3.1.5-rasm.
Jadvallar – har qanday MBning asosiy obyektlari hisoblanadi.
MBda saqlanishi kerak bo‗lgan barcha ma‘lumotlar jadvallarga jo
bo‗ladi, shuningdek, jadvallar maydonlardan, maydonlarning
turlari va xossalaridan iborat tuzilmani – MB tuzilmasini ham
o‗zlarida ifoda etadilar.
So‗rovlar
kerakli
ma‘lumotlarni
MB
jadvallaridan
foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab beruvchi vositadir. So‗rovlar
yordamida MB jadvallari ustida ko‗pgina amallar bajariladi, ya‘ni
so‗rovlar orqali ma‘lumotlarni saralash, ya‘ni filtrlash,
ma‘lumotlarni berilgan tartibda o‗zgartirish, ma‘lumotlar ustida
hisob-kitoblar, jadvallarni boshqa manbalardan avtomatik tarzda
chaqirib olingan ma‘lumotlar bilan to‗ldirish kabilar amalga
oshiriladi. Aytilgan amallarning aksariyatini bevosita MB
jadvallarining o‗zida ham bajarish mumkin. Lekin bunda ko‗proq
mehnat, ko‗proq vaqt sarf bo‗ladi. So‗rovlar esa ishlash tezligi va
MB xafsizligi nuqtai nazaridan ham qulaydir.
Shakllar
MBga
yangi
ma‘lumotlarni kiritish hamda
mavjudlarini
ko‗rib
chiqishga
mo‗ljallangan
vositadir.
Foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat etilgan maydonlargagina
ma‘lumot kirita oladi. Loyihachilar esa ma‘lumot kiritishni
tezlatish, avtomatlashtirish maqsadida shaklga maxsus boshqaruv
elementlarini
(schetchiklarni,
doirachalar,
kvadratchalar,
yoyiluvchi
ro‘yxatlar
va boshqalarni joylashtiradi. Shaklarning
avzalliklari ma‘lumotlarni to‗ldirilgan blanklar orqali kiritish
amalga oshirilganda yana-da yaqqol namoyon bo‗ladi. Bu holda
tayyor blankdagi barcha narsalar (bezaklar va boshqalar) grafik
vositalar ko‗magi bilan shaklda mutloqo aynan aks ettiriladi.
Demak shakllar yordamida nafaqat ma‘lumotlar kiritilar ekan,
balki ularda MB dagi mavjud qoydalar ko‗rgazmali tarzda aks
ettirilar ham ekan.
Hisobotlar – o‗zlarining xossalari va tuzilishiga ko‗ra ko‗proq
shakllarga o‗xshab ketadi. Hisobotlar bazadagi ma‘lumotlarni
qog‗ozga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shu boisdan, ular boshqa
obyektlardan,
chop
etiluvchi
ma‘lumotlarni
turkumlash
imkoniyatlari borligi bilan, shuningdek, boshqa hujjatlarga xos
bo‗lgan yuqori va quyi kalontitullar, sahifa raqamlari, hisobot
tuzilgan sana hamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish
elementlarini ham asosiy ma‘lumotlar qatori qog‗ozga chiqarish
uchun mo‗ljalangan alohida jihatlari mavjudligi bilan ajralib
turadi.
Sahifalar – aslida «ma‘lumotlarga kirish sahifalari» deb
atalivchi bu obyekt Internetda WWW xizmatining juda ham tez
omaviylashuvi natijasida hosil bo‗lgan desak yanglishmaymiz. Bu
obyekt Web – sahifada joylashadi va u bilan birga
foydalanuvchiga uzatiladi.
Makroslar MBBT bilan ishlash jarayonida ko‗p marotaba
takrorlanuvchi amallarning bajarilishini avtamatlashtirish uchun
qo‗llaniladi.
Modullar VBA (Visual Basic for Applications) tilida
yaratiladi. Modullar yordamida MB ning funksional imkoniyatlari
kengaytirilishi,
MB
buyurtmachisining
mahsus
talablari
qondirilishi, MBBT ning ishlash tezligi hamda himoyalanganlik
darajasi yahshilanishi mumkin.
Endi Microsoft Accessda MB ning asosiy obyektlarini ishlab
chiqish vositalari bilan tanishamiz. «Obyekt ustalari» dan
soddaroq hollarda esa yanada tez natija beruvchi avtoshakl,
avtohisobot kabi vositalardan foydalaniladi. Urganish maqsadida
baza jadvalini tuzish, so‗rov, shakl yoki hisobot yaratish,
ma‘lumotlarga kirish sahifasini hosil qilish uchun bu vositalarni
har birini qo‗llab ko‗rishni tafsiya etamiz.
«Ustalar»dan foydalanish jadval hamda so‗rovlar tuzishni
tezlashtirilsada, MBBT ning tushuncha va usullarini o‗zlashtirish
uchun ulardan ko‗ra ko‗proq
Konstruktor rejimi
qo‗l keladi.
Shakl, hisobot va «ma‘lumotlarga kirish sahifalari»ni hosil
qilishda esa, aksincha, Konstruktor rejimiga nisbatan «Ustalar»
samaraliroqdir.
Chunki,
bu
obyektlarni
mazmun
bilan
to‗ldirishdan ko‗ra ularga ko‗rk berish ko‗proq mehnat talab etadi.
Microsoft Accessning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash uning
«База данных» nomli muloqot oynasi orqali boshlanadi. Mazkur
muloqot oynasining chap panelida Microsoft Access obyektlariga
kirishni faollashtiruvchi boshqaruv elementlari mujassamlashgan.
Jadvallar bilan tanishuv. Jadvallar hosil qilish kiradi.
Jadval-tablitsa hosil qilish uchun avvalo «База данных»
oynasidagi «Таблицы» nomli boshqaruv elementini tanlashimiz
kerak. So‗ngra, bu elementni tanlash tufayli faollashgan paneldan
mavjud uchta boshqaruv elementidan birini, ya‘ni «Создание
таблицы в режими конструктора», «Создание таблицы с
помошю мастера» va «Создание таблицы путем ввода
данных» deb nomlangan belgichalardan birini tanlaymiz
Do'stlaringiz bilan baham: |