ATTESTATSIYA TESTLARI
TELEGRAM MANZIL: @ONATILI14
ONA TILI VA ADABIYOT SABOQLARI
B) Chol o‘g‘lining oriqlagan chehrasidan ko‘z uzib, tevarakka alangladi.
C) Yiqilgan emas, yiqilib qolgan yomon, bolam.
D) Boshida sochlarning ko‘paydi oqi, Kamaydi sochlarning o‘zi, darvoqe.
15.
Qaysi gapda vazifadosh zidlov bog‘lovchisi uyushiq bo‘laklarni bog‘lab kelgan?
A) Inson sirliligicha qolaveradi, lekin odamzod bir-birini anglab yetsagina, olam tinch,
dunyo farovon bo‘ladi.
+B) Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat
fizik hamda ximiklarga, balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham
berilishini vasiyat qilib ketdi.
C) Qo‘zg‘algan kasallikni yengish uchun tirik tanda “antitanacha”lar hosil bo‘ladi,
ammo bu kasallikni yengish uchun har doim ham mikroorganizmlarning samaradorligi
sezilarli bo‘lmasligi mumkin.
D) Kattalar qancha ishlasa, kichiklar ham shuncha ishlar edi, biroq xo‘jayin bolalarga
kam haq to‘lar edi.
16.
Berilgan parchada qaysi gap bo‘laklari uyushgan?
Osmonning chekkasi sariq – kir uvadaga o‘xshaydi. Bu kir shu’la qo‘ynida past-baland
uylar, shamolda egilayotgan, tebranayotgan daraxtlar qop-qora ko‘rinadi.
Pishqirayotgan shamol har xuruj qilganida Unsinni tentiratar, talay joyga surib
tashlar edi.
+A) ega, aniqlovchi, kesim
B) kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi
C) kesim, hol, aniqlovchi
D) ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi
17.
Berilgan qaysi so‘zlar qatorida ikkinchi ko‘makchi morfema sifat so‘z turkumini hosil
qilishga xizmat qilgan?
+A) o‘ynoqi, bilimdonlik, tortinchoqlik
B) insonparvarlik, qiynoq, ko‘nikma
C) yog‘ingarchilik, yig‘loqi, qo‘rqinchli
D) mehmondorchilik, maqtanchoq, issiqlik
18.
Mustaqillik farzandlari O‘zbekiston nomini dunyoga tanitmoqda, uning shuhratini
olam uzra yoymoqda.
Berilgan gapda otning otga tobelanishi necha o‘rinda kuzatiladi?
+A) 2
B) 3
C) 4
D) 1
19.
Qaysi gapda
-lar
qo‘shimchasini olgan so‘zlar faqat ikkinchi darajali bo‘laklar
vazifasini bajargan?
+A) Tunlar qulog‘imga chalinar elas, Tulporlar kishnashi, otlar gurrosi.
B) Uzoqlarda zalvorli tog‘lar, Xayolimni keldilar bosib.
C) Shahidlarning qirmiz qonidan, Alvon bo‘ldi qora tunlaring.
D) Yillarim oqib ketdi sahifalarda, Siz goho kuldirdingiz latifalarda.
20.
Hayot achchiq bir dori... Ishq unga aralashtirilgan bir shakar!
Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z(lar) qaysi gap bo‘laklariga tobelanib kelgan?
+A) kesim va sifatlovchi aniqlovchiga
B) ega va vositali to‘ldiruvchiga
C) ega va kesimga
D) kesim va holga
Do'stlaringiz bilan baham: