„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: 
aqliy hujum,
 
Charxpalak usuli
,
 BBB texnologiyasi,
 
dialogik yondashuv, muammoli ta‟lim, blits, munozara, klaster, Galereya metodi.

 
1. XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
sabablari. 
XXI asr mafkuraviy munosabatlar o‘ta keskinlashuvi bilan xarakterlanadi. Jahonda ro'y 
berayotgan g'oyaviy jarayonlar, mavjud mafkura shakllari, ularning mohiyati, maqsadlari va 
o'zaro munosabatlari bilan bog'liq holat, xususiyat va faoliyatini yaxlit tarzda aks ettiruvchi 
tushuncha. Bugungi dunyo yaxlitlikni tashkil etsada, undagi mintaqa va davlatlar, millat va 
xalqlar tarixiy shart-sharoit, jo'g'rofiy joylashuvi, geostrategik holatiga ko'ra turli mavqega ega. 
Hozirgi davr – dunyoda g'oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari 
yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo'lib borayotgan davr. Shunday ekan, ularning o'ziga xos 
manfaatlarini ifodalaydigan mafkuraviy ta'sir usullari bo'lishi shubhasiz. Jahon siyosiy xaritasida 
ko'plab davlatlar mavjud bo'lib, ularda turli siyosiy kuchlar, partiyalar, din va diniy oqimlar, 
mazhablar, guruh va qatlamlar faoliyat ko'rsatmoqda. Ular o'zaro farqlanadigan, ba'zan bir-biriga 
zid bo'lgan manfaatlarga ega. Aynan mana shu manfaatlar o'zga xalqlar, turli mintaqalar, 
davlatlarning aholisi yoki ijtimoiy guruhlar ongiga, turmush tarziga ta'sir o'tkazish, ularni 
bo'ysundirish uchun yo'naltirilgan maqsadlarni shakllantiradi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad 
esa muayyan joydagi kishilarga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va diniy qarashlarni singdirish orqali 
o'z manfaatlarini ta'minlashga intilishdir. Bunday ta'sir o'tkazishning tinch yo'li ko'zlangan 
maqsadga olib kelmaganda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashish, mavjud vaziyatni 
ataylab keskinlashtirish, kuch ishlatish yo'li bilan bo'lsa ham, ijtimoiy beqarorlikni yuzaga 
keltirishga harakat qilinadi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasiga nazar tashlansa, 
aksariyat ilg'or davlatlarda umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslangan 
mafkuralar amal qilmoqda. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson va jamiyat kamolotiga xizmat 
qiladigan umuminsoniy g'oyalar ustuvordir. Shu bilan birga, inson ongida yangicha dunyoqarash 
va tafakkur tarzi shakllanayotgan hozirgi davrda muayyan kuchlarning mafkura maydonida 
hukmronlik qilishga, o'z ta'sir doirasini kengaytirishga qaratilgan intilishi kuchayib bormoqda. 
Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va terrorizm, irqchilik va ekstremizm 
mafkurlari shular jumlasidandir. Xususan, turli shakllarda namoyon bo'layotgan terrorchilik 
kuchli moddiy asosga ega bo'lib, mafkuraviy xavfi ortib bormoqda. Bundan tashqari, e'tiqod 
umumiyligiga asoslanish (mas. panislomizm), etnik birlikka urg'u berish (mas. panslavyanizm, 
paneronizm, panturkizm) va yagona ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy makonda yashash natijasida 
yuzaga kelgan bog'liqlik asosida (mas. pansovetizm) yakka mafkuralar hukmronligini ta'minlash 
va shu yo'l bilan jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo'lib olinishga urinishlar ham ko'zga 
tashlanmoqda. Lekin bular bugungi dunyodagi mafkuraviy jarayonlarni to'la-to'kis aks ettira 
olmaydi. Chunki globallashuv sharoitida bu jarayonlar yangicha tus va shakllarda namoyon 
bo'lib, g'oyaviy-mafkuraviy ta'sir o'tkazishning nihoyatda o'tkir quroliga aylanib bormoqda. 
Bunday tahdidlarning xatarli jihati shundaki, Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov ta'biri bilan 
aytganda, ―... agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo'lsa, buni sezish, ko'rish, oldini olish 


mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta'siri va oqibatlarini tezda ilg'ab olish nihoyatda 
qiyin‖. Shuning uchun dunyoning mafkuraviy manzarasida yuz berayotgan o'zgarishlar 
mohiyatini teran anglash, tahlil etish va zarur xulosalar chiqarish muhim ahamiyatga ega. 
Bugungi kunda geosiyosiy jarayonlar, ularning mintaqamiz va mamlakatimizga ta'siri masalalari, 
bu borada respublikamiz amal qiladigan tamoyillar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
asarlarida ayniqsa, ―O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari‖ kitobida atroflicha tushuntirib berilgan. Mamlakatimizning ichki va 
tashqi siyosatiga xos asosiy geosiyosiy tamoyillar ana shu asosda amalga oshirilmoqda. Jahon 
hamjamiyatida O'zbekistonning yer usti va yer osti boyliklari, G'arb va Sharq orasidagi aloqalar 
markazi bo'lmish imkoniyati, Markaziy Osiyoda aholi, ishlab chiqarish imkoniyatlari, ilmiy 
salohiyat va boshqa jihatlardan yetakchi mamlakat ekanligi rivojlangan mamlakatlarning 
geosiyosatida O'zbekiston bilan hisoblashish, u bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarni uzoq maqsadni 
ko'zlab o'rnatish zaruratini tug'dirdi. 
Asar muqaddimada XX asr so'nggida to'liq mustaqillikka erishgan respublikamiz oldida 
turgan asosiy vazifalar tahlil etilgan va umumlashtirilgan. Birinchi Prezidentimiz barchani bu 
haqda teran fikr yuritishga undab, quyidagi masalalarni o'rtaga qo'yadi: "Eng murakkab 
savollardan biri shuki, bizdagi barqarorlik va xavfsizlik yo'lida tahdid bo'lib turgan 
muammolarni anglab yetyapmizmi?
Xavfsizligimizga tahdid bo'lib turgan muammolarga nimalarni qarshi qo'ya olamiz? 
Jamiyatimizning to'xtovsiz va barqaror rivojlanishiga biz istiqomat qilayotgan mintaqada 
jo'g'rofiy-siyosiy muvozanat saqlanishiga nimalar kafolat bo'la oladi?"
10
. Ushbu savollarga javob 
berar ekan, Birinchi Prezidentimiz, avvalo, mustaqil qadam tashlayotgan mamlakat aholisida 
ertangi kunga ishonch hissini mustahkamlash, XXI asrda yuzaga kelayotgan ko'p qirrali ijtimoiy-
siyosiy kurashlar mohiyati va maqsadini anglash ko'nikmasini hosil qilish, boshqacha aytganda, 
kishilarni turli-tuman xavf-xatarlarni oldindan ko'ra bilish, uning oldini olish yoki chetlab o'tish 
tajribasini o'zlashtirish, yurtimizda barqarorlik, tinchlik, osudalikni saqlab, unga salbiy ta'sir 
ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillarga qarshi qat'iy kurashish, barqaror rivojlanishning 
zamonaviy uslublarini muntazam o'zlashtirib borish va bu ko'nikmalarni yuksak darajada 
rivojlantirish, taraqqiyot omillarini aniqlay olish, uni himoyalash va sobitqadamlik bilan olg'a 
intilish kabi masalalarni yaxlit tarzda qamrab oluvchi milliy mafkura — milliy g'oyani 
shakllantirishni eng muhim vazifa sifatida belgilab berdi. 
Birinchi Prezidentimiz fikricha, mamlakatning ko'p millatli xalqini ushbu masalalarga 
doimiy e'tibor qaratishga o'rgatish, buni asta-sekin hayot va turmush tarzining ajralmas qismiga 
aylantirish bugungi kunda taraqqiyotimiz uchun qilinayotgan barcha ishlarning muvaffaqiyatli 
rivojlanishiga asos bo'ladi. 
Ma'lumki, O‘zbekistan barqaror rivojlanish yo'lidan bormoqda. Uning ana shu tinch 
taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatuvchi xavf-xatarlar mavjudmi? Prezident I.A.Karimov bu xavf-
xatarlarni haqli ravishda alohida turlarga ajratadi, ularning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratadi: 
"Ikki mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro hayotning hamma sohalariga soya 
tashlashi ostida o'tgan kuchli qarama-qarshilik barham topdi. Ammo shundan keyin ham bizni 
qurshab turgan dunyo, ko'plar kutganidek, osoyishtaroq bo'lib qolgani yo'q. 
Unda mojarolar kamaymadi. Dunyoda yangi tartiblarni shakllantirish jarayoni mintaqalar 
darajasidagi va mintaqalar ichidagi eskidan saqlanib kelayotgan, zimdan tutab yotgan, har xil 
tarixiy, etnik, siyosiy, diniy va boshqa sabablarga ega bo'lgan mojarolarning keskinlashuvi bilan 
birga yuz berdi. Bu mojarolar ilgari ikki tuzumning dunyo miqyosidagi qarama-qarshiligi 
doirasida ko'pincha u yoki bu kuchlar qutbining manfaatlari yo'lida "bostirib kelgan" edi. Bundan 
tashqari, yangi mintaqaviy mojarolarning vujudga kelishi va ularga turli tashqi kuchlar o'z 
jo'g'rofiy-strategik intilishlari doirasida jalb etilishidan iborat xavflar ham mavjud"
11

Birinchi Prezidentimiz
fikricha, yangi yuz yillikda mintaqaviy mojarolarning ta'siri aniq 
qurolli harakatlar, ochiq keskinlik bilan ko'rinmaydi. U virus kabi sezilarsiz tarzda kirib keladi, 
10
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. 6-jild. — T.: «O'zbekiston»,1998.— 33-bet 
11
O‘sha asar. 41-bet


o'zi kuchayib, qolganlarni holdan toydirib, shu farovon mintaqani tanazzul yoki portlash sari 
yetaklaydi. Shuning uchun davlatimiz mintaqaviy mojarolarning salbiy oqibati to'g'risida ma'lum 
tushunchaga ega bo'lishi va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda boshqa xatti-harakatlarni, yuz 
berayotgan voqealarni kuzata olish, bu haqda mustaqil fikrlab, to'g'ri xulosa chiqarish, mojaro 
kirib kelishiga yo'l qo'ymaslik, unga qarshi kurashish kabi dunyoqarashning xalq orasida 
ommaviy shakllanishiga erishishi shart. 
Mintaqaviy mojarolar bir davlatga ommaviy ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega bo'lgani 
kabi unga qarshi kurash ham butun xalqni qamrabolishi, ommaviy bo'lishi, ya'ni xalq 
mafkurasiga aylanishi lozim. 
Birinchi Prezidentimiz
mamlakatimizdagi barqaror rivojlanish, tinchlikka tahdid soluvchi 
og'ir xavflardan yana biri sifatida diniy ekstremizm va fundamentalizmni qayd etadi. "E'tiborni 
odamlarning diniy e'tiqodlari bilan bog'liq har qanday muammo g'oyat nozik ekanligiga, ularning 
diniy ma'naviy qadriyatlari bilan shiorlardan, xususan, islomni qayta tiklash shioridan 
foydalanayotgan muayyan kuchlar ko'zlayotgan, dinga aloqasi bo'lmagan siyosiy va boshqa 
tajovuzkor maqsadlar o'rtasidagi farqni tushunib olishlariga erishish zarurligiga qaratishni 
istardim"
12

Asarning ushbu qismida islom tamaddun taraqqiyotiga qanchalik hissa qo'shgani, 
jumladan, ulug' allomalarimizning bu boradagi o'rnini, shuningdek, ko'plab siyosiy oqimlar, 
guruhlarning islom niqobi ostida amalga oshirayotgan xatti-harakatlari nafaqat islom diniga, 
balki boshqa e'tiqoddagi xalqlar, millatlarga, hatto islom dinining o'ziga ham qanchalik salbiy 
oqibatlar olib kelayotganini batafsil sharhlab beradi. Ta'kidlash kerakki, islom e'tiqodidagi 
ekstremistik guruhlar yoki ularni qo'llab-quvvatlayotgan boshqa siyosiy kuchlar qanday yo'l 
bilan bo'lishidan qat'i nazar, ma'lum davlat siyosatiga ta'sir ko'rsatishga, o'sha davlat 
erishayotgan yutuqlarini chippakka chiqarishga yoki o'zga davlatning ma'lum ta'sir doirasiga 
tushirishga yoxud o'sha davlatning siyosiy hokimiyatini egallab, o'z guruhlari tomonidan ishlab 
chiqilgan siyosat va qonun normalarini joriy etishga harakat qiladi. Islom fundamentalistlari turli 
urushlar, keskinliklar odamlarga ofat keltirgan qadimgi zamonlarda islom birligi va islom 
g'oyalari targ'iboti odamlar hamda madaniyatning yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatganini dastak 
qilib, o'sha ta'sirni hozirgi davrga moslashtirgan holda qayta joriy etishga intilmoqda, ya'ni 
barcha ellarni yagona islom boshqaruvi ostida birlashtirib, "farovon islom olamini yaratgan" 
islom xalifaligini tiklash, unga kirmaganlarga qarshi jihod yoki muqaddas urush e'lon qilish 
yo'lidan bormoqda. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, G'arb davlatlarining 
iqtisodiy va texnik taraqqiyot nuqtai nazaridan Sharq mamlakatlariga ta'sir ko'rsatishga urinishi, 
shu mamlakatlarning moddiy iqtisodiy boyliklaridan foydalanish asosida ularni o'z ta'siriga 
tortishni turli uslublarda majburiy amalga oshirishga urinishi, islom mamlakatlarini mensimay 
ichki va tashqi munosabatlariga aralashishlari ham islom fundamentalistlari safining 
kengayishiga, shunday ruhdagi yangi guruh, oqimlarning yuzaga kelib tarqalishiga ta'sir 
ko'rsatmoqda. 
Shunday ta'sirlar oqibatida turli-tuman fundamentalistik guruhlarda islom mamlakatlarini 
yagona boshqaruv ostida birlashtirish kerak, degan noto'g'ri fikr tug'ilishiga zamin hozirlayapti. 
Bu esa asrlar davomida taraqqiyot yo'lidan borgan turli islom xalqlari diniy va dunyoviy urf-
odatlari, e'tiqodlarini isloh qilish kerak, degan tushunchaga yo'l ochib, oqibatda qo'poruvchilik 
bilan shug'ullanayotgan diniy guruhlar va davlat o'rtasidagi qonli to'qnashuvga sabab bo'lyapti. 
Bundan tashqari, fundamentalistik guruhlarning o'z e'tiqodlariga mansub manfaat va siyosiy 
xatti-harakatlari ham atroflicha tahlil qilib berilgan. 
Birinchi Prezidentimiz
asarning "Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik" 
qismida mamlakatimizning ozod va obod taraqqiyot tamoyillariga halokatli ta'sir ko'rsatishi 
mumkin bo'lgan yana bir xavf to'g'risida bor haqiqatni ochib beradi: "Tarixiy tajribaga asoslanib, 
bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo'ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy 
12
Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. 6-jild. — T.: «O'zbekiston»,1998.— 52-bet


hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb 
ta'riflash mumkin. 
Shovinizm ba'zi ko'p sonli millatlarning nafaqat ko'p millatli imperiya doirasida, balki uni 
o'rab turgan jo'g'rofiy-siyosiy makonda ham o'zining mutlaq hukmronligini o'rnatish uchun 
kurashda namoyon bo'ladi"
13

Asarda buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik ko'plab misollar 
yordamida teran tahlil etiladi. Lekin bu fikrni faqat shu davlatlarga oid ekan deb qaramaslik 
kerak, bugungi fan-texnika va axborot almashinish taraqqiyoti tobora yuksalayotgan XXI asrda 
shovinizm va millatchilik yangi shaklda namoyon bo'lmoqsa. Bu illat hozirgi kunda jahonshumul 
qurolli to'qnashuvlar bilan emas, balki iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma'naviy, integrasion va 
boshqa blokadalar (siqib qo'yish) orqali namoyon bo'lmoqda. Shuningdek, hozir bu usul ish 
bermagan taqdirda, tarixiy uslub, ya'ni qurolli harbiy tazyiq asosida tasarruf etish, bosib olish 
yoki majburan ta'sir doirasiga kiritish tamoyillari ham qo'llanilayotir. Chunonchi, go'yoki biznes 
faoliyati, aslida esa maqsadi boshqa bo'lgan turli loyihalarga yoxud nodavlat tashkilotlar ta'sir 
doirasiga olish, ommaviy axborot vositalari yordamida provakasion tashviqotlar uyushtirish 
orqali o'z g'oyalarini singdirish yo'nalishlari ham uning asosiy shakllaridandir. Rivojlangan 
davlatlardagi ayrim guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xatti-harakatlarning asl 
mohiyati to'g'risida to'g'ri tushunchaga ega bo'lish, dunyoqarashni ham aniq belgilab olishga 
yordam berishini bugungi O'zbekistonning har bir fuqarosi yaxshi bilishi lozim. 
Birinchi Prezidentimiz
bu asarda etnik va millatlararo ziddiyatlar yosh respublikamiz 
taraqqiyoti uchun jiddiy xavf ekanini alohida ta'kidlaydi. Asarda tarixiy etnik va millatlararo 
nizolardan qator dalillar keltiradi hamda bunday nizolarning asosiy omillari ko'rsatib beriladi. 
Bildirilgan fikr va ko'rsatilgan asoslar faqat mamlakatimizni qamrab olmaydi, ular bugungi 
dunyoda mavjud etnik va millatlararo muammolarning qayerda bo'lishidan qat'i nazar, 
barchasiga birday taalluqlidir. Chunki hozirda ko'pmillatli bo'lmagan davlatlarning o'zi juda oz. 
Shunga ko'ra, ushbu ziddiyatlarni ko'pmillatli davlatlar va ularning qo'shnichilik xususiyatlariga 
ko'ra ham tahlil etish kerak. Shunisi xarakterliki, etnik va milliy nizolar maqsadiga ko'ra ichki 
yoki tashqi asosli bo'ladi. Ba'zan ichki asoslar sababli yuzaga kelgan nizolarga, ma'naviy, etnik, 
milliy yoki boshqa manfaatlar tutash va yaqin bo'lishiga qarab, tashqi sabablar ham aralashib 
ketadi. Oqibatda ichki nizolar davlat yoki mintaqa doirasidan chiqib, xalqaro maydonda 
davlatlararo tus oladi. Ta'kidlash kerakki, bizning mintaqamizda millatlararo va etnik ziddiyatlar 
hozirgi kunda iqtisodiy, jo'g'rofiy, siyosiy, moddiy va diniy ziddiyatlar bilan qo'shilib ketmoqda. 
Ayni vaqtda, bu ziddiyatlarning tub asoslari odilona tahlil etilmagani tufayli muammolar bartaraf 
etilishi o'rniga, ularni chuqurlashtirishga yo'l qo'yilmoqda. 
Yuqoridagi muammolarga nafaqat biz uchun, balki har qanday rivojlangan kuchli 
davlatning barqarorligi va taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan kuchli tahdidlar sifatida 
qarash kerak. 
Buzg‘unchi g‘oyalar xalqlar boshiga so‘ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin 
tarixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning ziddi 
bo‘lgan zulm va zo‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishga 
urinadi. Lekin ular odamzotning adolat, tinchlik va birodarlik, taraqqiyot va farovonlik 
g‘oyalariga tayanib, oliy maqsadlar sari intilishlarini aslo to‘xtata olmaydi. 
Demak, 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish