140
2.59-rasm.Shamollatish fonarlarining turlari
a-shamoldan ximoyalanuvchi panellari bor yorug‘lik fonari; b-KTIS fonari
v-PSK-2 fonari; g-Gipromeza fonari; d-Baturina fonari.
141
2.10.Sanoat binolarining pollari.
Pollar konstruktiv element hisoblanib, ular har doim ekspluatatsiya ta’siri ostida
bo‘ladi. Pollarning narxi bir qavatli sanoat binosi narxining 5-25% ko‘p qavatli
sanoat binolarida esa 5-12 foizni tashkil qiladi. Ularni QMQ “pollar,
loyihalash
me’yorlari” talablari bo‘yicha loyihalanadi.
Pollarning turlari va konstruktiv yechimlarini tanlashda, avvalambor ularga
ta’sir etadigan ishlab chiqarish harakteri va
ekspluatatsiya mustahkamligini, hamda
uning xizmat muddatini oshirishni ta’minlovchi talablar bajarilishi kerak. Shuning
uchun ham sanoat binolari pollari yuqori mustahkamlikka ega bo‘lishi, tekis va silliq
yuzaga ega bo‘lishi sirpanmaydigan bo‘lishi, yaxshi elastiklikka ega bo‘lgan
(buyumlarni
urilishidan
shikastlanmaydigan),
ovoz
chiqarmaydigan,
suv
o‘tkazmaydigan, o‘tga
chidamli, tajovuzkor ximoyali moddalar ta’siriga chidamli,
kerak bo‘lganda tez almashtirish va kam mehnat sarfi bilan ta’mirlanishi, industrial
oson tozalanuvchi va o‘z ko‘rinishini uzoq vaqt saqlab turuvchi bo‘lishi kerak.
Odatda birinchi qavat pol sathi uchastka maydonini
rejalashtirilgan belgisidan
150mm yuqori bo‘lishi kerak. Yer osti suvlari satxi yuqori bo‘lgan hollarda pol satxi
rejalashtirilgan belgisidan 500mm gacha yuqori ko‘tarilishi mumkin. Pollar yopma
ashyolar bo‘yicha nomlanadi. Yopma konstruksiyasi va ularni o‘rnatish usuliga ko‘ra
donali yoki yaxlit turlarga ajratiladi (2.60-rasm).
Bir qavatli sanoat binolarida pollarni odatda to‘g‘ridan to‘g‘ri asos tuprog‘iga,
ko‘p qavatli binolarda esa qavatlar aro yopma ustiga o‘rnatiladi.
Tuproq ustiga o‘rnatiladigan pol tarkibiga asos, to‘shama qatlam,
pol yopmasi
kabi konstruktiv elementlardan iborat bo‘ladi. Boshqa qatlamlar talabga ko‘ra
o‘rnatilishi mumkin. Bir qavatli bino pol osti vazifasini tabiiy tuproqlar bajarishi
mumkin. bo‘sh tuproqli asoslarni yuk ko‘tarish qobilyatini oshirish maqsadida ularga
shag‘al yoki chaqiq toshlar aralashtirilib, mahsus
mashinalar yordamida yoki
qurilmalar yordamida shibbalanadi.
142
To‘shama qoplama yukni asosga tarqatib beradi va uning turi tanlangan yopma
ko‘rinishiga va texnologik talablarga bog‘liq bo‘lib qalinligi tushayotgan yuk va asos
xaakteriga bog‘liq bo‘ladi va uning qalinligi 80-250mm qilib olinadi.
Yaxlit pollarga tuproqdan, shag‘al va chaqiq toshdan,
betondan va sement
qumdan, mozaika va metallosementdan, asfaltbetondan,
ksilolitli va boshqa
ashyolardan ishlangan pollar kiradi.
Tuproqdan yasalgan pollarni issiq sexlarda o‘rnatiladi. Pol yopmasi tuproq, qum
va suv aralashmasidan iborat bo‘lib to‘shama qatlam vazifasini ham o‘zi bajarishi
mumkin, agarda bunday aralashmalarga 2-3% yog‘ moddasi va 55-65% shag‘al yoki
chaqiq tosh qo‘shilsa, yuqori darajali mexanik sifatlarga ega bo‘lgan tuproq pollarga
ega bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: