Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

elektron raqamli imzo
- elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
o‗zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‗qligini aniqlash va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo; 
o
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti
- elektron raqamli imzo 
vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qo‗yuvchi shaxsning 
o‗ziga ma‘lum bo‗lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun 
mo‗ljallangan belgilar ketma-ketligi; 
o
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti
- elektron raqamli imzo 
vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq 
kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana 
oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash 
uchun mo‗ljallangan belgilar ketma-ketligi. 
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga 
solishni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat 
bergan organ amalga oshiradi. 
Maxsus vakolatli organ: 
42
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2015 йил 23 августдаги 181-I сонли «Электрон 
рақамли имзо тугрисида»ги Фармони.


271
o
elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va 
qoidalarini ishlab chiqadi; 
o
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‗yxatga olish markazlarini 
(bundan buyon matnda ro‗yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazadi; 
o
ro‗yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron 
raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reestrini yuritadi hamda 
yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta‘minlaydi; 
o
ro‗yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli 
imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi; 
o
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro‗yxatga olish 
markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini 
tasdiqlaydi; 
o
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan 
takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini 
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖
43
gi 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son 
Farmonining ijrosini ta‘minlash, tadbirkorlik sub‘ektlariga ―yagona darcha‖ 
tamoyili bo‗yicha davlat xizmatlarini ko‗rsatish tartibini yanada takomillashtirish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasi 864-sonli qaror qabul qildi, unda quyidagi 
vazifalar belgilandi
44

O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi va O‗zbekiston Savdo-sanoat palatasi bir oy muddatda: 
tadbirkorlik sub‘ektlariga ―yagona darcha‖ tamoyili bo‗yicha davlat 
xizmatlari ko‗rsatish yagona markazlari orqali elektron raqamli imzolar kalitlarini 
43
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Солиқ маъмуриятчилигини тубдан такомиллаштириш, 
солиқлар ва бошқа мажбурий тўловларнинг йиғилувчанлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида‖
43
ги 
2017 йил 18 июлдаги ПФ-5116-сон Фармони.
44
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 864-сонли қарор ―тадбиркорлик субъектларига 
―ягона дарча‖ тамойили бўйича давлат хизматларини кўрсатиш тартибини янада такомиллаштириш 
тугрисида‖ги 2017 йил 1 августдаги Қарори.


272
ro‗yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish tartibini ishlab 
chiqishi va tasdiqlashlari; 
o‗z xodimlarini va tadbirkorlik sub‘ektlariga ―yagona darcha‖ tamoyili 
bo‗yicha davlat xizmatlari ko‗rsatish yagona markazlari xodimlarini elektron 
raqamli imzolar kalitlarini ro‗yxatga olish va elektron raqamli imzolar 
sertifikatlarini berish tartibotlariga tizimli ravishda o‗qitishni ta‘minlashi; 
tadbirkorlik sub‘ektlariga ―yagona darcha‖ tamoyili bo‗yicha davlat 
xizmatlari ko‗rsatish yagona markazlari orqali olish elektron raqamli imzolar 
kalitlarini ro‗yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatlarini berish uchun 
zarur bo‗lgan hujjatlarning namunaviy shakllari va blankalarini qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan barcha xususiyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqishi va 
tasdiqlashlari; 
ko‗rsatiladigan davlat xizmatlarining pasportini unda ko‗rsatilgan 
ma‘lumotlarning dolzarbligini doimiy ravishda ta‘minlagan holda ishlab chiqishi 
va tasdiqlashlari. 
Bundan ko‗rinib turibdiki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini 
iqtisodiyot, soliq tizimida foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Natijada 
ko‗rsatilayotgan davlat interaktiv xizmatlari sifatini oshirish, doimiy 
takomillashtirib borish talab qilinmoqda va amalga oshirilmoqda. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish