O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: Magistratura bo‘limi Kafedra: Xalqaro turizm va turizm servisi «Himoyaga tavsiya etildi»


-rasm “Bog’ibaland turizm mahallasi”



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/42
Sana31.03.2022
Hajmi2,2 Mb.
#521401
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
oilaviy mehmon uylari xizmatlarini takomillashtirish yollari samarqand viloyati misolida.

3.3.4-rasm “Bog’ibaland turizm mahallasi”
35
 
Ayni 
damda mahallada sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi
yo‘nalishlarning talab darajasida bo‘lishi hamda qiziqarli turistik dastur yaratishga 
doir ishlar boshlangan. Jumladan, huddudagi anjir yetishtiruvchi fermer 
xo‘jaliklari tomonidan sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 
bog‘ hududida (tabiatga zarar yetkazmaslik sharti bilan) dam olish burchaklarini 
tashkil etish boshlab yuborilgan. Milliy anʼanalarga asoslangan shiyponlar, 
chorpoyalar qurilishi shular jumlasidandir. Bog‘da tabiat qo‘ynida milliy taomlar 
pishirish hamda tanovul qilish uchun ham barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bu yerga 
tashrif buyuruvchi sayyohlar bog‘dagi 200-300 yillik anjir daraxtlari bilan 
tanishish barobarida anjir terish jarayonida bevosita ishtirok etishlari mumkin. 
Anjir mevasi bir yilda ikki marta hosil berishini hisobga olgan holda iyun hamda 
sentyabr oylarida “Anjir sayil”lari o‘tkazilishi belgilab olindi. Sayilda anjir va 
undan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, taniqli sanʼatkorlar, folklor jamoalar 
tomonidan ko‘ngilochar dasturlar ham namoyish qilinadi. Mahalla aholisi anjir 
mevasini quritish, undan turli murabbolar tayyorlash bilan ham shug‘ullanadi. 
35
 
https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=1142
 


Sayyohlar mahalliy xonadonlarga tashrif buyurib, anjir va undan tayyorlangan 
mahsulotlarni tayyorlash sirlari bilan yaqindan tanishishlari hamda ularni sotib 
olishlari mumkin bo‘ladi. Hudud infratuzilmasini yana-da yaxshilash esa alohida 
ahamiyat kasb etadi. 2019 yilda Bog‘ibaland mahallasining anjirzorlariga eltuvchi 
ichki yo‘llari to‘liq taʼmirlandi. Mahallada savdo majmuasi, ovqatlanish 
shoxobchalari, 
maishiy 
hizmat 
ko‘rsatish 
obyekti, 
sanitar-gigiyenik 
shoxobchalarining talab darajasida mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat 
ko‘rsatishiga oid barcha ishlar rejalashtirib olingan. Shuningdek mahallada bepul 
Wi- Fi hududlari ham tashkil etiladi. Bog‘ning o‘rtasida tarixiy tepalik joylashgan 
bo‘lib, ushbu tepalikdan bog‘ hamda tarixiy mahalla aholisining turmush tarzini 
kuzatish imkoniyati mavjud. Mahalla hududida turistik salohiyatdan foydalanish 
samaradorligini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash maqsadida mehmon 
uylari, mahalliy aholining urf-odatlarini namoyon etuvchi animatsion markazlar, 
maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bundan 
tashqari, ushbu mahalla hududida sanoat turizmi salohiyatiga ega gilam ishlab 
chiqarish zavodi va tibbiyot turizmi obyektlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu kabi 
“Turizm mahalla”sini tashkil etish mamlakatimizda, jumladan Samarqanddagi 
turistik yo‘nalishlarning xilma-xilligini taʼminlash, sayyohlarning mamlakatimizda 
qolish muddatini uzaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘lida xizmat 
qiladi. Maʼlumot uchun: Bog‘ibaland sohibqiron Amir Temur asos solgan va 
bugungi kungacha saqlanib qolgan mashhur bog‘lardan hisoblanadi. U eski 
Ko‘hak, hozirda Cho‘ponota deb ataladigan tepalikning yon bag‘rida, shaharning 
shimoliy qismida, Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘ida joylashgan. Anjirlarni 
yetishtirish, parvarishlashning alohida sir-asrorlari mavjud bo‘lib, u avloddan-
avlodga o‘tib kelmoqda. “Boburnoma”da mazkur hududda Amir Temurning 
suyukli nabirasi, Mironshohning qizi Oqabegimga atab “Bog‘ibaland” bog‘i barpo 
etilgani va unda to‘kin anjirzorlar borligi yozilgan
36
Shu o’rinda yana bir masalaga 
to’xtalib o’tmaslikning iloji yuq deb bildi ya’niy bu butun jahondagi global 
muammo COVID 19. Pondimiya turizm sohasiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatmay 
36
 
https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=1142
 


qolmadi, lekin muxtaram yurt boshimiz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun 
turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga 
koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan 
chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi, 
jamoat tashkilotlari va turizm sohasi subyektlarining · belgilangan sanitariya-
gigiyena meʼyorlari va talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020-yilning 1-iyunidan 
“yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizmni qayta yo‘lga qo‘yish bilan 
birgalikda yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish 
vositalari, madaniyat va madaniy meros obyektlari hamda boshqalar) faoliyatini 
boshlash fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasiga kirishga ruxsat etiladigan 
mamlakatlar ro‘yxatini belgilab olgan holda tashqi turizmni bosqichma-bosqich 
qayta tiklashga doir takliflari ma'qullandi. Turoperatorlar, turagentlar, shuningdek 
joylashtirish vositalari uchun 2020-yil 1-iyundan 31-dekabriga qadar foyda solig‘i 
stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi; ·
2020 va 2021-yil yakunlari bo‘yicha zararlarni O‘zbekiston Respublikasi 
Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda o‘tkazish 
huquqi beriladi; 2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) 
yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi. Joylashtirish vositalariga alkogol 
mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yig‘imni to‘lashni 
2021-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga soliq organlarini xabardor qilish va 
keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda to‘lash asosida foizsiz 
kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etiladi. 
-joylashtirish vositalariga har bir yotoq o‘rni uchun bazaviy hisoblashning 
besh baravari miqdorida; 
Davlat tomonidan quyidagi qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatiladi: Tadbirkorlik 
faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari 
hisobidan quyidagilarni subsidiyalash - joylashtirish vositalarini qurish uchun 
tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar bo‘yicha 2020-yil 1-martdan 1-


iyungacha bo‘lgan davrda turizm sohasi subyektlarining foiz xarajatlari- 
joylashtirish vositalarini qurish uchun turizm sohasi subyektlariga avval berilgan 
kreditlar bo‘yicha 2020-yil 1-iyundan 2022-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda foiz 
xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik 
punktdan ortiq bo‘lmagan qismi b) 2020-yil 1-iyundan 2021-yil 31-dekabrga 
qadar joylashtirish bo‘yicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi 
miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash;2022-yil-1 yanvarga qadar 
yuridik shaxslar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dezinfeksiya ishlarini olib 
borish uchun jihozlar, texnikalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, bino va 
inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun aloqasiz 
boshqariladigan (sensorli) jihozlar, shuningdek, hidsiz dezinfeksiyalovchi vositalar 
uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar 
va qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) ozod etiladi. 
37

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish