Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish


MAICH ni yaratish va joriy qilishning asosiy konsepsiyalari



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/75
Sana31.03.2022
Hajmi3,27 Mb.
#519960
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
zp6Vzds4FdXKYeEqe9TPL1EXuvanELsf1Mh24SpG-1

MAICH ni yaratish va joriy qilishning asosiy konsepsiyalari. 
Birinchi 
m uam m o, hozirgi vaqtda joriy vazifalarning um um an uddasidan chiqib 
kelayotgan mashinalarning ancha katta miqdori ishlab turishi bilan bog‘liq. 
Biroq qurilm alarning, m ashinalarning, texnologik apparatlarning ko ‘p 
qismi M AICH da foydalanish uchun yaroqsiz, chunki ularda amaldagi 
jaray o n larn i silliq o ‘zgartirish im koniyatlari nazarda tutilm agan. Bu 
qurilmani almashtirishga to ‘g‘ri keladi. Demak, ancha yo‘qotishlar paydo 
bo‘ladi.
M AICH ni amalga oshiruvchi yangi qurilmani ishlab chiqishda barcha 
ishlab chiqarish vazifalari o'zaro bog‘lanishda hisobga olinadigan tizimli 
yondashuv zarur. Bu yondashuvga asoslanib, asosiy vazifalar sifatida 
M A IC H ni y aratish n in g quyidagi m asalalarin i ifo d alash m um kin: 
sistemotexnik tahlil va ishlab chiqarishni um umiy tayyorlash, uning vazifa­
lari to ‘plam ini shakllantirish; qurilma, mashinalar, ishlab chiqarish im ko­
niyatlari keng bo‘lgan apparatlar, jihozlarni va ishlab chiqarish xonalarini 
joylashtirishni rejalash; robotlashtirish, ortish-tushirish va transport tizi- 
mini ishlab chiqish; mikro va mini EH M bazasida va tegishli dasturli 
ta ’m inot asosida boshqarish tizimlarini ishlab chiqish; ishlab chiqarishni 
texnologik tayyorlash masalalarini hal qilish uchun avtomatlashtirilgan 
loyihalash tizimlarini ishlab chiqish; avtomatik diagnostika, funksiyalarni 
tiklash va M AICH ga xizmat qilish tizimlarini ishlab chiqish.
Texnik tahlil tizimlari bosqichida, dastaw al, avtomatlashtirilayotgan 
ishlab chiqarishning, ayniqsa, chiqarilayotgan m ahsulotning xarakteri, 
uning kom ponent tarkibiga ko‘ra o ‘zgarish dinamikasi va darajasi tahlil 
qilinadi. Odamlarning jismoniy m ehnat bilan bandligi haqidagi, quril- 
m alardan foydalanishning mavjud va istalgan koeffltsiyentlar va ishning 
smenaliligi haqidagi savollarga javob berilishi kerak. Texnologik jarayon 
amalga oshiriladigan barcha qism va bo ‘linmalar, xomashyo, yarimfabri- 
katlar saqlanadigan xonalar, tayyor mahsulot omborlari o ‘rganilishi kerak.
M untazam tekshirish natijasida M AICH ning yaratilishi maqsadga 
muvofiq ekanligi baholanadi va ixcham avtomatlashtirilgan ishlab chiqa-


rish larn i y aratish d a va jo riy qilishda hal qilinishi kerak b o ‘ladigan m asalalar 
ifod alanadi.
Qurilm a, mashina apparatlarni ishlab chiqish talab qilinayotgan tav- 
siflar va param etrlar, ulaming nazarda tutiladigan o ‘zgarishlari diapazonlari 
asosida amalga oshiriladi. Bu ishlanmalarning juda m uhim xususiyati — 
ishlab chiqarishni samarali robotlashtirish uchun sharoitlarni nazarda 
tutishdir. Bu masalalarni hal etish asosida ishlab chiqarish xonalarining 
shakli va o ‘lcham lari belgilanadi. Odatda, M AICH da ishlab chiqarish 
xonalarining sahni ancha qisqartiriladi, chunki, masalan, oraliq hajm dor 
omborxonalarning, ishchi va xizmatchi xodimlar uchun ko‘p miqdordagi 
maishiy xonalarning zarurati b o ‘lmaydi.
Ishlab chiqarishni robotlashtirish — M AICH ni yaratishning asosiy 
bosqichlaridan biridir. U ni hal qilishda quyidagi asosiy tashkiliy tadbirlar 
o ‘tkazilishi kerak: texnologik jarayonlarni ularning progressivligini va 
avtomatlashtirilganlik darajasini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkazish; 
har bir b o ‘limda sanoat robotlarining qo‘llanilishi iqtisodiy maqsadga 
muvofiqligini texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish; modulli konstruk- 
siyadagi robotlarning param etrik qatorini ishlab chiqish va ularni ishlab 
chiqarishni tashkil etish.
Ishlab chiqarishni robotlashtirish asosida avtomatlashtirilgan ortish - 
tushirish va transport (tashish) tizimlari ishlab chiqilishi kerak. Avtom at­
lashtirilgan transport tizimlari moslashuvchan bo ‘lishi, mashinalar, appa- 
ratlar va texnologik jarayonlar qurilmalarining sinxron (uyg‘un) ishlashini 
ta ’minlashi kerak. U lar pirovard natijadan kelib chiqib, texnologik jarayon 
qurilmasining optimal yuklanishiga yordam berishi kerak. Moslashuvchi 
avtomatlashtirilgan transport tizimi qurilmalarning katta guruhini yagona 
kompleksga aylantirib, u talab qilingan vaqt davom ida odam larning 
ishtirokisiz ishlay olishi mumkin.
Hisoblash texnikasi vositalari M AICH ni jonlashtirishga, uni barcha 
ko‘zda tutilgan masalalarni muvaffaqiyatli bajarishga qaratilgan. Hisoblash 
texnikasi vositalarini tashkil etish iyerarxik ko‘p darajali b o ‘lishi kerak. 
Quyi daraja m ikro va m ini EH M ning taqsim langan tarm og‘i bilan 
shakllanadi, ular lokal qurilm alarni, robotlashtirilgan kom plekslarni, 
texnologik jarayon apparaturasi va qurilm alarini, ortish-tushirish va 
transport tizimlarini bevosita boshqarishni ta ’minlaydi. Taqsimlangan EHM
lam ing ishini M AICH ning holati va faoliyati haqida to ‘la axborot olib 
turuvchi markaziy EH M tashkil qiladi. Boshqaruvchi personal (xodimlar) 
ishlab chiqarishni qayta tashkil etish b o ‘yicha aniq vazifalarni hal qiladi
markaziy EHM optim al tarzda bu masalalarni hal etib, taqsimlangan 
hisoblash tizimlari va qurilmalariga ish dasturlarini beradi.
Markaziy EHM ning m atem atik va dasturiy ta ’m inotini ishlab chiqish 
muam m osi M AICH ni yaratishdagi eng murakkab m uam m olardan biridir. 
M A IC H ning hisoblash kompleksining boy dasturiy ta ’m inoti (PT)


sharoitidagina yuqori darajadagi moslashuvchanlikka erishish mumkin. PT 
ishlab chiqarishning yangi vazifalarini amalga oshiruvchi yangi boshqarish 
vazifalariga operativ o‘tishga imkoniyat yaratish kerak. Shuni ta ’kidlab 
o ‘tish m uhim ki, DTni modulli prinsip b o ‘yicha shakllantirgan qulay, 
bunga muvofiq har bir dastur alohida mustaqil kichik dastur — modul 
ko‘rinishida shakllantiriladi. Bunday yondashishda D T ni jadallashtirish va 
takomillashtirish (yangilash), modullar to ‘plamidan istalgan foydalaniladigan 
dasturni shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
M A ICH ni yaratishda ju d a qiziqarli m asalalardan biri ularning 
avtonomligini oshirish masalasidir. Uning mohiyati nimada?
Yuqoridagilardan m a’lumki, M AICH ishlab chiqarish masalalarining 
butun kompleksini, to tayyor m ahsulotni omborga joylashgacha b o ‘lgan 
ishlarni hal qiladi. Bundan tashqari, M AICH ishlab chiqarish jarayonini 
mahsulotning yangi turlarini chiqarishga o ‘tish maqsadida operativ ravishda 
qayta quradi. Biroq ishlab chiqarishni m ahsulotning yangi turlariga 
o ‘tkazishni tashkil etish uchun M AICH ishlab chiqarishni texnologik 
tayyorlashning butun bir vositalar kompleksi bilan tashqaridan ta ’m in- 
lanishi kerak.
M AICH ni texnologik tayyorlash vositalari deganda yangi mahsulotni 
ishlab chiqarish uchun texnologiyalar ishlab chiqish, sexlar, b o ‘limlarning 
o ‘zaro va xomashyo, yarimfabrikatlar va tayyor buyum lar om borlari bilan 
bog‘lanishining yangi yo‘nalishlarini belgilash, texnologik qurilm ani, robot- 
larni, ortish-tushirish va transport tizimlarini boshqarish tizim lari uchun 
dasturlar ishlab chiqish, shuningdek turli yordam chi ishlab chiqarish 
amallari tushuniladi. Bu ishlarning ko‘pi ko‘p miqdordagi odam resurs- 
larini jalb qilishni, ko‘p vaqt sarflashni talab qiladi, bu esa M AICH ning 
ixchamlik darajasini va, binobarin, uning samaradorligini keskin pasay- 
tiradi.
B undan M A IC H ni yaratishda ishlab chiqarishni m uhandislik va 
texnologik tayyorgarligining sanab o ‘tilgai masalalarini hal qilishni ham 
avtomatlashtirish maqsadga muvofiq ekani kelib chiqadi. Bu vazifa avtomatik 
loyihalash tizimi (ALT) bilan muvaffaqiyatli hal qilinishi m um kin, u 
M AICH uchun yoki ularning b a ’zi to ‘plamlari uchun nazarda tutilishi 
mumkin. ALT ishlab chiqarishni muhandisli va texnologik tayyorgarligini 
loyihalab, boshqa istiqbolli masalani — M AICH ni o ‘z -o ‘zini takom illash­
tirish va rivojlantirish masalasini ham hal etadi. Tajriba to ‘plana borgani sari 
M AICH ning imkoniyatlari kengayadi, uning samaradorligi ko‘tariladi.
M AICH insonni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishdan 
maksimal ozod qilib, katta hajmdagi ishlab chiqarish masalalarini hal etadi. 
Biroq M AICH ga sozlash, ta ’mirlash-profilaktik va ta ’mir ishlarini amalga 
oshirib, xizmat ko‘rsatish zarur. Bu maqsadda mutaxassislarni tayyorlash 
masalalari ko‘zda tutilishi kerak: robotlashtirilgan qismlar va m ajm ualarda 
xizmat ko‘rsatish uchun operatorlar, sozlovchilar, robototexnikani joriy



Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish