Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

10.3.
 
Innovatsion rivojlanishni statistik baholash metodlari 
Innovatsion rivojlanishni baholashda mantiqiy metodlar bilan bir qatorda 
statistik metodlardan keng foydalaniladi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
iqtisodiy–statistik; omiliy tahlil; ekspert baholash; orginal metodlar. 
Iqtisodiy – statistik metodlarga variatsion, korrelyatsion-dispertsion tahlil 
qilish, 
optimallashtirish, 
modellashtirish, prognozlashtirish 
tarmoqlar 
va 
mintaqalararo mutanosiblikni ta’minlash metodlari kiradi. 
Omiliy tahlil metodlariga guruhlash, grafiklar, klasterli tahlil va boshqa 
statistik metodlar kiradi. 
Innovatsion rivojlanishni baholashda eng muhim metodlardan biri ekspert 
baholash metodidir. Ushbu metodning mazmuni-haqiqiy professional mutaxasislar 
fikrlari asosida xulosa chiqarishdir. Masalan, yuzlab korxona bir xil mahsulot 
ishlab chiqaradi. Ularning barchasi inovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi 
korxona maqomiga davogar bo‘lishi mumkun. Haqiqatdan ham qaysi korxona 
innovatsion mahsulot (yangi, yangi texnologiya asosida, o‘zgartirilgan, sifat 
jihatdan yaxshilangan mahsulot) ishlab chiqarganini iste’molchilardan ko‘ra, ichki 
va xalqaro ekspertlar tezroq hamda professional darajada aniqlay oladi. Yoki 
boshqa bir misol. Tadbirkorga investitsiya qilish uchun ko‘plab korxona, mintaqa 
yoki mamlakatlardan taklif tushdi. Ko‘p variantli sharoitda takliflardan yaxshisini 
tanlash varianti paydo bo‘ladi. Investor tanlashni ekspertlar yordamida amalga 
oshirish mumkin, ya’ni ular talabgorlarni investitsion jozibadorligi bo‘yicha har 
tomonlama asoslangan reytingini tuzib chiqadi va tadbirkorga taqdim etadi. Lekin 
oxirgi qarorni baribir investorning o‘zi qabul qiladi.


258 
Dinamik normativ metod orginal metodlardan biridir. Ushbu metod sotsial-
iqtisodiy tizimni umumiy xususiyatini ochib beruvchi integral baholash o‘lchovini 
yaratadi. 
Shunday qilib, innovatsion rivojlanish va investititsion jozibadorlikni 
baholovchi statistik metodlar: klaster tahlil, ko‘p omilli guruhlash, diskriminant 
tahlil va tipologiya hamda tizimlashtirish va omillar tahlili, omiliy, ekspert, 
strukturali, korrelyatsion-dispertsion, dinamik normativ metodlariga bo‘linadi. 
Dinamik normativ metodi statistika bo‘yicha o‘quv adabiyotlarida keng 
yoritilmaganligini hisob olgan xolda holda biz ushbu metodni kengroq yoritishga 
harakat qilamiz. Dinamik normativ metodi korxonani sotsial-iqtisodiy rivojlanishni 
kompleks baholash uchun 20-asrning 70-80-yillarida ranglar statistikasi asosida 
I.M.Siroejin tomonidan taklif qilingan. 
Dinamik normativ metodi statistik ko‘rsatkichlar dinamikasining tahliliga 
asoslanadi. Alohida-alohida emas, o‘zaro bog‘liqlikda va ularning tendentsiyasi 
kelishilgan holda ko‘rib chiqiladi. Tendentsiyalar tanlangan ko‘rsatkichlar bilan 
bog‘liq iqtisodiy koeffitsientlarda va vaqt bo‘yicha ularning o‘zgarishi maqsadli 
o‘rnatmalarda beriladi. Shu yo‘l bilan olinadigan integral bahoni kompleksliligi va 
tizimliligi ta’minlanadi. Bundan tashqari u olingan integral baholarni vaqt va 
metodologiya bo‘yicha taqqoslamaligini ta’minlashga imkon beradi, negaki 
dinamik normativ tizimda iqtisodiy koeffitsientlar va maqsadli o‘rnatmalar 
o‘zgarmas bo‘ladi. 
Dinamik normativ metodi amaliyotda normativ-omiliy yondoshuvni amalga 
oshirishga imkon beradi, shu bilan birga idikator faktorlarni tanlash statistik 
ko‘rsatkichlarni tanlash ro‘yxati orqali ham, topshirilgan koeffitsientlar orqali ham 
amalga oshiriladi. Chunki ushbu metod tanlangan statistik ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
integral baholarni omillarga ajratishga imkon beradi hamda taklif qilinayotgan 
baholash informativligini oshiradi. 
Dinamik normativ – bu o‘zgarish sur’atlari bo‘yicha tartibga solingan 
ko‘rsatkichlar to‘plami. Ushbu tartibni uzoq vaqtga ushlab turish sotsial-iqtisodiy 
tizimni eng yaxshi rejimda ishlab turishini ta’minlaydi. 


259 
Normativlarning ikki turi mavjud: chiziqli va chiziqsiz. Birinchi usulda 
barcha ko‘rsatkichlarga aniq (o‘zgarmas) nomer(rang) beriladi, so‘ngra dinamik 
normativni tasvirlash matritsasi tuziladi. Ushbu matritsa normativ model deb 
ataladi. Normativ modelni tuzish quyidagi bosqichlardan iborat: 1) dinamik 
normativga kiradigan ko‘rsatkichlarni asoslash, taklif 5iqtisodiy intepretatsiyasi; 3) juft nisbatlarga normativ xarakterni berish; 4) ustunlik 
beriladigan ustunlarni tuzish; 5) ustunlarni matritsa orqali formulalashtirish; 6) 
ustunlarni yopish; 7) baholashni normativ modelini olish. 
Normativ modelni va integral baholashning formulalar shaklida dinamik 
normativni shakllantirish algoritmi 10.1-sxemada tasvirlangan. 
10.1-sxema. Dinamik normativni shakllantirish algoritmi 
10.1-sxemada keltirilgan ko‘rsatkichlarni interpretatsiyasi. K
r
-tartibga 
solingan o‘zgarish sur’atlari, Y-integral ko‘rsatkichi. Integral ko‘rsatkich 0 va 1 
oralig‘ida (diapozonda) o‘zgaradi. Y=1, agarda dinamik normativda o‘rnatilgan 
barcha ko‘rsatkichlar o‘sish sur’atlari nisbati bajarilsa. Haqiqiy va o‘rnatilgan 
Динамик нормативга (ДН) топшириш учун мутлоқ (M
j
) ва нисбий кўрсаткичларни 
шакллантириш 
Ҳар бир давр учун кўрсаткичлар нисбатини матрицасини олиш 
f
ij
Интеграл кўрсаткични ҳисоблаш (Y), ҳар бир даврда алоҳида 
B
ij

Ўрталаштирилган боғланишларни аниқлаш ва норматив моделни олиш 
ДН мақсадли қўйилмалари ва формаллаштириш 
l
ij
Кўрсаткичлар бўйича интеграл кўрсаткични қўшимча ўзгаришларини тақсимлаш 

y(Mi)

Ҳар бир давр учун солиштирма баҳода ҳақиқий коэффициентларни ҳисоблаш 
Баҳолашнинг ҳар бир давр учун ўзгарувчанлиги 
L

→ 


260 
ko‘rsatkichkichlar tartibi mos kelishi o‘rganilayotgan obyekt xususiyatlarini eng 
yuqori realizatsiya qilinishidan guvoh beradi. Y=0, agarda ko‘rsatkichlarni haqiqiy 
va normativdagi tartibi butunlay teskari. U qanchalik birga yaqin bo‘lsa normativ 
nisbatlari hissada yukoridir. Nisbatlar doimo o‘zgaradi. Shu munosabat bilan 
o‘zgaruvchanlik (L) darajasi o‘rganiladi. O‘zgaruvchanlik darajasi (L) qayd 
qilingan maqsadlarni realizatsiya qilishini bir darajasidan ikkinchisiga o‘tishni 
ko‘rsatadi, Y qo‘shimcha o‘sishi bog‘likligini ko‘rsatadi. Ushbu o‘zgarishlar 
ko‘rsatkichlar tarkibini o‘zgarishi va tarkibiy o‘zgarishlarni miqdorini o‘zi bilan 
paydo bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkich -1 dan +1 gacha o‘zgaradi. 
Integral ko‘rsatkich (Y) va o‘zgaruvchanlik ko‘rsatkichi (L) bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmagan o‘lchovlar hisoblanadi. U bir davrda tizim xususiyatini tadqiqot 
darajasini xarakterlaydi, L esa – bir davrdan ikkinchisiga o‘tishda tarkibiy 
o‘zgarishlarni baholaydi. 
Ushbu jarayonlarni birgalikda ta’sirini aks ettiruvchi integral baholash 
deyiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
Yuqorida keltirilgan formulalar bilan hisoblangan, aniqrog‘i dinamik 
normativ metodi bilan aniqlangan statistik baholar boshqa metodlar orqali olingan 
natijalardan bir qancha ustunliklarga ega. Masalan, dinamik normativ metodi faqat 
statistik ko‘rsatkichlarga asoslanadi, bu degani subyektivizm kamroq. Ikkinchidan 
baholash mohiyatini nol va bir oralig‘ida bo‘lishi, ularni tushintirish va tushunish 
oson. Uchinchidan ko‘rsatkichlar faqat hisoblanmasdan balki ular ustidan 
monitoring olib borilishi va prognozlash mumkin. 
Shunday qilib bugungi kunda o‘zining imkoniyatlari bilan boshqa 
metodlardan qolishmaydigan dinamik normativ metodni innovatsion va 
investitsion jozibadorligini baholashda adekvat vosita va perspektiv metodlardan 
biri deb hisoblovchi tadqiqotlar fikriga qo‘shilishi mumkin. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish