B. S. Abdullaeva tdpu ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/314
Sana31.03.2022
Hajmi5,22 Mb.
#521992
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   314
Bog'liq
2928-Текст статьи-7932-1-10-20200909

֍ 

 ֍ 
– 
֍
 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA 
QO‘YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR VA ULARNI AMALGA
OSHIRISH YO‘LLARI 
Kadirova F.R. 
MTMRMQTMOI, professor 
Fayzullaeva M.Z. 
MTMRMQTMOI, katta o‘qituvchi 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning nutqini rivojlantirish markaziy o‘rinni 
egallashi kerak. Zero, bola nutq orqali boshqa odamlar bilan muloqot qiladi, tabiatni, atrof-olamni 
o‘rganadi, o‘z fikrlari va istaklarini bildiradi. Nutqning rivojlanishi ikki yo‘nalishda amalga 
oshiriladi: birinchisida bola yaqinlari va boshqa odamlarning nutqini tushunishga o‘rganadi, 
ikkinchisida, uni takrorlash ko‘nikmasi shakllanadi. Tarbiyachi, uning yordamchisi va boshqa 
pedagoglarning (psixolog, defektolog va b.) barcha sa’y-harakatlari bolani o‘z his-tuyg‘ulari, 
taassurotlarini aniq, yorqin va obrazli ifodalashga, o‘z fikrlarini erkin ayta olishga o‘rgatishga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun unga ona tilidagi savodli, ifodali og‘zaki nutqni 
egallashga yordam ko‘rsatish zarur. 
Hozirgi davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nuqtini rivojlantirish bo‘yicha 
vazifalar quyidagilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur: lug‘at ishi, fonematik eshitish qobiliyatini 
rivojlantirish va nutqning tovush madaniyatini shakllantirish. Shuningdek, nutqning grammatik 
tuzilishi, bog‘langan nutqni rivojlantirish, savodni o‘rganishga tayyorlash vazifalari ham ko‘zda 
tutiladi. Tarbiyalanuvchilarni bolalar adabiyotining turli janrlari bilan tanishtirishga; ularda ertak 
va hikoyalar orqali ijodiy nutqni rivojlantirishga katta e’tibor qaratish lozim. Ushbu vazifalarning 
amalga oshirilishi nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlarida va “Til va nutq” markazida izchillik bilan, 
qadam ba qadam amalga oshiriladi. Kun tartibi davomida berilgan material mustahkamlanib, 
faollashtirilishi nazarda tutiladi. Chunki nutqni rivojlantirish – bu tizimli ish bo‘lib, bolaga 


125 
kundalik hayotda so‘z boyligini to‘plash va muloqot qilish tajribasini orttirishga xizmat qiladi. 
Nutqni rivojlantirish – bu har bir yosh davri va bolaning individual xususiyatlarini hisobga olib, 
amalga oshiriladigan nihoyatda keng soha. U bolaning umumiy rivojlanishi ko‘rsatkichi, uning 
barcha yutuqlari va muammolarini aks ettiradigan ko‘zgusidir. Masalan, qator she’rlarni yoki 
she’riy parchalarni yoddan biluvchi bolalar ko‘p uchraydi. Ammo yuzaga kelgan har qanday 
muammoli vaziyat, ularni qiyin ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Ya’ni ularda qobiliyatlarini va 
nutqini rivojlantirish uchun asos, zamin yo‘q. Shuningdek, ularda chiroyli ijodiy va ifodali til 
mavjud emas. Shu sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida asosiy e’tibor she’rlar matnini 
mexanik tarzda yodlab olishga emas, balki yaxshi rivojlangan og‘zaki nutqqa qaratilishi darkor. 
Boshqacha aytganda, u ifodali, chiroyli, to‘g‘ri (ya’ni, xatosiz) bo‘lishi ayni muddaodir. 
Hozirgi paytda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola nuqtini rivojlantirishda quyidagi 
savollarga: nimani o‘rgatish kerak; qanday o‘rgatish kerak; nima uchun aynan shunday o‘rgatish 
kerak degan savollarga javob beruvchi nutq o‘stirish metodikasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim. 
Eng avvalo, har qanday uslubiyot maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning 
yoshga oid xususiyatlarini hisobga olishi va ularga nutqning ko‘p tomonlama yo‘nalishlarini 
egallashda yordam berishi kerak. Bu ishni maqsadli va kompleks tarzda amalga oshirish lozim, 
toki bola so‘zlar, iboralar, gaplarni to‘g‘ri eshitsin, tushunsin va gapirsin. Maktabgacha yoshdagi 
bolalar nuqtini rivojlantirishda asosiy omillardan biri ularning kattalar va tengdoshlari bilan 
kundalik muloqoti hisoblanadi. 
Tarbiyachi va uning yordamchisi shuni yodda tutishi zarurki, bola tomonidan nutqning sifatli 
o‘zlashtirilishiga ehtiyoj va biron narsani bilish, aytib berishga qiziqish hamda o‘ziga va atrofdagi 
odamlarga ta’sir ko‘rsatishga intilish turtki bo‘ladi. Nutq bola faoliyatlarining barcha turlarida: 
o‘yin, kommunikativ, bilish, ijodiy faoliyatlarda qo‘llaniladi. Bolaning kattalar va tengdoshlari 
bilan muloqoti, o‘zi jalb qilingan hayotiy aloqalar va munosabatlar doirasining kengaytirilishi, 
nutqqa oid barcha kuyidagi jihatlarning jadal rivojlanishiga olib keladi: tovush madaniyati 
shakllanadi, lug‘ati boyitiladi va faollashadi, so‘zlarning grammatik qurilishi shakllanadi, 
bog‘langan nutqi rivojlanadi. Nutqning shakli: kontekstga oid va tushuntiruvchi, hamda 
funksiyalari: umumlashtiruvchi, kommunikativ, rejalashtiruvchi va tartibga soluvchi jihatlari 
rivojlanadi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining rivojlanishida asosiy vazifalardan biri uning tovush 
madaniyatini o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Bunda, eng avvalo, fonematik eshitish qobiliyatini 
rivojlantirish, tovush va tovush birikmalarini to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqning ifodaliligi ko‘zda 
tutiladi. Eng asosiy vazifalardan biri, bir xil eshitiladigan tovushlarni farqlashdir. Bolaning 
o‘xshash va farqli tovushlarni tinglashi, so‘ngra ularni talaffuz etishga imkon beradigan eshitish 
apparatini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘xshash tovushlarni alohida, so‘zlar va so‘z 
birikmalarida farqlashga o‘rgatadi. Ayni paytda nutqning quyidagi jihatlariga yo‘naltirilgan izchil 
ishlarni amalga oshirish zarur: nutqqa oid nafas olish, artikulyatsiya apparati, ohang, vazni, sur’ati, 
ovoz tembri, nutqning ifodaliligini rivojlantirish. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun “Nutq 
o‘stirish” mashg‘ulotlarida foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan fonetik o‘yinlardan 
tashqari, “Til va nutq” va “Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” rivojlanish markazlarida 
ushbu ishni puxta o‘ylab chiqish muhimdir. Xususan, syujetli-rolli o‘yinlarni bolalar nuqtining 
ifodaliligiga yo‘naltirish kerak. Masalan: tovushga taqlid qilish, ovozning kuchi va balandligi, 
sur’ati va vazni, to‘xtalish, turli-xil ohanglardan foydalana olish.
Sahnalashtirishga oid o‘yinlarga kelsak, bolalar ularda ertaklardan o‘zlariga tanish bo‘lgan 
syujetlarni ijro etadi yoki yangilarini o‘ylab topadi. Ishtirokchilardan har biri qahramonlarning 
xatti-harakatlarini boshqaradi va nutq yordamida o‘zaro munosabatlarni o‘rnatadi. Bunday 
o‘yinda bola ba’zan aktyor, ba’zan rejisser, ba’zan esa ssenariy muallifiga aylanadi. U 
o‘ynalayotgan voqealarni, his-tuyg‘ularni aytib beradi, olib boruvchi nomidan, ya’ni o‘zining 
ovozi bilan yoki ko‘zda tutilayotgan qahramon nomidan gapiradi. Bunday o‘yinlar orqali bolalar 
nutqi jadal rivojlanadi, lug‘at boyligi ortadi va faollashadi, hayol, xotira, ijodiy qobiliyatlar o‘sadi. 
Bundan tashqari diqqat va tafakkur mustaqilligi rivojlanadi. Bularning barchasi boshqa soha – 


126 
“Bilish jarayonining rivojlanishi”ga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Nutqning rivojlanishi bolaning bilish 
va intellektual o‘sishi bilan bog‘liq, zero, nutq bilan tafakkurning fiziologik manbai bitta – inson 
miyasi. Tafakkur amaliyotlarining rivojlanishi: tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, 
tasniflash va boshqalar nutq bilan bog‘liq. 
Lug‘at ishida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi kerak: lug‘at yangi so‘zlar bilan 
boyitilishi, uning faollashuvi, aniqlashtirilishi, ya’ni, bola vaziyatga muvofiq so‘zlarni o‘rinli 
qo‘llay oladimi. Bu nafaqat miqdor, balki sifat o‘zgarishiga – so‘zlarning ma’nosini tushunishga 
olib keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atini boyitishning tamoyilaridan biri lug‘at ishi 
mazmunini bola tomonidan atrofdagi olamni bilish imkoniyatlari asta-sekin ortib borishi bilan 
bog‘liqligidir. Keyinchalik kattalar ta’sirida gaplarda so‘zlarni bir biriga moslashtirish ko‘nikmasi 
shakllanadi va takomillashadi, ular ona tilining asosiy grammatik shakllarini egallaydi. Bolalar 
so‘z tuzishning xilma xil usullari bilan tanishadi, masalan: qand – qanddonda, tuz – tuzdonda. Bola 
“Nutq o‘stirish” mashg‘ulotlarida hamda “Til va nutq” rivojlanish markazida buyumlarning 
xususiyatlari, sifatlari, qismlarini ajratishni va ularni so‘z bilan ifodalashni o‘rganadi va mashq 
qiladi. Ayni paytda buyumga tegishli xarakatlarni tanlash, buyumlarni turdosh toifalarga 
umumlashtirishni o‘rganadi: o‘yinchoqlar, kiyim, idish, mebel, sabzavotlar, mevalar va h.z. 
Zarur vazifalardan biri so‘zlarni antonimlar va sinonimlardan foydalangan holda boyitishdir. 
Masalan, o‘lchamni anglatuvchi so‘zlar: keng – tor, baland – past, uzun – qisqa, katta – kichkina. 
Yoki sinonimlar: chiroyli – go‘zal – yaxshi – ajoyib – yoqimli va b. Bola so‘zdan foydalanish 
orqali ona tilini o‘zlashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nuqtining rivojlanishida ular tomonidan monologik nutqning 
o‘zlashtirilishi muhim o‘rin tutadi. So‘z tuzish usullarining asta-sekin o‘zlashtirilishi, so‘z 
ijodkorligi kuzatiladi. Badiiy adabiyotga katta e’tibor qaratish lozim, uning yordamida bolalarda 
adabiy tilni eshitish ko‘nikmasi shakllanadi va bog‘langan nutq rivojlanadi. Hikoyani qayta aytib 
berishni to‘g‘ri tashkil qilish nutqqa oid ko‘nikmalar ustida ishlashda beqiyos yordam ko‘rsatadi. 
Ushbu ko‘nikmani shakllantirish lug‘atni boyitish, to‘g‘ri talaffuzni takomillashtirish, gap tuzish 
me’yorlarini o‘zlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, bolada shaxsning ijobiy 
xususiyatlari: ezgulik, mehribonlik, e’tiborlilik, mehnatsevarlik va boshqalar tarbiyalanadi.
Badiiy asarlarni qayta aytib berish – bu bolalar nuqini namuna asosida rivojlantirish vositasi 
bo‘lib, uning mohiyati eshitilgan matnni bog‘langan tarzda bayon qilishdan iborat. Monologik 
nutqning ushbu shaklida tayyor mualliflik syujetlari va tayyor nutq shakllari, usullaridan 
foydalaniladi, shu sababli u hikoya aytib berishga nisbatan osonroq usul hisoblanadi. Qayta aytib 
berishga mo‘ljallangan badiiy matn maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqi rivojlanishida katta 
ahamiyatga ega. Quyidagi talablarga rioya qilingan holda bunga erishish mumkin: bolalarga qulay 
va tushunarli bo‘lgan mazmun; janrlarning xilma xilligi; kichik hajm; sodda va savodli til. Qayta 
aytib berish maqsadida tarbiyalanuvchilar uchun odatdagi bo‘lgan vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, 
yoki ularning hayolini faollashtirishi va his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 
matnlarni tanlash maqsadga muvofiq. Shuning uchun, biz o‘qiydigan va qayta hikoya qilib berish 
taklif qilinadigan badiiy asarlarning tili, ular uchun namuna bo‘lishi lozim. Ular namunaga ko‘ra 
sodda va murakkab jumlalarni tuzishni, so‘ngra izchillik bilan va ifodali ravishda ertaklar, 
hikoyalarni qayta aytib berishni o‘rganadi. Bunga tayangani holda bolalar u yoki bu buyum, 
syujetli rasm mazmunini aytib berishga, rasmlar asosida asta-sekin rivojlanib boradigan voqea 
xaqida hikoyani tuzishga o‘rganadi. Ularda shaxsiy tajriba asosida voqealar to‘g‘risidagi 
hikoyalarni tuzish, tanish ertaklarga o‘z yakunlarini o‘ylab topish ko‘nikmasi rivojlanadi. Shu 
asosda bolalarda tarbiyachi yoki boshqa katta yoshli odamlar tomonidan taklif qilingan mavzu 
asosida ijodiy tusdagi kichik hikoyalarni tuzish ko‘nikmasi shakllanadi. 
Xulosa qilib aytganda, nutq maktabgacha yoshdagi bola shaxsini, uning nutqiy muloqot va 
xatti-harakat madaniyatini o‘zlashtirish bo‘yicha layoqatlarini rivojlantirishning muhim sharti 
hisoblanadi. 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish