Yumshatish Yumshatishdan maqsad muvozanatda bo’lmagan strukturani muvozanat holatga
keltirishdir. Odatda,
yumshatish deganda buyumni ma’lum haroratgacha qizdirib, pech bilan
birgalikda sovitishga aytiladi.
Yumshatishning quyidagi turlari mavjud:
-
rekristallash;
-
chala yumshatish;
-
to’la yumshatish.
Rekristallash uchun buyum 650–700°C gacha qizdirilib, shu haroratda ma’lum vaqt
ushlab turilgandan keyin pech bilan birga sovitiladi. Bunda ferrit qayta kristallanadi va tsementit
bir oz o’sadi. Materialning plastikligi ortadi. CHala yumshatish uchun buyum GS chizig’idan
10–30°C yuqori haroratgacha qizdiriladi va ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan
birga sovitiladi. Bunday termik ishlovdan maqsad plastina ko’rinishidagi perlitni yumaloq
shaklga keltirishdan iborat. Uning qattiqligi plastinasimon perlitdan bir oz past bo’lsada,
plastikligi yuqoridir.
To’la yumshatish deb donachalarini nisbatan maydalash va qoldiq ichki zo’riqishlarini
kamaytirish maqsadida evtektoiddan oldingi po’latlarni GS chizig’idan, evtektoiddan keyingi
po’latlarni RSK chizig’idan 30–50°C yuqori haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt
ushlab turilgandan keyin pech bilan birga sovitishni aytiladi. Yuqori haroratda ushlab turish vaqti
buyum materialida faza o’zgarishlari yuz berishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Natijada hosil
bo’lgan mayda donali austenit sovishi hisobiga perlit donachalari ham maydalashadi.
Sovitish vaqtini kamaytirish maqsadida austenit eng kam barqarorlikka ega bo’lgan
haroratda to’la parchalanguncha ushlab turiladi. Austenit perlitga to’liq parchalangandan so’ng
asta–sekin sovitiladi. Bunday termik ishlov berish
izotermik yumshatish deyiladi. Bunga to’la
yumshatishga qaraganda 2–3 marta kam vaqt ketadi
Normallash Normallashdan maqsad buyumni keyingi termik ishlov berish uchun tayyorlashdan,
o’rtacha uglerodli po’latlarning esa strukturasini yaxshilashdan iborat. Normallash to’la
yumshatishdan sovitish tezligi bilan farq qiladi.
Normallash deb, po’latlarni GS, SE
chiziklardan
30–50°C yuqori haroratda qizdirib, ma’lum vaqt ushlab turilgandan so’ng havoda sovitishga
aytiladi. Buyumni havoda sovitish tezligi pech bilan birga sovitishga qaraganda kattaroq
bo’lganligi uchun perlitga parchalanish jarayoni pastroq haroratda boradi. Natijada to’la
yumshatishga qaraganda buyum strukturasi maydaroq bo’ladi. SHu sababli buyumning mus-
tahkamligi va qattiqligi 15–20% yuqori bo’ladi. Normallash po’latni termik ishlashning
tayyorlov bosqichi yoki o’rtacha uglerodli po’latlar uchun oxirgi bosqich sifatida qo’llaniladi.