Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari hamda ularni sodir etganlik



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

2.Soliqqa oid huquqbuzarliklarning turlari hamda ularni sodir etganlik 
uchun javobgarlik. 

Soliq to‘lovchining, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi 
norezidentining, bundan bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida va 
davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilar mustasno, davlat soliq xizmati organlarida 
hisobga turishdan bo‘yin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab 
bo‘ladi: 
agar faoliyat ko‘pi bilan o‘ttiz kun amalga oshirilgan bo‘lsa, — eng kam 
ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof 
tushumning o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;


203
agar faoliyat o‘ttiz kundan ortiq amalga oshirilgan bo‘lsa, — eng kam ish 
haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan sof 
tushumning ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorda.
Soliq 
to‘lovchining, 
shu 
jumladan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
norezidentining davlat soliq xizmati organida ob‘ektlar bo‘yicha hisobga turishdan 
bo‘yin tovlashi quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi:
agar hisobga turish bo‘yicha belgilangan muddatdan ko‘pi bilan o‘ttiz kun 
o‘tgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida;
agar hisobga turish bo‘yicha belgilangan muddatdan o‘ttiz kundan ortiq 
o‘tgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida. 
Kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib 
chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, — 
kirim qilinmagan tovar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima solishga 
sabab bo‘ladi.
Kirim qilinmagan tovarlar qo‘zg‘atilgan ma‘muriy huquqbuzarlik 
to‘g‘risidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida davlat daromadiga o‘tkazilgan taqdirda, 
114 moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sanktsiya qo‘llanilmaydi. 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni 
yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) —
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum 
yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) summasining 20 foizi miqdorida jarima 
solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumning 
yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) summasiga qonun hujjatlariga muvofiq 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash amalga oshiriladi.
114-moddani qo‘llash maqsadida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb 
quyidagilar e‘tirof etiladi:


204
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti hujjat bilan 
tasdiqlanganda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan 
tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligi fakti to‘g‘risida dalolat 
beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yo‘q qilinganligi;
hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda 
yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi. 
Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarning hisobini olib 
bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda olib borish, 
basharti bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqning yoki boshqa majburiy 
to‘lovlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek byudjetga va davlat 
maqsadli jamg‘armalariga soliqlarni, boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab 
chiqarish va to‘lash uchun zarur bo‘lgan soliq hisobotlarini, hisob-kitoblarini 
hamda boshqa hujjatlarni, debitorlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma 
dalolatnomalarini yoxud to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud emasligi 
to‘g‘risidagi yozma bildirishni taqdim etmaslik, o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki 
belgilanmagan shaklda taqdim etish, xuddi shuningdek kameral nazorat natijalari 
bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq 
hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik, — 
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan 
keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi.
Kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va to‘lov intizomini buzish, shu 
jumladan, qarzdor korxonalardan to‘lovlarni undirish bo‘yicha soliq organlarining 
inkassa topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi 
muddatlarini o‘tkazib yuborish hamda korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli 


205
mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini 
buzish, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq organlarida ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma‘lumotnomasiz 
korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalarga o‘z vaqtida 
inkassa topshiriqnomasini taqdim etmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga 
soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini 
xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik, 

eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi.
MJTKning 175-moddasi oltinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni 
ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, 
— eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima 
solishga sabab bo‘ladi. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish — 
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma‘muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan 
keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — 
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 


206
Litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart 
bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz 
shug‘ullanish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish ma‘muriy jazo chorasi 
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, — 
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, 
mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan 
mahsulot etkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) 
realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks 
ettirganlik—
mahsulot 
etkazib 
beruvchilarga 
hisobvaraq-fakturada 
ko‘rsatilgan 
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab 
bo‘ladi. Bunda mahsulot etkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq 
summasini byudjetga to‘lashi shart. 
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchilarga nisbatan jarima solish 
qo‘llanilmaydi va ular qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha byudjet bilan qayta 
hisob-kitob qilmaydi. 
Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) to‘lovlarni plastik 
kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini ishlatish 
majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va 
xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitantsiyalar yozib 
berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish 
majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya 
qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik —


207
eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi.
SK 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima 
qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda —
eng kam ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda 
jarima solishga sabab bo‘ladi.
Texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan 
foydalanganlik yoki fiskal xotirasining xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-
kassa mashinalaridan foydalanganlik, shuningdek plastik kartochkalar asosida 
to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik—
eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab 
bo‘ladi.
SK 119-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima 
qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda —
eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab 
bo‘ladi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzish —
to‘lovning belgilangan muddatidan keyingi kundan e‘tiboran muddati 
o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to‘lov kuni ham shunga kiradi, 0,045 foiz 
miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi, agar penyani hisoblash soliq 
tekshiruvi natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga 
oshirilsa, — 0,06 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘ladi. Bunda boshqa 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summaga teng 
bo‘lgan qarz summasiga penya hisoblanmaydi. Penya miqdori tegishli soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emas. 
Penya undirilishi soliq to‘lovchini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod 
qilmaydi. Yuridik shaxs — tadbirkorlik sub‘ekti ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, 
yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish 
to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e‘tiboran barcha 
turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penyalar hisoblash 


208
to‘xtatiladi. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda 
tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili to‘xtatilgan va faoliyat qayta 
boshlangan taqdirda, penya belgilangan tartibda qo‘shib hisoblanadi hamda 
hisoblashlar to‘xtatib turilgan butun davr uchun undiriladi. 
Er uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud er uchastkasiga bo‘lgan huquqni 
tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish er 
solig‘ining summasiga ekvivalent miqdorda: 
yuridik shaxslarga — to‘rt baravari miqdorida; 
jismoniy shaxslarga — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab 
bo‘ladi.

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish