Axborot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
ta‘lim
muassasalari
o‗quvchilari
hamda
aholining
zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta‘lim olishi va mustaqil ravishda talim olishiga
ko‗maklashish;
milliy ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni keng ko‗lamda targ‗ib qilish, xalqning madaniy-
tarixiy merosidan bahramand bo‗lishini ta‘minlash, ma‘naviy boy va uyg‗un kamol topgan
shaxsning ijodiy o‗sishi uchun imkoniyat yaratib berish;
yangi axborot texnologiyalari (ma‘lumotlar elektron bazalari, internet resurslari) asosida
aholiga axborot xizmati ko‗rsatish;
madaniy, ta‘lim, axborot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish
uchun ta‘lim muassasalari, mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlari, milliy madaniyat
markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va hokazolar.
Adabiyot va san‟at.
Bu sohada ijod ahlining g‗oyaviy-badiiy salohiyatini komil inson
tarbiyasiga yo‗naltirish ustuvor yo‗nalish bo‗lishi darkor.
Ijodkorlarni murakkab va shonli tariximizning yorqin sahifalarini, bugungi hayot
voqeligini, olijanob orzu-umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa va tasviriy san‘at
asarlarini yaratishga har tomonlama rag‗batlantirish. yoshlarga ibrat bo‗ladigan barkamol
insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini barpo etish.
Milliy g‗oyani tarannum etishga, istiqlol mafkurasiga zid g‗oyalarning zararli mohiyatini
ochib berishga ayniqsa e‘tiborni kuchaytirish zarur. Hayot va ijoddagi mahdudlik hamda fikr
qashshoqligiga qarshi kurashish, bahs-munozara, tanqid va tahlillar orqali mafkura muhitining
sog‗lom bo‗lishiga erishish.
Din.
Eng nozik va murakkab bo‗lgan bu sohada, avvalo, din ma‘naviyat va madaniyatning
ustunlaridan biri ekanini, barcha zamonlarda milliy g‗oya va mafkura diniy qarashlar bilan
uyg‗un rivojlanishini nazarda tutish lozim. Din o‗z mohiyatiga ko‗ra, poklik, mehr-oqibat kabi
ezgu tuyg‗ular orqali milliy istiqlol mafkurasining g‗oyalarini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga
singdiradi. Muqaddas dinimiz sog‗lom va mo‗tadil munosabatni shakllantirish - bu boradagi eng
muhim mafkuraviy vazifadir
73
.
Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros sifatida o‗tib kelayotgan
urf-odat, marosim va bayramlar ham milliy mafkuraning asosiy g‗oyalarini singdirishda muhim
omil bo‗ladi. Xususan, Mustaqillik, Navro‗z, O‗qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash
kuni kabi yangi bayram va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh etish
yo‗lida oqilona foydalanish zarur. Bugungi kunda urf-odat va an‘analarimizning jamiyatni
birlashtiruvchi xususiyatlaridan yanada to‗liqroq flydalanish lozim.
Milliy an‘analarni o‗rganish, targ‗ib etish bilan bir qatorda to‗y-marakalarni, odat va
udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka yo‗l qo‗ymaslikka
alohida e‘tibor qaratish darkor.
Ma‟naviy-ma‟rifiy muassasalar
. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Jamiyat
taraqqiyotining asosi, - degan edi, - uni muqarrar halokatdan qut-qarib qoladigan yagona kuch -
ma‘rifatdir»
74
. «Tarix - xalq ma‘naviyatining asosidir».
Qadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ma‘naviy-axloqiy tarbiya va ma‘rifiy ishlar»ga
alohida e‘tibor berilgan. yosh avlodni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy
madaniy-tarixiy an‘analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni
tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta‘minlanadi
75.
Umumiy hamda
pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma‘rifiy ishlar
takomillashtirilib boriladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor
ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an‘ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‗z
ta‘siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‗z manfaati yo‗lida
foydalanishga intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar.
Shu ma‘noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan
har bir inson, avvalo, unib-o‗sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi
baquvvat, iymoni butun bo‗lib voyaga yetishi uchun keng jamoatshilik va aholimiz o‗rtasida
ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‗tarishning ahamiyati beqiyosdir».
1999 yil 3 sentabrda tuzilgan «Respublika ma‘naviyat va ma‘rifat kengishini qo‗llab-
quvvatlash to‗g‗risida»gi Prezident Farmonida kengashning asosiy maqsadi ham - «Jaholatga
qarshi ma‘rifat» g‗oyasiga tayangan holda o‗zbek xalqining ongini va qalbini mustabid o‗tmish
asoratlaridan forig‗ etish, barkamol avlod, komil insonni kamol toptirishdan iborat qilib qo‗yildi.
«Biz barcha mamlakatlarda bo‗lganidek, g‗oyaga qarshi g‗oya bilan kurashish tarafdorimiz», -
degan edi Yurtboshimiz. (Karimov I.A. Asarlar. 8 - tom, 24 - bet).
Demak, madaniyat va madaniy - ma‘rifiy muassasalar mafkurani shakllantirish va
xalqimiz ongiga singdirishda katta imkoniyatlarga ega. Bunda kutubxona, teatr, klublar,
madaniyat uylari va saroylari, istirohat bog‗lari, muzeylar va boshqa muassasalar faoliyatidan
keng foydalanish, kishilar dunyoqarishini yuksaltiradigan, odamlarga ruhiy-ma‘naviy oziq
beradigan tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim.
Bu dargohlarda turli anjumanlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, uchrashuvlar
uyushtirish, milliy istiqlol mafkurasining mazmun-mohiyatini har bir ijtimoiy qatlamga
tushunarli tarzda izohlab beradigan qo‗llanma va tavsiyalar tayyorlash ayniqsa muhim.
Madaniy-ma‘rifiy muassasalar yoshlarni haqiqiy san‘at, chinakam badiiy go‗zallik ruhida
tarbiyalash maskanlari bo‗lmog‗i lozim.
Madaniyat va san‘at sohalari faoliyatining butunlay tijorat asosida tashkil etilishiga,
g‗oyaviy-badiiy jihatdan sayoz, milliy qadriyatlarimizga yot asarlarning yetakchi o‗rinni egallab
olishga yo‗l qo‗ymaslik muhim ahamiyatga ega.
73
Milliy istiqlоl g‘оyasi: asоsiy tushuncha va tamоyillar. -T.: «O‘zbеkistоn», 2000, 62-69–bеtlar.
74
Karimоv I.A. Biz kеlajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T.7. T.: «O‘zbеkistоn», 1999, 135, 146–bеtlar.
75
Barkamоl avlоd – O‘zbеkistоn taraqqiyotining pоydеvоri. –T.: «SHarq», 1997, 55- bеt.
Turmushimizni ommaviy axborot vositalarisiz, xususan radio, televideniye, gazeta,
jurnallarsiz tasavvur qilish qiyin. Odamlarni butun dunyoda ro‗y berayotgan murakkab ijtimoiy-
siyosiy jarayonlardan, yurtimizda sodir bo‗layotgan o‗zgarishlardan xabardor qilish, hozirgi
kunning dolzarb muammolari bo‗yicha jamoatchilik fikrini bilish va shakllantirish, ma‘naviy-
mafkuraviy o‗zgarishlarni, ma‘rifatni yetkazish matbuot xodimlarining muhim burchi
hisoblanadi.
Shu o‗rinda ta‘kidlab o‗tish joizki, milliy g‗oyani shakllantirishda, uning asosiy
xususiyatlari, tamoyillarini xalkimizga atroflicha tushuntirishda va milliy istiqlol g‗oyasini,
uning asl mohiyatini yoritish va ularni yoshlarga yetkazishda matbuotning o‗rni juda kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |