N
ning
birliklari soni ma’lum yoki cheksiz bo‘lganda, shuningdek,
N
ga nisbatan n juda
kichik bo‘lgan xolatlarda, ya’ni qo‘shimcha ko‘paytuvchining miqdori 1 ga yaqin
bo‘lib, tanlamaning o‘rtacha xatosi miqdoriga ta’sir qilmaganda qo‘llaniladi.
Mexanik tanlamada, neytral belgi bo‘yicha teng intervallarga (guruhlarga)
bo‘lingan bosh to‘plamdan tanlama to‘plamga birliklar tanlab olinadi, bunda har bir
bunday guruhdan tanlamaga faqat bir birlik tanlab olinadi. Doimiy xatoga yo‘l
qo‘ymaslik uchun har bir guruhning o‘rtasida joylashgan birlikni tanlab olinishi
kerak.
150
Mexanik tanlamani tashkil qilishda to‘plamning birliklari oldindan ma’lum
tartibda (masalan, alfavit bo‘yicha, joylashish o‘ringa ko‘ra, qaysidir ko‘rsatkichni
ko‘payib yoki kamayib borishi bo‘yicha va h.k.) joylashtiriladi.
Keyin esa to‘plamning belgilangan birliklari soni ma’lum interval orqali tanlab
olinadi. Bunda bosh to‘plamdagi intervalning o‘lchovi tanlama salmog‘i miqdorining
teskari miqdoriga teng. Masalan, 2 foizli tanlamada har 50-birlik tanlanadi va
tekshiriladi, (1:0,02) 5 foizli tanlamada har 20-birlik (1:0,05).
Etarli darajadagi katta to‘plamda mexanik tanlama natijalarining aniqligi bo‘yicha
tasodifiy tanlamaga yaqin keladi. Shuning uchun mexanik tanlamaning o‘rtacha xatosini
aniqlaganda tasodifiy takrorlanmaydigan tanlamaning formulalaridan foydalaniladi.
Har xil turdagi to‘plamdan birliklarni tanlab olish uchun tipik tanlama deb
atalgan usul qo‘llaniladi.
Tipik tanlama bosh to‘plamning hamma birliklarini sifat jihatdan bir xil, bir
turdagi guruhlarga bo‘lish mumkin bo‘lganda ishlatiladi. Chunki, bu guruhlarga
o‘rganilayotgan ko‘rsaktichlar bog‘liq bo‘ladi.
Korxonalar tekshirilayotganda bunday guruhlar, masalan, tarmoqlar, mulkchilik
shakllari bo‘yicha guruhlar bo‘lishi mumkin.
Keyin har bir tipik guruhdan faqat tasodifiy yoki mexanik tanlash usuli bilan
tanlama to‘plamga birliklarni individual tanlash o‘tkaziladi.
Tipik tanlama odatda murakkab statistik to‘plamlarni o‘rganganda qo‘llaniladi.
Masalan, iqtisodiyotning alohida tarmoqlaridagi ishchi va xizmatchilarning oilaviy
byudjetlarini, ularning malakasi bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘lingan korxona
ishchilarining mehnat unumdorligini tanlama tadqiqot qilinganda ishlatiladi.
Tipik tanlama tanlov to‘plam birliklarini boshqa usullarda tanlashga qaraganda
ancha aniq natijalar beradi. Bosh to‘plamni tipiklashtirish tanlamaning
reprezentativligini shunday ta’minlaydiki, bunda har bir tipik guruhning o‘rtacha
tanlama xatosiga guruhlararo dispersiyaning ta’sirini bartaraf etishga imkon beradi.
Shuning uchun tipik tanlama o‘rtacha xatosini aniqlovchi variatsiya ko‘rsatkichi
bo‘lib, guruhlar ichidagi dispersiya o‘rtachasi hisoblanadi.
Tanlamaning o‘rtacha xatosini quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
151
-o‘rtacha miqdoriy belgi uchun,
n
S
x
2
(takrorlanuvchi tanlov),
N
n
n
S
x
1
2
; (takrorlanmaydigan tanlov);
-salmoq uchun (muqobil belgining),
n
w
w
i
i
w
)
1
(
(takrorlanuvchi tanlov);
)
1
(
)
1
(
N
n
n
w
w
i
i
w
(takrorlanmaydigan tanlov);
bu erda:
2
Do'stlaringiz bilan baham: |