O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/219
Sana31.03.2022
Hajmi11,17 Mb.
#520458
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y. (1)

1. Qalqonsimon bez.
Og'irligi 25-30 g, uzunligi 3-7 sm, eni - 3-4 sm, qalinligi
1-2 sm, tashqarisidan fibroz qobiq bilan o'ralgan, undan bez ichiga uning ayrim 
bo‘lakchalarga bo‘ladigan yupqa qatlamlar ajralgan. Bo'lakchalar follikulalardan 
iborat, ularning devorlari bir qatlamli kubik epiteliya bilan qoplangan. Follikula 
bo‘shlig‘i epitelial hujayralar mahsuloti - kolloidlar bilan toigan, ular asosan 
tireoglobulin - yod ushlovchi, molekular massasi 700.000 teng, glikoproteiddan 
iborat. Follikulalar kolloidida qalqonsimon bezdagi yodning taxminan 95% 
ushlanadi (Potemkin V. V., 1986). Qalqonsimon bez juda katta yodni 
akkumulatsiyalash xususiyatiga ega. Bu bezda yod ushlovchi va fiksirlovchi 
maxsus oqsil retseptor guruhlari - tireoglobulin mavjudligi bilan bog‘liq. Yod 
akkumulatsiyasi katta miqdorda energiya talab qiladi va yaxshi qon aylanishi 
bilan ta’minlangan qalqonsimon bez yuqori darajada oksidlanish jarayonini ushlab 
turish qobiliyatiga ega. Qon bilan ta’minlanish bo'yicha qalqonsimon bez 
organizmda birinchio'rinniegallaydi. 10 g qalqonsimon bezga 1 daqiqa davomida 
56 ml qon to‘g‘ri keladi, shu bilan bir qatorda shu miqdordagi mushak to‘qimasiga 
tinch holatda hamtnasi bo‘lib 1,2 ml qon to‘g‘ri keladi. Oksidlanish jarayonlarini 
pasaytiruvchi moddalar (tiotsianat kaliy) qalqonsimon bez gomonlarining hosil 
bo'lishini buzadi.
Tireoglobulin molekulasi tarkibiga yodtirozinlar (mono - va diyodtirozin), 
yodtironinlar (mono - , di -, uchyodtironinlar) va organizmda bo‘ladigan deyarli 
hamma aminokislotalar kiradi. Qalqonsimon bezda bu gormonlarning hosil


bo‘lishi bir necha bosqichda o‘tadi: 1) bezga yodidlarning tushishi. Organizmga 
tushadigan yod ichakda shimiladi, qonga o‘tadi, u yerda uning organik va 
noorganik birikmalari yodidlarga- Ki, Nai - aylanadi; 2) yodidlaming oksidlovchi 
fermen tlar ~ peroksidaza va siloxromoksidazaJar ta’sirida oksidlanishi va molekular 
yod hosil boMishi; 3) hosil bo‘lgan molekular yod tirozin aminokislotasi 
molekulasiga qo‘shiladi, natijada mono - va diyodtirozinlar hosil bo‘Iadi; 4) 
peroksidaza fermenti va gipofiz tirotropini ta’sirida yod bilan birikkan tirozinlar 
(m ono- va diyodtirozin) tironinlarga: monoyodtironin va tetrayodtironin 
(tiroksin) larga kondensatsiyalanadi.
Qonga yod ushlovchi gormonlar tireoglobulinning proteolitik fermentlar -
proteaza va peptidazalar ta’sirida parchalanganidan keyin tushadi. Fermentlaming 
stimulatori gipofiz tirotropini hisoblanadi. Qonda yod ushlovchi gormonlar 
spetsifik oqsillar (tiroksin bog'lovchi globulin va tiroksin bog‘lovchi prealbumin) 
bilan birikadi va oqsil bilan bog‘langan yod (OBY) shaklida sirkulatsiya qiladi. 
T4 ning taxminan 85% i deyodinatsiyalanish yo'li orqali metabolizlanadi, qonda 
sirkulatsiya qiladigan uchyodtironinning (T3) 60 - 90% T4 ning periferik (jigar, 
buyrak, mushaklarda) monodeyodlanishi natijasida hosil bo'ladi. Yod ushlovchi 
gormonlar to‘qimaga tushgandan keyin to'qima deyodaza fermenti ta’sirida 
deyodlanadi, natijada uchyodtirosirka kislota hosil bo‘ladi. Tiroksin va 
uchyodtironinlarga xos to‘qima fiziologik effektini u bilan bog‘lashadi (Potemkin 
V.V., 1986).
Tiroksin xilma - xil fiziologik ta’sir ko‘rsatadi: u to‘qimalaming me’yoriy 
o‘sishi, rivojlanishi va differensiatsiyasi uchun zarur, yurak faoliyatini, oqsil, 
karbonsuvlar vayog' almashinuvi, asab impulslarining o ‘tkazilishmi stimullaydi, 
to‘qimalarga kislorod jalb etilishini va issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytiradi. 
Taxmin qilinishicha, gormon oldin energiya o‘zlashtiruvchi tizimni, masalan, 
Na* ionlari faol transmembran o ‘tkazilishini stimullaydi, buning orqasidan 
to‘qimalarga kislorod jalb etilishi pasayadi. Tiroksin ayrim fermentlar tizimi 
faolligini ham butun bir organizmda va ekilgan to‘qimalarda kuchaytiradi.
Uchyodtironinning gormonal faolligi tiroksinga nisbatan 5-10 marta yuqori. 
U tireoid gormonlarining hujayra shakli hisoblanadi (Turaqulov Ya. X., 1985), 
to ‘qimada 
nafas 
ferm entlari, 
ayniqsa, 
m itoxondriyadagi 
a -
glitserofosfatdegidrogenaza sintezini kuchaytiradi. Uchyodtironin asosiy ta’sir 
qiladigan joy hujayra genetik apparati hisoblanadi, chunki u yadroga bog'lanish 
qismlariga nisbatan katta yaqinlik bilan ajralib turadi (hujayra yadrosini T3 ga 
yaqinligi, T4 ga qaraganda 4-10 marta yuqori). Uchyodtironin yadro xromotini 
bilan ustivor ravishda bog'lanadi; T3 ning yadro retseptorlari bilan bog‘lanishi 
DNK transkripsiyasini stimullaydi. Natijada RNK va oqsil sintezi kuchayadi 
(Turaqulov Ya. X., 1985). Ko‘pincha T3 gipofizda bog'lanadi. Taxmin qilinishicha, 
tirotropin sekretsiyasining teskari aloqa prinsipida regulatsiya qilinishi ushbu 
jarayon tufayli amalga oshiriladi.
2. 

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish