
Fuzuliy

Bedilni
oʻziga ustoz sanab, ulardan ijod sirlarini
oʻrgangan, ularga ergashib ijod qilgan, gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Aruzning turkiy
adabiyotda mashhur, xalq ijodida ham keng tarqalgan yengil va oʻynoqi vaznlaridagina
yozilgan bu sheʼrlarning barchasi ishq-u muhabbat mavzuida. Ularda anʼanaviy motivlar va
tasavvufiy ruh ustun. 
Oʻzbek
va 
fors-tojik
tilidagi sheʼrlarini toʻplab, devon tartib bergan. Devon
gʻazal, muxammas, musaddas, tuyuq janrlaridagi 10 ming misradan ortiq sheʼrni oʻz ichiga
olgan. 
„Devon“ida
 
Navoiy
anʼanalarini davom ettirgan, sheʼriyatning 12 janrida qalam
tebratgan. 
Gʻazallarida
dunyoviy ishq tavsifi bilan bir qatorda soʻfiyona talqindagi gʻoyalar
ham mavjud. 
„Devon“ning
qoʻlyozma va bosma nashrlari 
OʻR FA ShIda
3642, 4419, 90, 9993,
5065, 7489 II, 9917, 6745 I, 6672, 1880, 177, 98 III, 9765, 44, 4727 va Adabiyot muzeyida 99,
153 raqamlari ostida saqlanadi.
Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyining matnshunoslik va yozma
yodgorliklarni nashr etish boʻlimining ilmiy xodimlari tomonidan Umarxonning turli davrlarda
koʻchirilgan 26 ta qoʻlyozma devoni hisobga olinib, ularning ilmiy tavsifi berilgan. Bu
qoʻlyozmalar 
Sankt-Peterburg

Toshkent

Samarqand
va 
Buxoro
kutubxonalarida saqlanadi.
Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida Umarxonning 17 ta qoʻlyozma
devoni mavjud. Bundan tashqari, litografik usulda chop etilgan devonlari va shoir sheʼrlaridan
namunalar berilgan bayozlar bor.
Oʻzbek adabiyotshunosligida Amir Umarxon ijodi 
Fitrat

Vadud Mahmud
, P. Qayumiy, A.
Qayumov, M. Qodirova, A. Madaminov, H. Boltaboev tomonidan oʻrganilgan, asarlari eʼlon
etilgan. 
OʻzME
 da tadqiqotchilar Z.Qobilova, M.Yuldasheva shoir hayoti va ijodi yuzasidan
ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Ijodi
Shoir ijodiga nazar
Adabiyot


Qayumov A. "Qoʻqon adabiy muhiti" T., 1961; Ibrat "Fargʻona tarixi" T., 1991;
Mulla Olim Mahmud Hoji "Tarixi Turkiston" Qarshi 1992;
Qayumov A. "Tazkirai Qayumiy"1jild T., 1998; Homidiy H., "Koʻhna Sharq dargʻalari" T., 1999;
Bobobekov H." Qoʻqon tarixi" T., 1996;
Dilshod Barno "Tarixi muhojiron" T., 1994; Nodira Komila, Devon, 2001.
H.Boltaboev." Amir Umarxonning maktubi". 
„Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“
, 1997. 11-
oktabr;
Poʻlatxon Qayumiy. "Tazkirai Qayumiy". -T.: 2000.
Amiriy. Devon. (Nashrga tayyorlovchi M.Qodirova). T.: Fan, 1972.
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Umarxon&oldid=2508006
" dan 
olindi 
Nashr qilingan asarlari
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 17 kunlar avval
 
Iroda Ikromovna
 tomonidan amalga oshirildi

Download 69,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish