„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


 O‟zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‟oyalarning takomillashuv



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
5. O‟zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‟oyalarning takomillashuv 
jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‟lishi.
Dunyoda yangi 
jamiyatni barpo etish va unga mos g‗oyalar tizimini shakllantirishning tayyor andozasi yo‗q. Bu 
borada hatto jahondagi eng yuksak rivojlangan mamlakatlar tajribasini ham to‗la-to‗kis qo‗llash 
qiyin. Chunki har bir mamlakat hayotining tarkibiy tuzilishi, xalqining mentaliteti, aholi tarkibi 
va taraqqiyot tamoyillari boshqa davlatnikiga aynan o‗xshamaydi. Ba‘zi mamlakatlarda 
yaxshigina samara beradigan g‗oyaviy tamoyillar o‗zga davlatlarda hech qanday natija 
bermasligi yoki aksincha, muammolarni yanada chuqurlashtirishi ham mumkin. 
Shu bois yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin taraqqiyot tamoyillari tanlab 
olinayotganida rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan birga, xalqimizning tarixiy qadriyatlari, 
mentaliteti, turmush va tafakkur tarzi, milliy davlatchilik an‘analari, xalqimiz boshidan 
kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlariga alohida e‘tibor qaratildi. 
Vatanimiz mustaqillikni qo‗lga kiritgach, hayotimizda tub o‗zgarishlar yuz berdi, xalqimiz 
tabiati va dunyoqarashiga yot bo‗lgan mustabid tuzum va uning mafkurasi barham topdi. O‗z 
umrini o‗tab bo‗lgan eski mafkura o‗rnida yangi ijtimoiy munosabatlar, xalqning asl 
maqsadmuddaolarini ifoda etuvchi ilg‗or va bunyodkor ta‘limot milliy istiqlol g‗oyasi 
shakllandi. 
Yurtimizda shakllanayotgan yangi g‗oyalar tizimining asoslari qanday yaratildi? Ushbu 
yo‗nalishdagi ustuvor vazifalar nimalardan iborat? Birinchi Prezident Islom Karimovning 
asarlarida, ayniqsa, «Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch" kitobi va "Mamlakatimizda 
demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
Konsepsiyasi"da ushbu savollarga to‗liq javob berilgan. Bunday maqsad jamiyat hayotining 
barcha sohalariga daxldor ko‗pdan ko‗p siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma‘naviy vazifalarni amalga 
oshirishni taqozo etmoqda. 
Insoniyat tarixida ro‗y bergan turli voqealar, islohotlar va tub burilish jarayonlarining 
tahlili shundan dalolat beradiki, hech bir mamlakatda yangi jamiyat barpo etish va unga mos 
g‗oyalar tizimini shakllantirish, birdaniga, bir kunda amalga oshib qoladigan oddiy hodisalar 
emas. Balki bu har bir davlat va jamiyat hayotida, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va 
ma‘naviyma‘rifiy sohalarda kechadigan murakkab va serqirra jarayonlarning hosilasi, muayyan 
muddatda ro‗y beradigan o‗zgarishlarning natijasidir. 
Jamiyat hayotida yangi goyalar tizimini shakllantirishning asosiy tamoyillari orasida 
umuminsoniy jihatlar va milliy xususiyatlarga tayanish zarurati alohida ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur jarayon ana shu ikkita omil asosida amalga oshayotganligi va ularning har biriga xos 
rivojlanish qonuniyatlarini o‗zida uyg‗unlashtirgani bilan tavsiflanadi. Bu nuqtai nazardan mam-
lakatimizga xos yangi g‗oyalar tizimi shakllanishining quyidagi tamoyillari alohida ajralib 
turadi: 
1) 
tarixiylik, ya‘ni shu sohada insoniyat taraqqiyotining hozirgi davrgacha bo‗lgan 
yutuqlariga asoslanish bilan birga, xalqimizning shu kungacha erishgan barcha yutuqlari, amaliy 
faoliyati natijalaridan, milliy qadriyatlari, ma‘naviy boyliklari va an‘analaridan unumli 
foydalanish; 
tizimlilik - jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqti-sodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalarida 
amalga oshirilayotgan o‗zgarishlarni bir butun va yaxlit jarayon sifatida qarash; 
ijtimoiy o‗zgarishlarning ortga qaytmasligi, doimo o‗tmish-dan bugun orqali kelajak tomon 
uzluksiz jarayon sifatida amalga oshishini hisobga olish. Shu asosda yangiliklar orasidan ijobiy 
jihatlar va xususiyatlarga ega bo‗lganlarini ajratib olish, tan-lash va ularni hayotga tadbiq etish; 
umuminsoniylik va milliylik tamoyillari ham yangi g‗oyalar tizimi shakllanishida muhim 
o‗rin tutadi. Jamiyatimizni yangi-lashda, bir tomondan, yurtimiz tarixi, milliy an‘analar va 
xalqimizning o‗tmishda to‗plagan tajribasi, ikkinchi tomondan esa, bugungi dunyoda ro‗y 
berayotgan o‗zgarishlar va yangilanishlar, umumbashariy andozalar muhim ahamiyat kasb etadi. 


Bu, avvalo, O‗zbekistonni jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va xalqa-ro munosabatlarning 
teng huquqli a‘zosi sifatidagi o‗rni, mav-qeini belgilashning asosiy omillaridan biri bo‗lmoqda; 
yangi g‗oyalar tizimi shakllanishi ko‗pmillatlilik va ko‗p konfessiyalik sharoitida 
jamiyatning barcha a‘zolari, aholi qatlamlarining hamjihatligi va ijtimoiy bag‗rikenglik tamoyili-
ga ham asoslanadi. Bu tamoyil istiqlolning dastlabki kunlarida-noq mamlakat hayotini 
demokratlashtirish va liberallashtirish-ning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgani bejiz emas; 
an‘anaviylikka tayanish va yangilanishga intilish tamoyili ham O‗zbekistonda yangi 
g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonining tarkibiy qismidir. Ya‘ni, O‗zbekiston misolida yangi 
g‗oyalar tizimi shakllanishi jarayonini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan o‗rganish, uning bir-biri 
bilan uzviy aloqador tushunchalar, chunonchi, "an‘ana va yangilanish", "inkor va vorislik" 
bog‗lanishlari orqali amalga oshayotganini ko‗rsatadi. Xuddi shu ma‘noda, istiqlolning dastlabki 
yillaridayoq mamlakatimiz hayotiga xos o‗zgarish va yangilanishlar jarayonining asosiy 
tamoyillari sifatida "Yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik", "O‗tmishni yozg‗irishdan ko‗ra 
ezgulik, yaratuvchanlik va bunyodkorlik yo‗lidan og‗ishmasdan borish» to‗g‗risidagi xulosalar 
asos qilib olingani bejiz emas. 
Mamlakatimizda yangi g‗oyalar tizimini shakllantirishning strategik maqsadlari jamiyat 
hayotining barcha sohalariga daxldor bo‗lgan bir qator tamoyillarni amalga oshirish bilan bog‗liq 
Jamiyat hayotini yangilash jarayonini izchilligi va samaradorligini ta‘minlash bu boradagi eng 
asosiy yo‗nalishdir. Mazkur yo‗na-lishda hayotning barcha sohalarini, davlat va jamiyat 
qurilishini yanada erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va 
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy ma-daniyatni shakllantirish muhim ahamiyatga 
ega. Bu taraqqiyotimiz g‗oyaviy tamoyillarining siyosiy sohadagi namoyon bo‗lish xususiyat-
larini belgilaydi. Binobarin, siyosiy hayotni yangilashning asosiy shartlaridan biri xalqning 
siyosiy ongini o‗stirish, unga demok-ratik erkinliklarning ma‘no-mohiyatini to‗g‗ri tushunib 
olish va o‗zlashtirishga imkon yaratishdan iborat. Bu, bir tomondan, fuqarolarning, ikkinchi 
tomondan, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamda xo‗jalik yurituvchi subyektlarning 
qonunga so‗zsiz bo‗ysunishini taqozo qiladi. Demak, bunda nafakdt aholi huquqiy bilimlarining 
oshishi, uning ongi yuksalishiga, balki hokimiyat-ning barcha mustaqil tarmoqlari, nodavlat 
tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat samaradorligi ortishi ham jiddiy e‘tiborni 
talab qiladi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish