„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti tarix fakulteti fuqarolik jamiyati kafedrasi


 Siyosat va mafkuraning o‟zaro aloqadorligi va farqi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/110
Sana31.03.2022
Hajmi1,78 Mb.
#521862
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Bog'liq
„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi te (1)

 
3. Siyosat va mafkuraning o‟zaro aloqadorligi va farqi. 
Mafkurasiz siyosiy hokimiyat bo'lmaganligi kabi davlat va uning siyosiy institutlarisiz 
mafkura ham bo'lmaydi. Shu bois mafkura ijtimoiy hayotni tashkillashtiruvchi, boshqaruvchi va 
muayyan 
maqsad 
sari 
yo'naltiruvchi 
dastur, 
ta'limot 
bo'lib 
xizmat
qiladi. Mafkura asos e'tiboriga ko'ra siyosat bilan uzviy bog'liqdir. Siyosatning o'zgarishi 
mafkuraga ham ta'sir ko'rsatadi. «Mafkura» arabcha so'zdan olingan bo'lib, tor ma'noda


qarashlar va e'tiqodlar tizimi, majmui degan ma'noni anglatadi. Keng ma'noda mafkura- 
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va 
g'oyalar majmuidir. G'arb mamlakatlari tillarida mafkura «ideologiya» atamasi vositasida 
qo'llaniladi. «Ideologiya» yunoncha «ideya» va «logos» so'zlarining birikmasidan tashkil topgan 
bo'lib, g'oyalar haqidagi ta'limot degan ma'noni bildiradi. Bu atama ilk bor 1797 yilda fransuz 
inqilobi davrida Destut de Tressi tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. 
Mafkura, xususan, siyosiy mafkura masalalari tahlili XIX asr oxiri XX asr boshlarida 
taniqli nemis olimi M. Veber tadqiqotlarida yanada yuqori bosqichga ko'tarildi. Mafkuraviy 
siyosat – muayyan g'oyaviy qarashlar tizimini odamlar ongiga singdirish, zararli ma'naviy-
mafkuraviy ta'sirlar, turli ko'rinishdagi tazyiqlarning oldini olishga qaratilgan uslub va vositalar 
hamda ularni ishlab chiqish, tartibga solish va boshqarish bilan bog'liq faoliyat majmui. 
Mafkuraviy siyosatni mafkuraviy vazifalarni amalga oshirish uchun bo'lgan harakat tarzida ham 
tushunish mumkin. Bu vazifalar muayyan mamlakat yoki xalqning dunyo hamjamiyatida tutgan 
o'rni, nufuzi, xalqaro iqtisodiy, siyosiy, diplomatik aloqalardagi mavqei, taraqqiyot darajasi kabi 
bir qator ko'rsatkichlardan kelib chiqadi. Masalan, hozirgi davrda milliy mafkuramiz 
mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, erkin va yorug' hayot 
sari olg'a yurishga yo'naltirishi zarur. Odatda ichki hamda tashqi mafkuraviy siyosat bir-biridan 
farqlanadi. Ichki mafkuraviy siyosat mamlakat, xalqning o'z oldiga qo'ygan strategik 
maqsadlaridan kelib chiqib, taraqqiyotning yangi bir bosqichga ko'tarilishi uchun fuqarolarni 
safarbar qilish vazifasini o'taydi. Tashqi mafkuraviy siyosat, o'z xalqi va mamlakatining xalqaro 
maydondagi nufuzini mustahkamlash, mustaqil taraqqiyotning xalqaro munosabatlar bilan 
bog'liq jihatlarini ta'minlash hamda begona mafkuralarning ta'siridan himoya qilishga qaratilgan 
bo'ladi. Mafkuraviy siyosatning samaradorligi uning qanday vositalar, usullar va shakllarda 
yuritilishiga bog'liq. Bu o'rinda ijtimoiy taraqqiyotdagi turli guruhlar, sinflar va qatlamlar 
manfaatlarining hisobga olinishi muhim ahamiyatga egadir. Mafkuraviy ta'sir o'tkazish yo'llari 
omma uchun qanchalik yaqin, tushunarli va tabiiy bo'lsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar yutuqlariga 
tayangan holda tashkil etilsa, mafkuraviy siyosat shunchalik samarali bo'ladi. 
Shuni ta'kidlash zarurki, mafkura masalasi sobiq SSSRda o'ta mutlaqlashtirildi. Mafkura 
va 
siyosat 
o'rtasidagi 
muvozanatning 
buzilishi 
oqibatida 
sinfiy 
dushmanga
qarshi kurash niqobi ostida nafaqat kommunistik mafkuraga zid g'oyaviy unsurlar, balki har 
qanday hurfikrlilik ta'qib ostiga olindi. Troskizmga qarshi kurash, kollektivlashtirish, madaniy 
inqilob, stalincha qatag'onlar o'z qamroviga ko'ra fashizm mafkurasidan qolishmadi. Ikkinchi
jahon urushidan keyin NATO va Varshava Shartnomasi davlatlari o'rtasida vujudga kelgan 
«sovuq urush» siyosati ham asos e'tibori bilan mafkuraviy tabiatga ega edi. Har qanday ilmiy va 
madaniy hurfikrlilikka, agar u kommunistik mafkura qoliplariga to'g'ri kelmasa, g'ayriinsoniy, 
zararli deb qaraldi. Bundan ilm-fan va madaniyat ravnaqi katta zarar ko'rdi. Sovet mafkurasining 
tub xususiyatlaridan biri shunda ediki, u xalqlarning milliy o'zligini, madaniyati, axloqi va 
ma'naviyatining betakror jihatlarini inkor etar, «sovet xalqi» degan mavhum tushuncha ostida 
barcha millatlarni birlashtirishga urinar edi. Natijada, ayrim kam sonli xalqlar o'z tili, milliy 
madaniyatini yo'qotishgacha etib bordilar. Aslida mafkura siyosatga oqilona yo'nalish berishi, 
uni jamiyat hayotining turli jabhalaridagi real holat bilan tanishtirishi lozim. Siyosatning 
mafkuraga tayanishining sababi — mafkuranidg jamiyat ma'naviy kayfiyatini, orzu-umidlarini, 
maqsad va manfaatlarini ifodalovchi g'oyaviy dastur ekanligidadir. Bu borada siyosiy mafkura 
alohida o'rin tutadi. Chunki u huquqiy mafkura kabi demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishda etakchi omillardan biri hisoblanadi. Siyosiy mafkurasiz biror-bir 
siyosiy harakat bo'lmaydi. Siyosiy mafkura o'z tarkibiga ko'ra mavjud ijtimoiy voqelik, uning 
kelajagi to'g'risidagi siyosiy tasavvur va tushunchalardan tashkil topadi. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish