3.1.7-rasm.
«O‗tish tugmalari paneli»dagi boshqaruv elementlari ko‗p
sonli qaydlardan iborat jadvallar bo‗ylab xarakterlanishda qo‗l
keladi. Mazkur panel jadval quyi qismining chaprog‗ida
joylashgan.
Jadval qaydlar bilan to‗ldirila boshlanganda ko‗zatish
mumkinki, kiritilayotgan ma‘lumotlar katakchalarga har doim
ham «sig‗avermaydi». Bunday holda mazkur katakchani o‗z
ichiga olgan ustun sichqoncha yordamida yoki avtoformatlash
vositasida kengaytirilishi mumkin. Bunda sichqoncha kursori
ustun chegarasiga olib kelinganda shakli o‗zgargach ikki xil yo‗l
tutilishi mumkin: birinchisi, shu turgan holda sichqonchaning
chap tugmasi bosiladi va u qo‗yib yuborilmasdan o‗ng yoki
chapga sichqonchani harakatlantirish bilan ustun kengligi shu
harakatga mos ravishda o‗zgartiriladi; ikkinchisi, sichqoncha
kursorining ustun chegarasi ustida shakli o‗zgarishi bilanoq «ikki
marotaba chiqillatish» qo‗llaniladi. Oxirgi aytganimiz Windowsga
xos usul bo‗lib, u ko‗pgina dasturlarda birday amal qiladi. MB
jadvalining o‗ziga xosliklaridan biri, bu o‗nga kiritilayotgan
ma‘lumotlarning avtomatik tarzda saqlanib qolishi xususiyatidir.
Shunga qaramay, mabodo jadval maketi o‗zgartirilgan bo‗lsa,
MBBT
mazkur
o‗zgartirishni saqlash borasida sizning
tasdig‗ingizni kutadi. Agarda jadval tarkibidagi maydonlar sonini,
ularning xossalarini, bir so‗z bilan aytganda, jadval tuzilmasini
o‗zgartirish lozim bo‗lib qolsa, unda bu jadvalni Konstruktor
rejimida ochmoq kerak. Buning uchun «База данных» oynasining
«Таблицы» elementiga mos «ro‗yxat»dan mazkur jadvalning
belgichasi (piktogrammasi) tanlangan holda «Контструктор»
tugmasi bosiladi. «Контструктор» yordamida jadval yaratish
tezlashadi. Jadvalning samaradorligi MBni loyihalash bosqichida
jadval tuzilmasining qay darajada ishlanganligiga bog‗liq, albatta.
Agar oldindan tayyorgarlik yaxshi yo‗lga qo‗yilgan bo‗lsa, ya‘ni
loyiha puxta o‗ylangan bo‗lsa, Konstruktor loyihaning miqyosi,
kattaligidan qat'iy nazar sanoqli daqiqalarda MB uchun yetarli
hamda qulay bo‗lgan jadval tuzilmasi va maketini yarata oladi.
Jadvallararo bog‗lanishlarni tuzish. MB jadvallari orasida
relyatsion
munosabatlarni
o‗rnatish
MB
tuzilmasi
ishlanayotganda ko‗zda tutulishi kerak. Jadvallararo bog‗lanishni
tuzish uchun zarur bo‗lgan barcha ishlar «Схема данных» nomli
maxsus oynada sichqoncha yordamida amalga oshiriladi. Bu oyna
«
Сервис
»
-
«Схема данных» buyrug‗i bilan ochiladi yoki asboblar
panelida joylashgan tugmachani bosish bilan faollashadi. Hosil
bo‗lgan jadvallararo bog‗lanish «Схема данных» oynasida turli
jadvallarning ikki maydonini bog‗lab turuvchi yo‗nalishli chiziq
ko‗rinishida aks etadi. Bu bog‗lanishda o‗zining tayanch maydoni
bilan ishtirok etayotgan jadval yetakchi hisoblanadi. Bunda
tayanch maydon nomi ko‗zga tashlanib turadi. Ikkinchi jadval
ergashuvchi jadval hisoblanadi. MBning mutasaddisi ma‘lumotlar
butunligini himoyalashga oid ikki yo‗ldan birini tanlashi mumkin:
biri – yetakchi jadvalning tayanch maydonlaridagi ma‘lumotlarni
o‗chirib yuborilishi holatlariga to‗siq qo‗yish; ikkinchisi –
bog‗langan jadvallarda bunday holatlarga muvofiq keluvchi
tartibni o‗rnatib, o‗chirish amallariga ruxsat berish. Odatda, MB
yetarlicha katta va o‗zaro bog‗langan jadvallari ko‗p bo‗lsa, bu
kabi o‗chirish ishlarini «qo‗lda» bajarish anchagina qiyinchilik
tug‗diradi. Shu boisdan ham jadvallararo bog‗lanish kabi
avtomatlash vositalari kerak bo‗ladi. Demak, jadvallar o‗rtasidagi
avtomatik bog‗lanish tufayli: yetakchi jadvalning tayanch
maydonidagi ma‘lumotlarni, mazkur maydonga boshqa bir
jadvalning qandaydir maydonlari «Схема данных» buyrug‗i
orqali bog‗langan taqdirda, o‗zgartirish yoki o‗chirib tashlash
imkoniyati bartaraf etiladi; aks holda, yetakchi jadvalning tayanch
maydonidagi
ma‘lumotlarni
o‗chirib
yuborishda
yoki
o‗zgartirishda mazkur jadvalga ergashuvchi jadvallarning
boshlang‗ich tayanchga maydonlaridagi tegishli ma‘lumotlarning
ham o‗chirib yuborilishi muvofiq holda mutlaqo aynan
o‗zgartirishli avtomatik tarzda ro‗y beradi. Bog‗lanish xossalarini
sozlash uchun «Схема данных» oynasida jadvallardagi
maydonlarni bog‗lovchi chiziqni sichqoncha kursori orqali tanlash
va shu turgan holatda sichqonchaning o‗ng tugmasini bosish bilan
bog‗lanishning kontekstli menyusini ochish hamda undan
«Изменить связ» nomli bandni tanlash kerak bo‗ladi. Shunday
qilinsa, ekranda «Изменение связей» sarlavhali muloqot oynasi
paydo bo‗ladi. Mazkur oynada bog‗langan jadvallarning nomlari
hamda bog‗lanishda ishtirok etayotgan maydonlarning nomlari
aks etadi, shuningdek ma‘lumotlar butunligini ta‘minlovchi
boshqaruv elementlari keltiriladi. Bog‗lanishlarni o‗zgartirishni
ham shu oyna orqali amalga oshirish mumkin.
Bu oynada faqat «
Обеспечение целостности данных
»
kvadratchasi belgilangan bo‗lsa, unda yetakchi jadvalning tayanch
maydonidagi ma‘lumotlar o‗chirib yuborishdan saqlangan bo‗ladi.
Oynada mavjud uchta kvadratchaning hammasi faollashtirilsa,
mos ravishda yetakchi jadvalning tayanch maydonidagi
ma‘lumotlarga o‗zgartirishlar kiritishga va ma‘lumotlarni o‗chirib
yuborishga ruxsat berilgan bo‗ladi, shuningdek, bu o‗zgartirish va
o‗chirib yuborishlar ergashuvchi jadvallarda aynan aksini topadi.
Xulosa qilib aytganda, MBning jadvallari o‗rtasida relyatsion
bog‗lanishlarni
hosil
qilishning
ma‘nosi
ma‘lumotlar
muhofazasini ta‘minlashdan va o‗zaro bog‗langan jadvallarning
biriga o‗zgartirish kiritish orqali boshqa barchasida birvarakayiga
o‗zgartirishlar kiritishga erishishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |