„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


Milliy g‟oyada mentalitetning namoyon bo‟lishi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
4. Milliy g‟oyada mentalitetning namoyon bo‟lishi
. Hozirgi paytda ijtimoiy 
jarayonlar tahlilidan kelib chiquvchi muhim saboqlardan biri ham mentalitet orqali 
o‗zgarishlarga erishish, uning mazmun-mohiyatiga ta‘sir ko‗rsatishdan iboratdir. ―Agar 
mentalitetni atrofimizdagi hayot tarzining mahsuli sifatida qabul qilsak, uning ikkinchi jihati 


shundaki‖, hayotning o‗zi ham, uning o‗zgarishlari ham odamzot tafakkurining o‗zgarishi bilan 
chambarchas bog‗liq‖.
Milliy mentalitet fenomeni bo‗linish emas birlashishni, birdamlik va hamkorlikni taqozo 
etadi. Dunyoda hech bir natijaga aql-zakovatni, kuch-harakatni, vaqt va imkoniyatlarni bir 
nuqtaga jamlamasdan turib erishib bo‗lmaydi. Birlashish butunlikka erishish, bunyodkorlik 
ishlarining debochasidir, chunki bunyodkorlikka intilish, bu yo‗lda umumxalq safarbarligi 
holatini tarkib toptirish, eng muhimi fikr-qarashlar yakdilligini yuzaga keltirish – ruhiy birdamlik 
kayfiyatiga erishish muhimdir.
Agar an‘anaviy jamiyatda tovar, industrial jamiyatlarda pul barcha masalalarni hal qiluvchi 
asosiy vositalar rolini o‗ynab kelgan bo‗lsa, bugun biz yashayotgan postindustrial jamiyatda 
shaxs qadriyatini belgilovchi asosiy tamoyillar sifatida informatsion bazis, intellektual 
tayyorgarlik, bilim darajalari hal qiluvchi kuch tarzida maydonga chiqadi.
Shu boisdan ham yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan «Kuch – bilim va tafakkurda» 
shiori postindustrial jamiyatning shiddatkor, jo‗shqin xususiyati tempi to‗lqinlarida 
odamlarimizning erkin suzishlari, bu jarayonlarda o‗zligini yo‗qotib qo‗ymasligi, aksincha o‗z 
ovozi, so‗zi, fikri va salohiyatlari bilan faol uyg‗unlashuviga yo‗l ochuvchi bir mayoq vazifasini 
o‗taydi. O‗zgarayotgan ijtimoiy makon va zamon ruhida odamlarimizning doimiy aktualligini 
ta‘minlovchi qudratli kuch ham tafakkur omilidir. Milliy mentalitet omili davrning jo‗shqin ruhi, 
tez o‗zgarayotgan muhit ta‘sirida yemirilib ketmasligi xususida fikr yuritib, bunday inqirozlardan 
saqlovchi kuch insoniylik ekanini asoslab beradi. Insoniylik mohiyati sifatida shaxs va 
jamiyatning barcha jihatlariga ruh bag‗ishlaydi, unga jonlilik, tiriklik, yaratuvchanlik ruhini 
singdirib turadi. 
Insoniylik omilining real zohir bo‗lish belgilari esa, komil shaxsga xos bo‗lgan fayz, 
tarovat, yuzi issiqlik, istara, o‗zi yonib boshqalarni ham yondira olish singari fazilatlardir. Ayni 
chog‗da ta‘kidlash joizki, xalqimiz nazdida komillik tushunchasi rahbar siymosida ayniqsa 
yorqin namoyon bo‗ladi. Shu boisdan ham, komillikning eng avvalo yetakchilarda, rahbar 
shaxslarda yorqin ko‗rinishi kerak. ―Istarasi issiq degani, bu odamlarga ko‗ngli ochiq bo‗lish 
demakdir. Ya‘ni, rahbar juda ortiqcha sirli bo‗lmasligi, bag‗rikeng va kechirimli bo‗lishi lozim. 
Va kerak bo‗lsa, meni kechirasizlar-u, ochiq aytishim kerak, u qandaydir fayzli bo‗lishi zarur. Bu 
fikrga qo‗shimcha qilib shuni aytmoqchimanki, bugungi kunda rahbar faqat o‗zi yonib qolmay, 
unga ko‗z tikib, undan ko‗p narsani kutib turgan xalqni ham yondira olishi zarur. Men yondirish 
deganda, avvalambor, odamlarni birlashtirish, odamlarni boshqarishni, ularni yuksak maqsadlar 
sari safarbar etishni nazarda tutaman» . 
Demak, milliy mentalitet asosidagi komil shaxs konsepsiyasi ikki muhim jihat, ya‘ni bir 
tomondan o‗zidagi insoniylik fazilatlarini amaliy faoliyatlarda qo‗llay olish salohiyati bo‗lsa, 
ikkinchi tomondan odamlarni bunyodkorlik ishlariga safarbar eta olish qobiliyatlarini yuzaga 
chiqarish orqali namoyon bo‗ladi. Milliy mentalitet asosidagi komil shaxs shunchaki ko‗p 
o‗qigan, ko‗p bilgan, ko‗p ko‗rgan yoki tajribasi katta odam bo‗lib cheklanmasdan, o‗zidagi 
bilim va tajribalar, insoniy fazilatlarni ezgulik, yaratuvchanlik yo‗lida foydalana oluvchi, 
voqelikni shunchaki bilish bilan cheklanib qolmagan, balki hayot o‗zgarishlarini anglashga 
erishgan, nafsini jilovlab, meyorga keltira olgan, «qanoat», «shukur», «tavba» tushunchalariga 
mustahkam tayanib ish tutuvchi, o‗z manfaatini umum manfaatlari bilan muvofiqlashtira olgan, 
faol, harakatchan, tinib-tinchimas, o‗zi yonib o‗zgalarni ham yondirguvchi shaxsdir. Milliy 
mentalitet bilan qurollangan komillik pirovard natijada odamlarni birlashtirish, aholi turli 
qatlamlari vakillarini bunyodkorlik yo‗lida uyushtirish, ularni o‗zaro murosa, madora, ittifoqqa 
keltirish yo‗liga olib chiqadi. 
Xullas, milliy mentalitetga asoslangan bugungi faol shaxs falsafasi yangilanayotgan 
borlig‗imiz ruhiga ayni muvofiq barkamol shaxs, har tomonlama rivojlangan inson, zukko, dono, 
yaratuvchan, bunyodkor, bag‗rikeng, sahovatli, ochiq yuzli, istarali odamni tarkib toptirish 
vazifasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‗yadi. 
Milliy mentalitet Vatanni sevish omiliga ko‗p jihatlarga ko‗ra bog‗liqdir. Vatanni sevish 
ulug‗ Navoiy ta‘kidlagani kabi shu yurt odamlarini sevishdan boshlanadi. Odamlarga bo‗lgan 


muhabbat Vatan sevgisining debochasi va o‗zagidir. Navoiy muhabbatni ikki jihat, ya‘ni ilohiy 
ishq va majoziy ishqqa bo‗lib talqin etadi hamda insonlarga bo‗lgan mexr-oqibat, hurmat, 
sadoqatdan iborat ko‗ngil bog‗liqligi, ya‘ni majoziy muhabbat uning taqdirida ustunroq 
ekanligini o‗z asarlarida takror-takror qayd etadi. Chin vatanparvarlik haqiqiy insonlik, insonga 
muhabbat, unga himoyachi, fidoiy, kerakli bo‗lishdir. Demak, Prezidentimiz ilgari surayotgan 
«insonning insonligini o‗ziga anglatish va shu maqsadni ro‗yobga chiqarish» g‗oyasi zamirida 
ham Vatanga ishqni odamlarni sevishdan boshlash da‘vati mujassamdir. Odamlarni sevish va 
Vatan sevgisi o‗zaro uyg‗un, chatishgan mohiyat kasb etganligi bois Vatanga muhabbat 
tuyg‗usini tarkib toptirish dastavval shaxsning o‗z-o‗ziga bo‗lgan mas‘uliyati, talabchanligi 
o‗zidan qoniqmaslik, o‗z-o‗zini doimiy taftish va nazorat qilishdan boshlanadi. Shu narsani 
e‘tirof etish kerakki, xalqimizda insonni jamoatchilik fikri nuqtai nazaridan baholash ijtimoiy 
nazorat qilib borish jihatlari yaxshi rivojlangan.
Milliy g‗oyaning ma‘naviy-madaniy tomonlari milliy manfaatlar-ning uyg‗unligini aniq va 
ravshan ifodalaydi. Chunki unda til, milliy ruhiyat, milliy o‗ziga xoslik, milliy mentalitet 
jozibador tarzda aks etadi. Shuning uchun ham milliy g‗oyani targ‗ib va tashviqot etishda 
o‗zbeklarga xos mentalitet, uyat, or-nomus, vijdon, adolat, haqiqat, odillik, andisha, sharm-hayo, 
qadr-kimmat kabi tushunchalar milliy, madaniy, ma‘naviy hayotimizning tarkibiy qismi sifatida 
baholan-moqsa. Ushbu tushunchalar mazmun-mohiyatida xalqimizga xos his-tuyg‗u, o‗zga 
millatlarga nisbatan odamiylik, insoniylik singari ezgu niyat-lar yotadi. 
Uzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi hayotimizdagi, hatto tariximizdagi nihoyatda 
katta voqea bo‗ldi. O‗zbekiston tilga oid har qanday masalani mustaqil hal qilish huquqiga ega. 
Konstitutsiyamizda mustahkamlanganidek, "O‘zbekistan Respublikasining davlat tili uzbek 
tilidir". 
Milliy g‗oya o‗zbek tilining davlat maqomini to‗la ro‗yobga chiqarish, uning qo‗llanilishi 
va muhofazasini ta‘minlashga ko‗maklashadi. Ayni paytda, u respublikamiz hududida yashovchi 
millatlar va elatlar til-larining taraqqiyoti uchun imkoniyat hozirlashga yordam beradi. 
Milliy g‗oya ma‘naviyatimizning asosi hisoblangan madaniy merosimizga munosabat 
masalasida ham katta o‗rin tutadi. Madaniy, ma‘naviy meros avlod-ajdodlarimiz tomonidan 
necha-necha asrlar davomida yarati-lib, asrab-avaylab kelinayotgan buyuk xazinadir. "Ota-
bobolarimiz-dan bizga boy ma‘naviy meros qolgan. Endi bizning qonimizga ko‗chgan, bizning 
nasl-nasabimizga xos o‗sha ulkan ma‘naviy salohiyatni yanada yuksaltirishimiz, uni 
farzandlarimizga, kelajak avlodga munosib meros qilib qoldirishimiz kerak". Madaniy merosga 
bunday hurmat, birinchi navbatda, uning yaratuvchisi, avaylab-asraguvchisi va rivoj-
lantiruvchisi hisoblangan xalq ommasiga, millatga, uning o‗tmishiga cheksiz ehtirom, mehr-
oqibat mahsulidir. Madaniy merosini chuqur o‗rganmagan va e‘zozlamagan kishi o‗zining 
shajarasi, avlod-ajdod-lari bosib o‗tgan yo‗l, milliy istiqlolimiz, erkimiz va ozodligimiz uchun 
jasorat ko‗rsatgan ulug‗ zotlar haqida tasavvurga ega bo‗lmaydi. 
O‘zbek mentaliteti, tafakkur tarzi, ma‘naviyati rivoji asrlar osha sayqal topgan go‗zal 
axloqiy fazilatlar va milliy kadriyatlar mevasidir. Istibdod yillarida mustamlakachilar 
xalkimizning bu be-nazir o‗ziga xosligini yo‗qotishga urindilar. Uning tarixiy xotirasi milliy 
ma‘naviy merosga nisbatan bo‗lgan bunday tajovuzdan jiddiy talofat ko‗rgan bo‗lsa-da, o‗zak 
tomirlarini shikastlardan saklay oldi, teranligini yo‗qotmadi. Xalq bunday xurujlar chog‗ida 
dushmanlarga qarshi gohida ochiqdan-ochiq mardonavor kurashdi, zulm haddan oshgan 
murakkab kezlarda esa bu bebaho qadriyatlarni yuragining to‗rida avay-lab asradi. 
Tarixning guvohlik berishicha, ishlab chiqarish muttasil o‗sib, rivojlanib boradi. Ishlab 
chiqarishning rivojlanishi esa, avvalo, uni amalga oshiruvchi insonning ma‘naviy-axlokiy kamol 
topishi bilan bog‗liq. Agar texnika va texnologiyaning o‗sishi insoniyat taraqqiyoti-dan ilgarilab 
ketsa, unda bu rivojlanish nomutanosib bo‗ladi va uzoq davom etmaydi. Ma‘naviy jihatdan 
ildamroq taraqqiy etmas ekan, moddiy va iqtisodiy jihatdan ham tez rivojlanmaydi. Bundan 
tashqari, texnika va texnologiyaning takomillashishiga ham inson ongi, bilimi va aqli rivojining 
natijasi sifatida qarash lozim. Binoba-rin, "davlatimizning eng muhim vazifalari dan biri — 


ma‘naviy jihatdan barkamol insonni tarbiyalash, ta‘lim va maorif tizimini takomillashtirish, 
milliy uyg‘onish g‗oyasi asosida ma‘naviy va ruhiy jihatdan yangi avlodni voyaga yetkazishdir". 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish