Tibbiyotda axborot texnologiyalari


Sensor paneli va maxsus qalam



Download 9,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/216
Sana31.03.2022
Hajmi9,38 Mb.
#521688
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   216
Bog'liq
Tibbiyotda axborot texnologiyalar darslik Bazarbayev 2018

 

4. Sensor paneli va maxsus qalam 
ham 
sichqonchaga 
muqobil 
qurilma 
hisoblanadi. Bu vosita yordamida qog‗ozga 
qalam yordamida chizish va nuqta qo‗yish 
kabi ma‘lumotlar kompyuter ekraniga kiritiladi. Faqat qog‗oz 
o‗rnida sensor paneli-touchpad va qalam o‗rnida stylus, ya‘ni 
kompyuter maxsus qalamidan foydalaniladi.
 
Kompyuterdan axborotni chiqarish qurilmalari
1. Monitor-
kompyuterdagi matn 
va grafik ma‘lumotlarni tasvirlash 
qurilmasi.
Monitor 
– 
ma‘umotlar 
(videosignalar) ni tasvir orqali aks 
ettirib beruvchi elektron qurilmadir. 
Zamonaviy monitorlar tashqi qobiq 
(korpus), manba bloki, boshqarish 
platasi va ekran kabi qismlardan 
tashkil topadi. Monitor so‗zining o‗rnida «Displey» atamasi ham 
qo‗llanilishi mumkin. Monitorda harflar, raqamlar, belgilar, vektor 
chiziq yoki chiziqlar jamlanmasi, rasmlar, videotasvirlar, ya‘ni 


harakatdagi dinamik tasvirlar bo‗lishi 
mumkin. Monitorlar bir necha xil bo‗lib, 
yillar o‗tishi davomida ularning turi 
ko‗payib, texnik jihatdan takomillashib 
bormoqda. Ularning elektron
 nur trubkali, 
suyuq kristalli, LED va plazmali
turlari 
bor. Monitor, deganda ko‗pchilik to‗g‗ri 
to‗rtburchak shakldagi ekranni tushinishi mumkin. Lekin, aslida, 
oddiy kalkulyatorning displeyi ham monitor sanaladi. Chunki u 
kalkulyator 
ichidagi 
ma‘lumotni foydalanuvchiga tasvir 
ko‗rinishida uzatadi. Hattoki, chorrahalardagi svetofor ham 
monitor (displey)ning bir turidir. Ilk monitorlar televizorga 
o‗xshash bo‗lib uning asosiy qismi shishadan yasalgan trubka 
hisoblanadi.
Monitor qobiliyati gorizontal va vertikal bo‗yicha aks eta 
oladigan tasvirlarning elementlari soni bilan aniqlanadi, masalan: 
640х480 yoki 1024х768 piksellar. Rastorni shakllantirish uchun 
monitorda maxsus signallar ishlatiladi. Skanerlash davrida nur 
siniq chiziq tarzidagitraektoriya bo‗yicha chap yuqori burchakdan 
o‗ng quyi burchakkacha harakat qiladi. Gorizontal bo‗yicha 
nurning to‗g‗ri yurishi qatorli yoyma signali bilan, vertikal 
bo‗yicha esa kadrli yoyma signali bilan amalga oshiriladi. 
Suyuq kristalli monitorlar ruschasiga «jidko-kristallicheskiy» 
deb nomlanadi, ingliz tildagi yozilishi LCD dir (liquid Cristal 
display). Bugungi kunda monitorlar ichida eng keng tarqalgani 
aynan LCD turidir. Bu monitorlar maxsus, me‘yoriy (normal) 
sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir 
еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning 
shaffofligi 
qutblanish 
va 
yorug‗lik 
nurlarining 
sinish 
koеffisientlari o‗zgaradi. Ana shu еffektlar tasvirni shakllantirish 
uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita еlektr 
o‗tkazuvchan shisha plastina ko‗rinishda bajarilgan bo‗lib, 
ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqdikning juda 
yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday еkranlarni orqa yoki yon 
tomondan yoritish uchun yoruyutik manbai sifatida, odatda, sovuq 


katodli flyuorescent lampalar yoki еlektrolyuninescentli panellar 
ishlatiladi.
LCD displeylar dog‗siz yassi ekran va kam ishlatiladigan 
quvvat (bunday displeylarning ba‘zi rusumlari 5 Bt ishlatishadi, 
elektron – nurli trubkali monitorlar esa, – 100 Bг ishlatishadi) 
mavjud. Rang uzatish sifati bo‗yicha faol matritsali suyuqkristalli 
panellar hozirgi kunda elektron nurli trubkali monitorlar 
rusumlaridan o‗zib ketyapti.
Shuni aytib o‗tish kerakki, suyuq kristalli ekranlarning 
qobiliyati elektron nurli trubkalarga qaraganda sust va ular 
qimmatroq turadi. Suyuqkristalli displeylarni bir necha turlari 
mavjud, bular: passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli 
(analogli) va aktiv matritsali rangli (raqamli) eng zamonaviy 
displey. Suyuq kristalli ekranda poryarizatsion yorug‗lik filtri 
ikkita alohida yorug‗lik to‗lqin tug‗diradi va faqat qutblanish 
tekisligi uni o‗ziga parallel bo‗lgan to‗lqinni o‗tkazadi. Suyuq 
kristalli monitorda, birinchi o‗qiga perpendikulyar qilib ikkinchi 
yorug‗lik filtrni joylashtirsak, yorug‗lik o‗tishini to‗liq bartaraf 
etishimiz mumkin (ekran to‗q qora bo‗ladi). Ikkinchi filtr 
qutblanish o‗qini aylantirsak, ya‘ni yorug‗lik filtri o‗qlar orasidagi 
burchakni o‗zgartirsak, yorug‗lik energiyasini o‗tuvchanlik sonini, 
ya‘ni ekran yorug‗ligini ham o‗zgartirishimiz mumkin bo‗ladi. 
LED monitorlar LCD monitorlardan faqat matritsani yoritish 
lampalarini svetodiod bilan almashgani bilan farq qiladi va shu 
bilan monitorni kam quvvat talab qilishiga, ekologik tozaligiga, 
og‗irligini kamayishiga olib keldi. Lekin ishlash printsipi bir xil. 
Hozirda kompuyter foydalanuvchilar orasida juda keng tarqalgan 
monitor turi LED monitorlardir.
Plazma monitorlari boshqa monitorlarga qaraganda tan narxi 
juda qimmat bo‗lganligi sababli hozirgi kunda ishlatilmaydi. 

Download 9,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish