418
ta’lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari” kabi qator davlat hujjatlari qabul qilindi. Ta’lim
jarayonini tubdan isloh etishda bolalarga ta’lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl, metod
va uslublari, shuningdek, maktabgacha pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari
qamrab olinmoqda. Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi asosida farzandlar
tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-
onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi.
“O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bola
maktabgacha ta’limni oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida oladi.
Maktabgacha ta’lim esa o‘z navbatida quyidagi vazifalarni ko‘zda tutgan holda ish olib
boradi:
Bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
Bola shaxsi
asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
Bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
Bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
Bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
Bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etish, Respublika ta’lim
tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash maktabgacha ta’lim
muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy
mahoratlariga ham bog‘liqdir. Hozirga qadar maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogining kasbiy
faoliyati pedagog vva psixologlarning tadqiqot predmeti bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotlar natijalari
maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachi-pedagogining o‘ziga xosliklari, yaratuvchanlik,
insonparvarlik, ijodiylik, jamoada ishlay olishi kabilarda yorqin namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishida tayanch vazifani tarbiyachining qo‘yilgan
talablarga qanchalik darajada javob bera olishi belgilaydi. Maktabgacha ta’lim
muassasi
tarbiyachisi, eng avvalo, bolaning kelajagi, taqdiri uchun yuksak ma’suliyatni to‘la anglab yetishi
lozim. Faqatgina maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishini muhim qadriyat ekanligini
tushunibgina qolmasdan, balki bolaning rivojlanish qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallab
borishi lozim. Ana shunday qonuniyatlardan biri bolaning jismoniy va psixik rivojlanishining uni
o‘rab turgan atrof-muhit bilan bog‘liqligidir. Mazkur qonuniyat o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim
muassacasi tarbiyachisining quyidagi 2 ta muhim funksiyasini belgilib beradi:
-
bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratish;
-
ularning hayotiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash.
Zamonaviy tarbiyachi psixologik-pedagogik, sotsiologik tadqiqotlarga tayangan xolda, bola
shaxsini mukammal rivojlanishi uchun oilaning roli nihoyatda katta ekanligini anglab yetadi.
Tarbiyachi ota-onalarning pedagogik madaniyatini muntazam oshirib borishi, bolalar tarbiyasida
uchraydigan muammolarni bartaraf etishi, ular bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi,
mazkur
jarayonda ijtimoiy yordamga muxtojlik sezuvchi oilalar bilan alohida ish olib borishi maqsadga
muvofiqdir. Tarbiyachining oilalarga ko‘rsatadigan ijtimoy yordami uch asosiy xususiyatga
egadir: 1)
ta’limiy
– ta’lim berish va tarbiyalash; 2)
psixologik
– ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash,
ruhiy zo‘riqishlardan himoya qilish; 3)
vositachilik
– tashkil etish, ta’lim va tarbiyada yuzaga
keluvchi muammolarni oldini olish va bartaraf etish orqali bola xulq-atvoridagi og‘ishlarni yoki
fiziologik nuqsonlarni bartaraf etish hamda zurur axborotlar bilan ta’minash. Ana shu asosdan
kelib chiqqan xolda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining quyidagi kasbiy
funksiyalarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin.
1)
Ota-onalarning ma’rifiy bilimlarini oshirishda ishtirok etish;
2)
Oila va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyaviy ta’sirini boshqarish.
Shuningdek, tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi
uchun maxsus tayyorgarlik
ko‘rishi kerak. Xususan, quyidagi shartlarga amal qilish lozim:
Tarbiyachi yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli bo‘lishi, kasbiy bilimlarni
puxta egallab, zarur adabiyotlarni tanlay olishi, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or
419
tajribali pedagoglarning ish tajribalarini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan shaxs bo‘lishi;
Tarbiyachi kuzatuvchanlik qobilyatini yaxshi egallagan, bolalarni xulq-atvori, hatti-
haraktalarini
tahlil etib, bolaga ijobiy ta’sir etuvchi voitalarni topa oladigan bo‘lishi;
Tarbiyachining eng avvalo, nutqi aniq, ravon, mantiqiy ixcham va tushunarli bo‘lishi
kerak. Shuningdek, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalana olishi lozim.
Tarbiya jarayonida ta’limning interfaol o‘yinlaridan samarali foydalana olishi;
O‘tkaziladigan mashg‘ulot uchun zarur materiallarni tayyorlab qo‘yishi, o‘rganilyotgan
materiallarni tarbiyalanuvchilarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlariga mos bo‘lishini ta’minlashi;
Kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishlarini muntazam tahlil qilib borishi va uni
takomillashtirish yo‘llarini izlab topishi;
Tarbiyachi muntazam ravishda ota-onalar bilan individual va jamoaviy suhbatlar,
uchrashuvlar o‘tkazishi, ularni bolalarni tarbiyalashga doir zamonaviy uslublar bilan tanishtirib
borishi lozim.
“Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasiga asoslangan xolda zamonaviy tarbiyachilar kasbiy
kompetentligining 3 asosiy aspektini ajratishimiz mumkin:
1. Shaxsiy tayyorgarlik – tarbiyachi shaxsida qaror topishi lozim bo‘lgan sifatlarni o‘zida
aks ettirib, gnostik (bilishga doir) qobiliyatlar, tashkilotchilik qobiliyatlari,
kommunikativ
qobiliyati.
2. Kasbiy tayyorgarlik – pedagogik taktga doir sifatlarga ta’lim-tarbiya berishning yangi,
nostandart shakl, uslub va vositalarini izlashi, tarbiyaviy ish jarayonida yuzaga keladigan
muammolarni hal etishning samarali yo‘llarini tanlay olishi, o‘z faoliyati, o‘quv
jarayonida
bolalarning individual rivojlanishi, innovatsion o‘quv reja va dasturlarni loyihalashtirish va
boshqalar.
3. Refleksiv tayyorgarlik – tarbiyaviy jarayon natijalariga asoslangan xolda tarbiyachining
kelgusi faoliyatini rejalashtirish imkoniyatini berib, uning uch turdagi refleksiv qobiliyatini o‘z
ichiga qamrab oladi: ob’ektni his qilish, o‘lchovni bilish va dahldorlik hissi.
Do'stlaringiz bilan baham: