„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo„ljalli harakat sifatida



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

Mafkuraviy faoliyat maqsadli va mo„ljalli harakat sifatida. 
Mafkuraviy faoliyat 
hamisha konkret tarixiy mazmunga, maqsad-muddao-ga ega bo‗ladi. Bu, eng avvalo, inson 
bilimlari, shu jumladan, mafkuraning mazmun-mohiyati haqidagi bilimlarning rivojlan-ganlik 
darajasi bilan belgilanadi. Mafkura tizimidagi bilim-lar to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri, progressiv yoki 
reaksion mazmunga ega bo‗lishi mumkin. Mazkur bilimlar o‗z navbatida ular asosida 
shakllanadigan baholarning to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligiga zamin yara-tadi. Shakllanadigan 
baholarda esa real yoki kutilayotgan hodisa, jarayonlarga mavjud ehtiyojlar, manfaatlardan kelib 
chiqib, o‗ziga xos munosabat ifodalanadi. Bilimlar qanchalik chuqur bo‗lsa, hosil qilingan 
baholarga ishonch shunchalik yuqori bo‗ladi. Shu ma‘noda, baholar — qadriyatlar kishilarda 
ishonch, e‘tiqodning shakllanishiga xizmat qiladi. Ba‘zida erishilgan bilimlar, ularga asoslangan 
baholarning mutlaq to‗g‗riligiga ishonch dogma-tizmga aylanib ketishini, bu mafkuraviy 
turg‗unlikni yuzaga kel-tirishini ham unutmaslik zarur. 
Mafkuraviy faoliyat va g‗oyaviy qarashlar doirasida belgilab olingan maqsadlarni bayon 
etishda istiqbolga, ertangi kunga ishonch tuyg‗usini shakllantirish ham ko‗zlanadi. Albatta, 
bunday ishonch o‗z mohiyatiga ko‗ra, sarob bo‗lishi ham mumkin. Ammo u chuqur ilmiy asos 
va gumanistik mohiyatga ega bo‗lganda hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari bilan 
hamohanglik kasb etganda kishilar xulqi va faoliyatining muhim regulyatori bo‗lib xizmat qiladi. 
Zero, bun-day paytda ishonch kishilar qarashlaridagi barqarorlikni belgi-lovchi xalqa sifatida 
namoyon bo‗ladi. Ayni paytda, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan qiyinchiliklardan 
cho‗chimaslikka, ular-ga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo‗llarini iz-lashga 
xizmat qiladi, shu tufayli xulqdagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta‘minlashga yo‗l 
ochadi. 
Mafkuraviy faoliyat g‗oyaviy qarashlarni tarqatish va unga mos tarbiyani amalga 
oshirishni ham ifodalaydi. Unga ko‗ra, mafkuraviy qarashlarni tarqatish tizimi, mexanizmlari, 
usul va vositalari doimo takomillashib boradi, har bir davrda konk-ret xarakter kasb etadi. 
"Odamzod baxti uchun hamma narsadan voz kechishga o‗rgatadigan ezgu g‗oyalarni kishilarga 
singdirish buyuk san‘atdir", deb yozgan edi fransuz yozuvchisi Stendal. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, mafkuraviy faoliyat g‗oyaviy tarbiyani o‗zga-ruvchan voqelik va ijtimoiy guruhlarga 
xos xususiyatlarni hisobga olgan holda doimiy takomillashtirib borishni anglatadi. 
Shu bilan birga, mafkuraviy faoliyatni tashkil etishda tex-nika va texnologiyalar, targ‗ibot 
va tashviqot olib borish usul-larining rivojlanganlik darajasi ham o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
Xususan, bugungi kundagi va XX asr boshidagi mafkuraviy faoliyat o‗rtasida keskin farq borligi 
shubhasiz. Hozirgi davr-da OAV mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning muhim bo‗g‗i-ni 
hisoblanadi. Yaqin istiqbolda texnika va texnologiya rivoji odamlar ongiga ta‘sir o‗tkazish, ya‘ni 
mafkuraviy faoliyatni tashkil etishning yangidan-yangi mexanizmlarini topishiga ham shubha 


qilmasa bo‗ladi. Ayni paytda, fanlar rivoji mafkuraviy faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish uchun 
zamin yaratgani-ni ham unutmaslik lozim. 
Yuqorida 
qayd 
etilgan 
mulohazalar, 
mafkuraviy 
faoliyatning 
ijtimoiy-tarixiy 
belgilanganini ko‗rsatish barobarida uning o‗zgaruvchan xarakterga ega ekanini ham bildiradi. 
Ijtimoiy ja-rayonlarda mavjud voqea, hodisa, jarayonlar mohiyati, rivojla-nish qonuniyatlarini 
anglab yetmaslik, ularning nazoratdan tash-qarida bo‗lishi va oxir oqibatda kutilmagan 
natijalarni kelti-rib chikarishi bilan xarakterlanuvchi va stixiyalilik deb atali-shi mumkin bo‗lgan 
holatlar ko‗plab kuzatiladi. Mafkuraviy faoliyat ham o‗z mohiyatiga ko‗ra ijtimoiy hodisa 
bo‗lsa-da, unga nis-batan "stixiyalilik" tushunchasini ishlatish birmuncha qiyin. Zero, 
mafkuraviy faoliyat aniq ongli xarakterga ega bo‗ladi. G‗oyaviy qarashlarni tarqatish
mafkuraviy tarbiyani amalga oshirish esa aksariyat hollarda tizimli va tadrijiy tarzda amalga 
oshiriladi. Onglilik deganda, kishilarning ijtimoiy qonuniyatlarni tu-shungan, anglagan va unga 
asoslangan holda o‗z faoliyatini tashkil etishi tushunilishini inobatga oladigan bo‗lsak, bugungi 
kunda mafkuraviy faoliyat tobora ongli va aniq maqsadlarga qaratil-gan holda amalga 
oshirilayotganini qayd qilish zarur. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish