24
oydinlashtiriladi. Bu tahlilda asarning tuzilishi va tovush berishining tegishli elementlarini kayd
etish bilangina cheklanib kolmay, balki qo‘shiqdagi badiiy obrazlarni yaqqol gavdalantirish uchun
kompozitor foydalangan turli ifoda vositalarining rang-barangligini ham ko‘rsatish kerak.
Musiqa rahbari suhbatni jonli, bevosita fikr almashinuv shaklda olib boradi. Puxta o‘ylab
qo‘yilgan bir qancha savollarni o‘rtaga tashlaydi. Bu savollarga beriladigan javoblarda asar
mazmunining qanday musiqaviy vositalar bilan ifodalanganligi oydinlashtiriladi. Shu bilan birga,
u bolalar diqqatini asarning o‘ziga xos xususiyatlariga jalb etadi va ularni musiqa asarni to‘g‘ri
baholashga asta sekin tayyorlab boradi. Musiqa asarning tinglovchilarga nima uchun shunday
kuchli ta’sir ko‘rsatganligi suhbatlar davomida bolalarga ayon bo‘lib qoladi. Asar tahlilini
musiqaning umumiy xususiyatlaridan boshlab tafsiliy ravishda ayrim bolalarga qarab davom
ettirish va tugallash zarur.
Musiqa rahbari asar haqidagi fikrini va unga beradigan bahosini bolalarga aslo zo‘rma-
zo‘raki holda o‘tkazmasligi lozim. Oqilona o‘tkazilgan suhbat, ma’lum maqsadni ko‘zlab berilgan
aniq savollar, bolalarning ustalik bilan o‘z vaqtida muayyan maqsadga yo‘naltirilgan fikrlari,
musiqa rahbarining suhbat mazmunini ishonarli qilib asosli ravshda yakunlashi musiqani to‘g‘ri
tushunishga yordam beradi va bolalarning to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yo‘l ochadi. Suhbatlarni
bolalarning faol ishtirokida maroqli, zavqli qilib o‘tkazish lozim. Guruhda shunday ijodiy vaziyat
tug‘dirish kerakki, bunda bolalar tinglashgan asarda o‘zlarini nimalar hayajonlantirganligini,
ayniqsa, nimalar ularga yoqib qolganligini tortinmasdan, samimiy ravshda gapiradigan bo‘ladi.
Musiqa rahbarining izohlari juda aniq, qisqa, mantiqiy va konkret bo‘lishi, bularning
hammasi musiqani bevosita idrok yetish bilan albatta mustaxkamlana borishi kerak. Yuqori
guruhlarda musiqa rahbari og‘zaki tushuntirishlarni ancha qisqartirishi mumkin. Chunki, bolalar
ko‘pgina tarixiy va nazariy ma’lumotlarni tushuntirib berishlari mumkin, shu bilan birga, musiqa
rahbari musiqa masalalari yuzasidan bolalarga tushunarli bo‘lgan turli adabiyotni,
kompozitorlarning hayoti va ijodi to‘g‘risidagi bola kutubxonasi seriyasida nashr etilgan ayrim
musiqa asarlari xaqidagi arxivlardagi ma’lumotlar to‘plamini tavsiya qilishi kerak. Bu adabiyot
bolalarning faolligi va mustaqil fikrlashini kuchaytirib borishga yordam beradi.
Bolalarga bastakor va kompozitorlarning musiqa asarlari to‘g‘risida qo‘shimcha
ma’lumotlardan olingan eng muhim va qiziqarli ma’lumotlarni tushuntirib berishlari tavsiya etish
yanada foydali bo‘ladi. Musiqa rahbari keyingi darslarda asarni qayta ijro etishda shu asar haqidagi
ma’lumotlar doirasini asta-sekin kengaytiradi. Yangi tavsilotlarni bayon qiladi. Asar tuzilishining
boshqa xususiyatlariga diqqatni jalb etadi. Asarning ko‘p marta takrorlanish uning yaxshiroq xis
etishga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: