1.10. Yevropa va AQSh patent idorasi va huquqchiligi
1.10.1. Yevropa va AQSh patent idorasi va patentni olish.
118
1.10.2. Shartnomalar va bitimlar.
1.10.1. Yevropa va AQSh patent idorasi va patentni olish
XX asrning ikkinchi yarmida arbiy Yevropa mamla
Ғ
katlari o’rtasida iqtisodiy
integrastiyaning kuchayishi yagona Yevropa patent tizimining tuzilishini ob’ektiv
tarzda taqozo
etdi. Yagona Yevropa patent tizimini tuzish g’oyasi 1973 yil 5
oktyabrida Myunxenda Yevropa patent konvenstiyasi deb nom olgan Yevropa
patentini berish to’g’risidagi Konvenstiya tuzilganda amalga oshdi. Bu
Konvenstiya RST bilan bir vaqtda 1978 yil 1 iyundan kuchga kirdi.
2001 yil 1 yanvardagi holatga ko’ra Yevropa konvenstiyasining
ishtirokchilari quyidagi davlatlar hisoblanadi: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Grestiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Lixtenshteyn,
Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Portugaliya, Turkiya, Finlyandiya,
Franstiya, Shveystariya, Shvestiya.
Bundan tashqari, Yevropa konvenstiyasiga Albaniya, Latviya, Litva,
Makedoniya, Ruminiya va Sloveniyaning qo’shilishi kutilmoqda.
Yevropa patent konvenstiyasi ixtiro uchun Yevropa patentini berishning
yagona tartiblarini belgilaydi. RSTdagi kabi, Yevropa patenti uchun talabnomada
Konvenstiya ishtirokchi davlatlarining hammasi emas, balki ba’zilari ham
ko’rsatilishi mumkin. Berilgan Yevropa patenti unda ko’rsatilgan barcha davlatlar
hududida milliy patent kuchiga ega.
Yevropa patent tizimining Konvenstiyaga muvofiq amal qilishi uchun
Yevropa patent idorasi (EPI yoki ingliz abbreviaturasida ERO) tuzilgan bo’lib, u
talabnomalarni qabul qiladi va ko’rib chiqadi hamda Konvenstiya ishtirokchi
davlatlarining nomidan Yevropa patentlarini beradi. Eslatib o’tamiz, EPI
shuningdek RST tizimi bo’yicha Xalqaro qidiruv va Xalqaro dastlabki
ekspertizaning organlaridan biri hisoblanadi.
Tuzilishiga ko’ra EPI to’rt bo’linmadan iborat.
•
EPIning Myunxen (Germaniya)dagi Bosh ofisi yoki shtab kvartirasi.
Bu erda Yevropa patentlari uchun talabnomalarning mohiyatiga ko’ra ekspertizasi
o’tkaziladi, patentlar ro’yxatga olinadi va beriladi, appelyastiya tartiblari ko’rib
chiqiladi;
•
EPIning Gaaga (Niderlandiya)dagi Sub-ofisi yoki filiali. Bu
bo’linmaning funkstiyalari Yevropa talabnomalarini rasmiy espertiza qilish va
patent qidiruvini o’tkazishdan iborat. Shuningdek, Gaagada EPI uchun xodimlar
tayyorlanadi va o’qitiladi;
•
Berlindagi Sub-ofis Yevropa talabnomalarini qabul qilish va ular
bo’yicha rasmiy ekspertizalarni o’tkazish masalalari bilan shug’ullanadi;
•
Vena (Avstriya)dagi Sub-ofis patent axboroti masalalariga
ixtisoslashgan. Xususan, Venada EPIning turli nashrlari optik disklarda nashr
qilinadi, patent xujjatlarining elektron ma’lumotlar bazasi tarqatiladi va ularga
xizmat ko’rsatiladi va hokazo.
Yevropa patentini berish to’
g’
risidagi Konvenstiyaning asosiy nizomlarini
ko’rib chiqaylik.
119
Konvenstiyaga muvofiq Yevropa patenti uchun talabnoma fuqaroligi va
turar joyidan qat’i nazar ixtiyoriy (jismoniy yoki huquqiy) shaxs tomonidan
berilishi mumkin.
Patent uchun talabnoma Parij Konvenstiyasiga muvofiq konvenstiya
imtiyozini so’ragan holda berilishi mumkin. Yevropa patent konvenstiyasining
barcha ishtirokchilari RSTning ham ishtirokchilari hisoblanishi bois, talabnoma
beruvchilar Yevropa patentini RST tartibi orqali so’rashi, ya’ni xalqaro talabnoma
berishda Yevropa patentini olishni ko’rsatishi mumkin.
Yevropa patentini olish tartibi uch fazani o’z ichiga oladi:
1. EPI filiallaridan biriga EPI rasmiy tillari (ingliz, franstuz yoki nemis
tili)dan birida to’g’ri to’ldirilgan talabnomani berish. Ixtiro formulasini bayon
etishning mavjud barcha usullaridan Yevropa Konvenstiyasi cheklovchi va
farqlovchi qismlardan iborat bo’lgan Germaniya sxemasi deb ataladigan usulni
tanlaganligini ta’kidlab o’tamiz. Tegishli bojlarning to’langanligi talabnomaga
ilova qilinishi kerak.
Berilgan talabnoma bo’yicha rasmiy ekspertiza o’tkaziladi va talabnoma
zarur talablarni qondirsa, u bo’yicha Yevropa patent qidiruvi o’tkaziladi. Birinchi
faza Yevropa patent talabnomasi (tavsifi, formulasi va chizmalari)ning uning
referati va Yevropa qidiruvi to’g’risidagi hisobot bilan birgalikda nashr etilishi
bilan yakunlanadi. Odatda, talabnomani nashr qilish talabnoma berilgan vaqtdan
18 oy, agar imtiyoz so’ralgan bo’lsa imtiyoz davridan o’tgandan keyin amalga
oshiriladi.
2. Talabnoma nashr qilingan sanadan keyin 6 oy davomida talabnoma
beruvchi mohiyatiga ko’ra ekspertiza uchun bojlarni to’lashi va uning
o’tkazilishiga talabnoma berishi kerak.
EPIga yuqorida ko’rsatilgan iltimosnomaning kelib tushganidan so’ng
talabnoma, bo’yicha ixtironing patentga layoqatlilik mezonlariga mosligini
ekspertizadan o’tkazish boshlanadi. Konvenstiyaga muvofiq yangililik, ixtiro
darajasi va sanoatda qo’llashning mumkinligi bunday mezonlar hisoblanadi.
Yevropa patentiga tavsifni nashr qilgandan so’ng EPI talabnoma beruvchiga
ixtiro tavsifini o’z ichiga oluvchi Yevropa patent yorlig’ini beradi.
3. Uchinchi faza berilgan patentlarga uchinchi shaxslarning arz (protest)ini
ko’rib chiqish tartiblaridan iborat bo’lib, ular patent berilganligi to’g’risidagi
ma’lumotlar nashr qilingandan keyin 9 oy davomida berilishi mumkin.
Bunday ko’rib chiqishning natijasi arizaning qaytarilishi, patent berish
to’g’risidagi qarorni bekor qilish yoki talabnoma beruvchi arizasini ko’rib chiqish
jarayonida tegishli o’zgartirishlarni kiritsa, patent berish to’g’risidagi qarorni
o’zgartirish bo’lishi mumkin. Ariza bo’yicha qabul qilingan qaror to’g’risida
ma’lumot e’lon qilinadi va ixtironing yangi tavsifi nashr qilinadi. Shundan so’ng
EPI patent egasiga yangi patent yorlig’ini beradi.
Yevropa patent tizimi taraqqiyotining ijobiy tajribasi boshqa davlatlar uchun
teng xuquqli hamkorlik va integrastiyaning foydali misoli hisoblanishini ta’kidlab
o’tish joizdir.
AQSh patent xuquqining xususiyatlari.
AQShdagi patent xuquqi chuqur tarixiy an’analarga ega. Amalda
120
mustaqillikning birinchi qadamlaridan (1783 yildan) AQShda samarali patent
tizimi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining rag’batlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
1787 yilda qabul qilingan Konstitustiyasining o’zida "Muallif va ixtirochilarga
tegishli adabiy asarlar va ixtirolarga mutlaq xuquqlarni cheklangan vaqt davriga
berish bilan ilm-fan va foydali san’at taraqqiyotiga ko’maklashishga ... Kongress
xaqlidir" deb yozilgan edi. Shunga muvofiq, AQSh Kongressiga patent qonunini
chiqarish va qayta ko’rib chiqish vakolati berilgan.
Patent egasining mutlaq xuquqini va tekshiruv tizimini mustahkamlagan
AQShning birinchi patent qonuni 1790 yilda qabul qilingan. Shundan so’ng 1793
yilda bu qonun patentlarni berish tartiblarini soddalashtirib qayta ko’rib chiqilgan.
Natijada 1836 yilda Amerika patent-huquq tizimining asosiy belgi va
xususiyatlarini belgilatan yangi patent qonuni qabul qilindi. Shundan beri patent
qonuni bir necha bor takomillashtirildi, lekin uning xarakterli jihatlari AQSh
zamonaviy patent xuquqida saqlanib qoldi.
AQShning bosh patent tashkiloti Patent va tovar belgilari bo’yicha AQSh
Idorasi hisoblanib, tuzilishi jihatidan AQSh Tijorat departamenti (savdo vazirligiga
o’xshash) tarkibiga kiradi. Bu Idora jahonning boshqa mamlakatlaridagi patent
idoralariga o’xshash funkstiyalarni bajaradi, xususan, talabnomalar ekspertizasini
o’tkazadi, patentlar beradi, patent ma’lumotini nashr qiladi va hokazo. Apelyastiya
masalalarini hal qilish uchun 1982 yil 1 oktyabrdan patent huquqi nizolari bilan
bog’liq barcha appelyastiyalarni ko’rib chiqish bo’yicha yagona sud
hisoblanadigan Federal apelyastiya sudi (Sourt of Arrea1s fog Federal Sircuit)
faoliyat ko’rsatadi.
Shubhasiz, AQSh patent xuquqining muhim xususiyati unda sud prestedenti
kabi xuquq manbaining mavjudligi hisoblanadi. Bunday prestedent kuchga kirgan
sud qarorining asoslangan qismidan iborat bo’lib, bu shunga o’xshash ishlarni
o’sha yoki pastki instanstiyadagi sudlarda ko’rib chiqishda me’yor bo’ladi. Bunday
tizim boshqa ko’pchilik mamlakatlar, masalan, Yevropa, sobiq SSSR mamlakatlari
(jumladan O’zbekiston) xuquq tizimlaridan tubdan farq qiladi. Prestedent
xuquqining mantiqiy xayotda yuzaga keladigan barcha xuquqiy vaziyatlar
(nizolar)ni qonunan oldindan bilish mumkin emasligini tan olishdan iborat. Faqat
sud jarayonlarida, haqiqiy vaziyatlar asosida muammoni hal qilishning eng to’g’ri
yo’llarini belgilash mumkinki, ular prestedent, ya’ni boshqa o’xshash vaziyatlar
uchun me’yoriy hujjat bo’ladi.
AQSh patent xuquqining boshqa muhim jihati patentlarni talab qilishiing
ixtiro tizimi hisoblanadi. AQSh patent qonuniga muvofiq faqat birinchi va haqiqiy
ixtirochi patent olishga talabnoma berishi mumkin. Boshqa shaxslar, masalan,
ixtirochining ish beruvchisi, talabnoma berish xuquqiga ega emas. Patent olishga
talabnoma berish uchun xar bir talabnoma beruvchi o’zini patent sњrab
olinayotgan ob’ektning xaqiqiy va birinchi ixtirochisi deb xisoblashi to’g’risida
maxsus deklarastiyani to’ldirish kerak Bunday deklarastiya notarius yoki boshqa
vakolatli shaxs ishtirokida ro’yxatga olinadigan maxsus qasamyod bilan
almashtirilishi mumkin. AQShda deklarastiya yoki qasamyodda yolg’on
ma’lumotlar berganlik uchun javobgarlik belgilangan. Odatda, yolg’onning
aniqlanishi patent berishda avtomatik tarzda rad javobiga, qasddan yolg’on
121
ma’lumot berish holatlari esa pul jarimalari to’lanishiga yoki 5 yil muxlatgacha
qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.
Hozirgi vaqtda AQShda patentning uch turi beriladi: ixtiro uchun patent
(utility patent) sanoat namunasi uchun patent (design patent) va seleksiya yutug’i
uchun patent (plant ratent).
AQSh patent xuquqining ajralib turadigan jihati shundan iboratki, ixtiro
uchun patentning amal qilish muddati imtiyoz sanasidan emas,
Do'stlaringiz bilan baham: |