Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


-MAVZU: SOLIQ MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISHDA SOLIQ



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

 
4-MAVZU: SOLIQ MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISHDA SOLIQ 
MA‟MURCHILIGI TIZIMINING AHAMIYATI 
1.
 
Soliq munosabatlarini tartibga solishda soliq ma‟murchiligi tizimining 
o‟rni va ahamiyati. 
2.
 
Soliqlar yig‟iluvchanligining tutgan o‟rni va ahamiyati. 
 


42
1.Soliq munosabatlarini tartibga solishda soliq ma‟murchiligi tizimining 
o‟rni va ahamiyati. 
Mamlakatimizda soliq tizimidagi islohotlarni yanada jonlantirish maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
«Soliq 
ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy 
to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi farmoni 
qabul qilindi.
Soliq ma‘muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolar mavjudligi 
sababli Farmon bilan davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning 
quyidagi muhim yo‗nalishlari belgilandi: 

soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari va ilg‗or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, 
soliq to‗lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub‘ektlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
muloqotsiz elektron xizmat ko‗rsatishga to‗liq o‗tish; 

soliq solish ob‘ektlari va soliq solinadigan bazaning o‗z vaqtida hamda 
ishonchli hisobga olinishini ta‘minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar 
mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‗liq bo‗lgan ishonchli 
axborotini o‗z muddatida taqdim etish bo‗yicha mas‘uliyatini oshirish; 

soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‗lovchilarga har tomonlama 
ko‗maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta‘sirchan 
mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‗lovchilarning huquqiy madaniyatini 
oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish; 

makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq 
salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob‘ektlarini to‗liq qamrab olish 
va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta‘minlash bo‗yicha samarali tadbirlarni 
amalga oshirish; 

faoliyat ko‗rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har 
tomonlama ko‗maklashish, past rentabelli va zarar ko‗rib ishlayotgan 
korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‗lomlashtirish, o‗zaro hisob-kitoblar 


43
mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‗l qo‗ymaslik orqali soliq 
solinadigan bazani kengaytirish; 

soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar 
daromadlarini oshirishning qo‗shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya 
organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati 
organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish; 

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‗yish, soliq organlarini yuqori ma‘naviy-
axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan to‗ldirish bo‗yicha tizimli ishlarni 
amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‗rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini 
ta‘minlash va ular uchun xizmatni o‗tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish. 
Farmon bilan soliq organlari va halol soliq to‗lovchilar o‗rtasida ularga joriy 
soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‗maklashgan holda 
kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining 
zamonaviy shakli — soliq monitoringi joriy etilmoqda. 
Ilg‗or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yirik xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarga o‗z vaqtida va samarali xizmat ko‗rsatish maqsadida ular bo‗yicha 
soliq ma‘muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga yuklatilmoqda. 
Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‗qnash kelgan halol soliq 
to‗lovchilar — xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga soliq ta‘tillari berish tarzidagi 
davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashning yangi shakli nazarda tutilmoqda. 
Shuningdek soliq to‗lovchi tomonidan ortiqcha to‗langan soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarni qaytarish yoki hisobga olish muddati ikki baravarga 
qisqartirilmoqda. 
Soliq nazoratining to‗g‗ridan-to‗g‗ri muloqotsiz shakllari samaradorligini 
oshirish maqsadida kameral nazorat natijalari bo‗yicha aniqlangan tafovutlar 
yuzasidan soliq to‗lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar 
va boshqa majburiy to‗lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etilmoqda. 
Bundan tashqari, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗rtasida «sog‗lom raqobat"ni 
ta‘minlash va «xufiyona biznes» yuritishga barham berish maqsadida: 


44

davlat soliq xizmati organlariga kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan 
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiladigan xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarning hisobvaraqlari bo‗yicha operatsiyalarni 5 bank kunigacha bo‗lgan 
muddatga vaqtinchalik to‗xtatib turish vakolati berilmoqda; 

soliq organlariga hisob-kitoblar haqidagi ma‘lumotlarning onlayn rejimida 
berilishini ta‘minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‗llash orqali naqd pul 
tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etilmoqda. 
Shu bilan bir qatorda, real ish o‗rinlarini legallashtirish uchun davlat soliq 
xizmati organlariga xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va 
haqiqiy soni muvofiqligi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish vazifalari 
yuklatilmoqda. 
Farmon bilan O‗zbekiston Hisob palatasi tuzilmasida O‗zbekiston Davlat 
byudjetiga tushumlarning to‗liqligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilib, 
uning faoliyati byudjet daromadlarini ko‗paytirish zaxiralarini aniqlash va ularning 
safarbar etilishini ta‘minlash, soliq va bojxona to‗lovlarining yig‗iluvchanlik 
darajasini tizimli tahlil qilish, Davlat byudjeti daromadlarining prognoz 
ko‗rsatkichlarining xolisligi va asosliligini baholash, soliq solish ob‘ektlari va soliq 
solinadigan bazani to‗liq qamrab olish ustidan nazoratni amalga oshirishga 
yo‗naltiriladi. 
Soliq 
organlari 
faoliyatiga 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari joriy etilishini muvofiqlashtirish va soliq to‗lovchilarga interaktiv 
davlat xizmatlari taqdim etish amaliyotini kengaytirish uchun mas‘ul bo‗lgan 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi raisining o‗rinbosari lavozimi 
joriy etilmoqda. 
Bundan tashqari, Farmon bilan 37 ta banddan iborat Davlat soliq xizmati 
organlari faoliyati va soliq ma‘muriyatchiligining samaradorligini oshirish 
bo‗yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 
Nazarda tutilgan tadbirlarni o‗z vaqtida va samarali amalga oshirish 
maqsadida 
Soliq 
qonunchiligi 
va soliq 
ma‘muriyatchiligini 
yanada 
takomillashtirish bo‗yicha Ishchi komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiyaga, 


45
shu jumladan 
quyidagilarni 
nazarda 
tutuvchi 
normativ-huquqiy 
hujjatlar 
loyihalarini ishlab chiqish vazifalari yuklatildi: 

soliq 
ma‘muriyatchiligi 
va nazoratini 
tashkil 
etish 
tartibi 
va metodologiyasini tubdan takomillashtirish; 

soliq yukini yanada kamaytirish, bir xil soliq solish ob‘ektlariga ega 
bo‗lgan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni birlashtirish; 

soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‗llash uchun qo‗shimcha 
mezon (oborotning chegaraviy miqdori) joriy etishni va ushbu miqdor 
oshgan korxonaga, kichik tadbirkorlik sub‘ekti maqomini saqlab 
qolgan holda, qo‗shimcha soliq majburiyatlarini belgilash; 

ayrim yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat‘iy belgilangan soliq 
stavkalarini optimallashtirish; 

halol, shu jumladan ish o‗rinlari va mehnatga haq to‗lash fondini 
legallashtiradigan soliq to‗lovchilarni rag‗batlantirish choralarini joriy 
etish. 
Farmonga muvofiq, 2018 yilning 1 yanvariga qadar tadbirkorlik sub‘ektlarini 
elektron raqamli imzo bilan, shuningdek soliq to‗lovchilarga soliq organlarining 
barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini to‗liq ta‘minlash bo‗yicha 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 
Farmon qoidalarining amalga oshirilishi soliq ma‘muriyatchiligini tubdan 
takomillashtirishga xizmat qiladi, uning shaffofligini ta‘minlaydi, bu esa, 
shubhasiz, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida o‗z aksini topadi. 
Soliq ma‘murchiligining iqtisodiy mohiyatini aniqlashda quyidagi 
holatlarga e‘tibor berish lozim;
a) soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimidir.
b) soliq ma‘murchiligi davlat soliq siyosatini amalga oshirilishini ta‘minlaydi 
va shunga xizmat qiladi.
v) soliq ma‘murchiligi soliq organlari faoliyatini muvofiqlashtirib 
turadi;
g) soliq ma‘murchiligi soliq huquqining qoidalariga asoslanadi, ularni 


46
o‘ziga xos tarzda to‘ldiradi, uni nazariy va amaliy nuqtai-nazardan soliq 
mexanizmining o‘ziga xos sterjeni sifatida talqin etish mumkin; 
d) soliq munosabatlari soliq ma‘murchiligi predmetini tashkil etadi;
e) soliq ma‘murchiligi mohiyati, konkret holda, u tomonidan bajarilishi 
mumkin bo‘lgan funktsiyalar orqali namoyon bo‘ladi. 
Soliq ma‘murchiligining mohiyatini aniqlashda soliq tizimi tuzilishi va soliq 
siyosatini tashkil etishning printsiplari muhim rol o‘ynaydi. Ushbu printsiplarni 
uch guruhga bo‘lish mumkin: 
1) soliqqa tortish jarayonlarini ma‘muriy boshqarishni o‘zida aks ettiruvchi 
tashkiliy printsiplar (umumiylik, tenglilik, o‘zgaruvchanlik);
2) soliqlarning iqtisodiyotga ta‘sirini o‘zida ifodalaydigan iqtisodiy 
printsiplar (samaradorlilik, tejamkorlilik, teng taqsimlanish);
3) soliq munosabatlarining qonun nuqtai nazaridan aniqligini ko‘rsatuvchi 
printsiplar (birlik-yagonalik, barqarorlik, aniqlilik). 
Fikrimizcha, soliq ma‘murchiligining mazmun-mohiyatini ifodalovchi 
ta‘rifi ushbu jarayonda e‘tiborga qaratilishi kerak bo‘lgan barchaholatlarni hisobga 
olishi zarur.
Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, soliqqa tortish uslublari ham 
o‘zgarib boradi, soliq ob‘ektlarini aniqlash, soliq to‘lovchilarni hisobga olish 
ishlari doimo nazorat sifatini rivojlanishi talab qilib keladi. Soliq to‘lovchilarning 
qilgan xato va kamchiliklarini nafaqat jazolash, balki soliq qonunlarini ular 
tomonidan buzilish sabablarini, qonunlarni ularga bo‘lgan ta‘sirlarini o‘rganish 
hamda shu orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni ham tahlil qilish 
lozimdir.Hech kim faqat soliq to‘lash uchun ishlamaydi, bu haqiqat. Korxona va 
tashkilotlar avvalo ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchidir, so‘ngra esa soliq 
to‘lovchilar bo‘lib hisoblanadilar. 
Davlat o‘zining fiskal siyosatni amalga oshirishda asosiy bir qiyinchilik soliq 
to‘lovchilar tomonidan turli xil yo‘llar bilan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash 
holatlariga ro‘baro‘ bo‘ladi. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish