mumkin. Demak, «условие отбора» satri berilgan mezonlarda
ma‘lumotlarni tanlab olish imkonini beruvchi vositadir.
So‘rovlar asosidagi so‘rovlar.
Biz yuqoridagi ko‗rib chiqqanimiz tanlanmaga ko‗ra
so‗rovlar, qaytaramiz, so‗rovlarning eng sodda va keng
qo‗llanuvchi turidir. Mazkur sodda so‗rovlar asosida bajariluvchi
so‗rovlar ham mavjud. Ular quyidagilardir:
Yakuniy so‘rovlar –
Bular ko‗rsatilgan maydon bo‗yicha
arifmetik hisob–kitoblarni amalga oshira oladilar va hisob-
kitoblarning yakuniy natijalarini namoyish etadilar;
Ko‘rsatkichli so‘rovlar –
bu turdagi so‗rovlarning e‘tiborli
joyi
shundaki, tanlab olish mezonini foydalanuvchinnig o‗zi
mazkur so‗rov chiqarilgan paytda kerakli ko‗rsatkichni kiritish
bilan berish mumkin;
Kesishuvchi so‘rovlar
– Bular jadvallar turkumini tahlil qilish
tufayli olingan hisob natijalari asosida natijaviy jadvallar hosil
qiladilar;
O‘zgartirish uchun so‘rovlar –
Bular jadvallar maydonlarini
to‗ldirishning avtomatlashtirilishini ta‘minlaydi.
Yuqoridagi so‗rovlardan tashqari MB serveriga murojaat
etuvchi mahsus so‗rovlardan ham foydalaniladi. Shu o‗rinda
ta‘kidlash lozimki, MB jadvallariga so‗rovlar
aslida maxsus
dasturlash tili–SQL da yaratiladi. Microsoft Access MBBT ning
oddiy foydalanuvchilariga taqdim etayotgan uslub va vositalari
SQL ga murojaat etish holatlariga deyarli o‗rin qoldirmaydi.
Shakllar bilan tanishuv
«Shakllar-Формы» foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib
yurmasdan ularga ma‘lumotlar kiritish imkonini beradi.
Qolaversa, shakllar so‗rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich
joylashgan natijaviy jadval ko‗rinishida emas,
balki chiroyli
bezalgan ko‗rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga ko‗ra, shakl
tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va so‗rov asosidagi
turlari mavjud bo‗lib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda
ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda,
avtomatlashtirish
vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri
avtoshakl
deb
nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi ya‘ni
ustunlardagi
avtoshakl
,
lentali avtoshakl
hamda
jadvalli avtoshakl
deb
ataluvchi turlari qo‗llaniladi.
Ko‗rinib turganidek,
ustunlardagi
avtoshakl
bitta qaydning
barcha maydonlarini o‗zida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi
ma‘lumotlarni kiritish va tahrirlash uchun juda qulaydir.
Avtoshaklning
lentali
turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks
ettirishga mo‗ljallangan bo‗lib, undan natijaviy ma‘lumotlarni
ko‗rgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi
jadvalli
avtoshaklning izohi o‗zi bilandir.
Avtoshaklni yaratish uchun «База данных» oynasidagi
«Формы» panelini ochish kerak va «Создать» tugmasini bosish
kerak. Ekranda paydo bo‗lgan «Новая форма»
nomli muloqot
oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so‗rov
tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda
shakllanadi va ma‘lumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor
turadi.
Ta‘kidlash joizki, avtoshakl faqat bitta obyektga asoslanadi.
Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir
nechta jadvallarning maydonlarini va so‗rovlarini qo‗yish
imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga
bo‗lish mumkin. Bir nechta o‗zaro bog‗langan jadvallardagi
maydonlarga asoslanuvchi,
shuningdek, shakllarning birlash-
masini o‗zida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya
olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko‗rinishi sodda
shaklga misol bo‗ladi.
Avtomatlashtirilgan vositalar qatorida MB ni ishlab chiquvchi
bilan muloqat tartibida shakl tuzilmasini yaratuvchi
«Мастер форм» nomli maxsus dasturiy vosita ham mavjud.
«База данных» oynasidagi «Формы» panelida joylashgan
«Создание формы с помошю мастера»
nomli tugmani bosish
bilan ishga tushiriladi. Shakllar ustasi bilan muloqot jarayonida,
avval, tuzilajak shakl tarkibiga kiruvchi jadvallar va maydonlar
tanlab olinadi, keyin, shaklning tashqi ko‗rinishi, so‗ngra, shaklni
bezash uslubi tanlanadi va nihoyat, shaklning biror nomi ostida
saqlanishi amalga oshiriladi. To‗ldirilgan
shakl tuzilmasini
ko‗rishga kelgusida ehtiyoj paydo bo‗lib qolishi hisobga olinsa,
muloqotni yakunlashdan oldin, «Изменить маркет формы»
doirachasini faollashtirib qo‗yish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: