yaxshilashga bel bog‘laydi, ular bunga shay. Bundan avval Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov
ham O‘zbekiston
Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning Facebook sahifasi orqali uzatilgan intervyusida O‘zbekistonda
turistik infratuzilma borasida ma'lum bir kamchiliklarga duch kelinayotgani, yaqin
1,5-3 yilda hal qilish kerak bo‘lgan masala - joylashuv vositalarini keskin
ko‘paytirish ekanini ta'kidlagan edi.Biz turistlar oqimi oshib borayotganini ko‘rib,
bu biznesga kirishga harakat qilayotgan xo‘jalik sub'yektlarini ko‘ryapmiz. Ular
mehmonxonalar, xostellar, mehmonxona uylarini qurishmoqchi. Bu yo‘nalishda
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan qator rag‘batlantiruvchi
choralar ishlab chiqilgan. Chet ellik sarmoyachilar bizdan birinchi bo‘lib ular
qo‘lga kiritayotgan yer uchastkalari ularga xususiy mulk sifatida
rasmiylashtirilishiga doir imtiyozni so‘rashadi. Ayni damda biz hukumatga shu
jumladan mehmonxona qurilishi uchun beriladigan yer xususiy bo‘lishini ko‘zda
tutuvchi hujjatlar paketini taqdim qilyapmiz. Yana bir imtiyoz
esa import jihozlarni
(mebellar, qurilish materiallarini) hech qanday cheklovlarsiz olib kirishni ko‘zda
tutadi. Xuddi shu hujjat bilan franshizalarni jalb qilayotgan ishbilarmonlarga ham
imtiyozlar yaratmoqchimiz. Shu munosabat bilan franshizalarni jalb qiluvchi
xo‘jalik sub'yektlari xarajatlarining bir qismi qandaydir tarzda kompensatsiya
qilinishi rejalashtirilgan. Turkiyada 1980-1990-yillarda mehmonxonalar sonini
keskin oshirish yo‘lida amalga oshirilgan choralardan biri - mehmonxona qurilishi
va ishga tushgandan keyin xarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinishi. Biz
ham shunday sxema - O‘zbekistonda yangi mehmonxonalar qurilishini
rag‘batlantirish ustida bosh qotiryapmiz. Huquqiy
maydon haqida gapiradigan
bo‘lsak, bugungi kunda bizda Turizm to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi
tayyorlangan.
Bu
qonunda
turizm
mamlakat
iqtisodiyotining
asosiy
yo‘nalishlaridan biriga aylanishi uchun ishbilarmonlar faoliyatiga yanada ko‘proq
erkinlik va qo‘shimcha rag‘bat beruvchi yangi normalar, yangi qoidalar ishlab
chiqiladi.
11
Mehmonxona – bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon
11
https://m.kun.uz/uz/news/2018/04/30/memonhonalar-bilan-boglik-muammolarni-bartaraf-etisda-turkia-
tazribasidan-fojdalaniladi
sodirbo‘luvchi bino (yoki binolar majmui) bo‘lib,
unda mijozlarga nomerlar
(yokinomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek mehmonxona mahsulidan shinam,
qulayva xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi
kafolatlanadi. Zamonaviy mehmonxona faqat yashash joyi bo‘lib xizmat
qilmaydi.Ko‘pincha nomerlar fondining bir qismidan firmalar va muassasalarning
ofislari, vaqtinchalik vakolatxonalari sifatida ham foydalaniladi. Mehmonxona
ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga (mehmonxona
xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi narx-navoga qarab
ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Bundan 100 yil oldin
joylashtirish korxonalarining faqat ikki turi mavjudbo‘lgan:
- jamiyatning oily tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar;
- aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar.
Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bo‘lgan odamlarda tanlash imkoniyati
bo‘lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan
foydalanuvchilarga
joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy
klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar,
kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o‘z didi va puliga qarab o‘zi uchun
ma‘qul variantni tanlash imkoniyatiga ega. Shu bilan bir qatorda oilaviy mehmon
uylari dunyoning barcha burchaglariga kirib bormoqda. Har bir mamlakatning
o’ziga xos urfu odatlari va sharoitlari mavjud bo’lib shular jumlasida qo’yidagi
xorij mehmon uylarini misol qilib ko’rib chiqishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: