„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


“Ommaviy madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
3. “Ommaviy madaniyat”ning oqibatlariga nisbatan immunitetni shakllantirishning 
zaruriyati. 
Globallashuv ―ommaviy madaniyat‖ni yoymoqda. U o‗zbeklarning tafakkuriga, 
musiqasiga, didiga, kiyinishiga, menyu, imorat qurish, o‗zaro muomala, oilasiga, oilaviy 
munosabatlariga, hatto orzulariga ham chang solmoqda.


―Ommaviy madaniyat‖ globallashuv davrining maxsuli bo‗lgan OAVning yangi 
ko‗rinishlari ta‘sirida dunyo mamlakatlarining barchasiga ―zamonaviy madaniyat‖ sifatida kirib 
bordi. U XX asr o‗rtalarida ommaviy muloqot va axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur 
kirib borishi va barcha ijtimoiy guruhlar uchun yetarli bo‗lishi natijasida shakllangan va 
mohiyatan barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo‗lgan madaniyat namunalari (ommaviy 
estrada musiqasi, sirk va h.k.) qadriyatlaridir. ―Ommaviy madaniyat‖ning keskin rivoji XX 
asrning o‗rtalariga to‗g‗ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va hujumkorlik bilan 
tarqala boshladi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‗p nusxali 
gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi – globallashuv 
jarayoni bunga sabab bo‗ldi. 
Chunki globallashuv davrida har qanday jarayon dunyoning u chetidan bu chetiga tez 
sur‘atlar bilan ko‗chib o‗tishini inkor eta olmaymiz. Eng umumiy ma‘noda, globallashuv 
muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzini qamrab olganini 
hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanini anglatadi. Globallashuv jarayonining 
hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sababi esa, Prezidentimiz qayd 
etganlaridek, bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq 
qo‗shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan chambarchas bog‗lanib 
borayotganidadir. Biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib 
kelmaydi. Bu borada hind xalqining davlat arbobi Maxatma Gandiga ―Globallashuv jarayoniga 
qanday qaraysiz?‖ degan savolni berishganda, u shunday ma‘noda javob bergan ekan: ―Men 
tashqaridagi bo‗rondan qo‗rqib, derazamni yopib qo‗ya olmayman, chunki menga toza havo ham 
kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan, deb derazamni katta ochib ham qo‗ya olmayman, 
chunki uyimni chang-to‗zon bosib ketishini ham xohlamayman‖. Demak, biz o‗sha kirib 
kelayotgan vositalarga filtr o‗rnatishimiz kerak, xolos. 
Globallashuv jarayonining yana bir o‗ziga xos jihati uning mafkuraviy ta‘sir o‗tkazish 
ko‗lamini haddan ziyod kengaytirib, beqiyos darajada tezlatib yuborganida ham 
ko‗rinadi. ―Mana shunday vaziyatda, – deb yozadi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, –
odam o‗z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‗tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‗lom 
negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‗lmasa, har turli ma‘naviy 
tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‗rinishdagi ta‘siriga bardosh berishi 
amrimahol‖. 
Shunday ekan, biz ham ommaviy madaniyat bilan ―ommaviy madaniyat‖ning farqiga 
borishimiz hamda ―ommaviy madaniyat‖ning ayanchli oqibatlarining oldini olish uchun 
kurashishimiz lozim. Buning ayanchli oqibatlari esa ma‘lum: axloqiy buzuqlik va zo‗ravonlik, 
individualizm, egotsentrizm g‗oyalarining keng tarqalishi.
―Ommaviy madaniyat‖ning maqsadi nima? Xizmat yuzasidan mamlakatimizning turli 
hududlaridagi har xil soha vakillari, jumladan, ziyolilari bilan suhbatda bo‗lamiz. Ana shunday 
suhbatlarda ―Ommaviy madaniyat‖ nima? degan savolga hatto aksariyat ziyolilar ham ijobiy 
hodisa sifatida tasnif berishadi. Albatta, tushunish mumkin og‗zaki nutqda qo‗shtirnoqqa olib 
gapirib bo‗lmaydi. Balki shuning uchun ular adashtirishayotgandir, deb o‗zimizga taskin berdik 
dastlabki so‗rovlar vaqtida. Lekin keyinchalik bu savolni yozma shaklda, ya‘ni aynan 
qo‗shtirnoqqa olingan holda berganimizda ham natija o‗zgarmadi. Demak, bu tushunchaning 
salbiy ekanligini xalq orasida targ‗ib qilish va bu bo‗yicha tushuntirish ishlari olib borish bugun 
shu soha vakillarining asosiy vazifalaridan biri ekan. 
―Ommaviy madaniyat‖ o‗z ma‘nosida emas, balki ko‗chma ma‘noda ishlatilmoqda. 
Chunki u qo‗shtirnoqqa olingan. Bu tushuncha haqida ko‗plab olimlarimiz ta‘rif berishdi. Biz 
ham o‗z tadqiqotlarimiz tahlilidan kelib chiqib, quyidagicha ta‘rif tuzdik: 
Ma‘lum bo‗lishicha, ―ommaviy madaniyat‖ asosan zamonamiz vakillarining yangi-yangi 
―moda‖lari asosida boyib boradi. Go‗yoki kim o‗sha ―moda‖ga amal qilsa, u madaniyatli deb 
topiladi. Hamma ommaviy ravishda ana shu moda asosida yashashi kerak bo‗ladi. Aks holda u 
zamondan orqada qolgan – madaniyatsiz deb hisoblanadi. Chunki u bugunning modasini 
bilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ―ommaviy madaniyat‖ bu – ommaviy 


―moda‖ niyat, ya‘ni yangicha modani niyat qilish, unga erishish va uni ommaviylashtirish 
demakdir. Moda esa kimningdir foydasini ko‗zlagan holda ommaviylashtiriladi. Uning natijasida 
esa inson salomatligiga zarar yetadi. 
E‘tibor bering-a, ―ommaviy madaniyat‖ ham ma‘naviy saviyamizni tushirishga harakat 
qilib, o‗zligimizdan ayirishga intilayotir, ham sezdirmagan holda sog‗ligimizga hujum qilayotir. 
Chunki u jismonan nosog‗lom odam kimningdir ―muruvvati‖ga muhtoj bo‗lishini biladi-da.
Bundan tashqari, ko‗rib turganingizdek, ―ommaviy madaniyat‖ axloqsizlikni targ‗ib 
qilmoqda va uni odamlarga madaniyat deb o‗rgatmoqda. Bu zamonaviy ma‘naviy tahdid nafaqat 
axloqiy buzuqlikni, balki zo‗ravonlik, individualizm va egotsentrizmni ham keng 
ommalashishiga xizmat qilmoqda. Chunki ―ommaviy madaniyat‖ ma‘naviy tuban odam 
kimgadir so‗zsiz bo‗ysunishiga ishonadi-da. 
Xullas, ―ommaviy madaniyat‖ning maqsadlaridan biri – odamlarni bir-biriga qarama-
qarshi qo‗yib, bir-birini va shu bilan birga, o‗zini o‗zi o‗ldirishigacha olib borish. Natijada esa 
uning tarqatuvchilari dunyo va undagi boyliklarga yagona hukmron bo‗lib qolishni xohlaydilar. 
Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, ommaviy madaniyatning uchta asosiy 
darajasini ko‗rsatadilar: 
Kitch-madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati) 
Mid-madaniyat (―o‗rtamiyona‖ madaniyat); 
Art-madaniyat (ma‘lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat). 
―Kitch‖ so‗zi nemislarning ―kitschen‖ olmoshidan hosil bo‗lgan va saviyasi past, arzon va 
jo‗n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san‘at durdonalari soyasida paydo 
bo‗ladigan bo‗sh, esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‗oya va syujetlarni 
qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o‗ralashib qolgan qatlamga mo‗ljallangan 
madaniyat asarlarini yaratish. 
Mid-madaniyatning qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an‘anaviy madaniyatning 
ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo‗ljallangan ommaviy madaniyatdir. 
Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an‘anaviy madaniyat standartlariga 
yaqinlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari ba‘zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida turini – 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish