Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
hodisa
 
va jarayonlarning tarqalish zichligini, 
yoyilishini xarakterlaydi.
Intensivlik nisbiy miqdoriga aholining zichligini (aholi soni/territoriya), 
tug‘ilish, o‘lish, tabiiy va mexanik harakati ko‘rsatkichlari va boshqalarni misol 
qilib keltirish mumkin. 
Taqqoslash nisbiy miqdori
 
turli obyekt va hududlarga mansub bo‘lgan bir xil 
ko‘rsatkichlarning nisbatini xarakterlaydi. Masalan, AQSh va O‘zbekistonda yoki 
O‘zbekiston va Rossiyada kishi boshiga iste’mol qilingan tuxum, go‘sht yoki bitta 
oilaga to‘g‘ri keladigan avtomobil va boshqalar. Taqqoslash nisbiy miqdorlarni 
hisoblashni boshlashdan oldin, tekshiruvchi taqqoslanadigan miqdorlarni 
taqqoslama holga keltirib olishi kerak. Taqqoslama bo‘lishi uchun, ikki 
mamlakatning ko‘rsatkichlari mohiyati va mazmuni bo‘yicha bir xil, ular yagona 
metodologiya bilan hisoblangan, bir xil o‘lchov birliklarida keltirilgan bo‘lishi 
kerak, aks holda, ularni taqqoslash noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi. 
 
 
4.4. Mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo‘llashning zaruriyati 
 
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni qo‘llashda bir qancha qoidalarga rioya qilish 
kerak. Mutlaq va nisbiy miqdorlarning o‘ziga xos xarakterli xususiyati shundaki, 
ular doimo bir turli hodisa va jarayonlarning miqdori va razmerini ifodalaydi. 
Shuning uchun ham, mutlaq va nisbiy miqdorlarni hisoblashda va, ayniqsa, ulardan 
foydalanishda tekshiriladigan hodisa va jarayonlar rivojlanishini o‘ziga xos 
xususiyatlarini va alohida sharoitlarini e’tiborga olish zarur. Sharoit, joy va vaqtga 
qarab bir xil ko‘rsatkichlar xarakteri bo‘yicha turli hodisalarning darajasini 


95 
ifodalashi mumkin. Masalan, aktsionerlik jamiyatlarini olaylik. Bundan 10 yil 
oldin juda katta hisoblangan korxona (aksiyalar soni bo‘yicha) bugungi kunga 
kelib juda ham kichik korxonalar soniga qo‘shilishi mumkin. Yoki boshqacha bir 
misol. Kompaniya va firmalarni territoriyalar bo‘yicha ham taqqoslashda 
yuqoridagi muammoga to‘g‘ri kelamiz. Toshkent shahrida eng kichik hisoblangan 
korxona, Buxoro viloyati Jondor tumanida eng katta kompaniyalar safiga 
qo‘shilishi mumkin. 
Demak, mutlaq va nisbiy miqdorlardan foydalanishda, har bir aniq tekshirish 
uchun statistikada o‘rganilayotgan ko‘pchilik hodisalarni xarakteri bo‘yicha 
differentsial yondoshuv talab etiladi. Bu talabning to‘g‘riligini quyidagicha 
tushuntirish mumkin. Masalan, kontsern yoki xolding kompaniya bo‘yicha 
shartnoma majburiyatlari bajarilishi va oshirib bajarilishi kuzatilayotganda, shu 
kompaniyaga qarashli ayrim korxonalarda shartnomalar bajarilmaganligini 
kuzatish mumkin. Xuddi, shu holatni, to‘plam birliklarini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham kuzatish mumkin. Masalan, respublikada bir 
aksiyadorga to‘g‘ri keladigan aksiyalar sonini viloyatlar, ayniqsa tumanlar (qishloq 
tumanlari) bo‘yicha olaylik. Bu erda tebranishni kattaligiga hech kim shubha 
qilmaydi. 
Mutlaq va nisbiy miqdorlarni taqqoslashdan oldin, ular taqqoslama holga 
keltirilishi kerak. Bu muammoni echish, bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim. 
Chunki, har qanday kompaniya jahon bozoriga chiqishdan oldin, o‘z mahsulotini 
jahon standartlariga mos kelishini taqqoslash metodi orqali hal qiladi. Biz o‘zbek 
kompaniyasining ko‘rsatkichlarini Yaponiya ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashdan 
oldin, taqqoslanadigan ko‘rsatkichlar ikkala mamlakatda ham bir xil metodologiya 
bilan aniqlanganligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Bunday ishonchni har bir 
kompaniya ko‘rsatkichlarini vaqt bo‘yicha ham taqqoslashda hosil qilinsa yaxshi 
bo‘ladi. 
Hayotiy tajriba va son-sanoqsiz o‘tkazilgan statistik-ilmiy tekshirishlardan 
shunday xulosa chiqarish mumkinki – mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda 
qo‘llash kerak. 


96 
Alohida olingan nisbiy miqdor o‘zicha o‘rganilayotgan hodisa haqida aniq 
tasavvur bera olmaydi (xuddi shu gaplarni mutlaq miqdorlar to‘g‘risida ham aytish 
mumkin). Masalan, ish haqi 500000 dan 2000000 so‘mga oshdi. Biz, bu erda 
baralla aytamizki, ish haqi 3 marta yoki 300 % oshdi. Agarda 2000000 so‘mdan 
500000 so‘mga kamaysa, biz aytamizki ish haqi 75% pasaydi. Ko‘rinib turibdiki, 
ish haqining oshgan summasi ham, pasaygan summasi ham 1500000 so‘mga teng.
Foizlarni mutlaq miqdorlarsiz qo‘llash ham noto‘g‘ri tasavvurlarga olib keladi. 
Masalan, ikkita kompaniyaning ishlab chiqargan mahsuloti bo‘yicha dinamika 
nisbiy miqdorini hisoblaylik va ikkalasida ham o‘sish sur’ati 57 foizni tashkil 
qilgan. Ikkalasi ham bir xil ishlagan ekan, degan xulosa chiqarish mumkin, agarda 
mutlaq raqamlarga e’tibor bermasak. Birinchi kompaniya o‘tgan yili 100 ta, joriy 
yilda 157 mebel ishlab chiqardi, ikkinchisi esa tegishli ravishda 167819 va 263475 
ta.
Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan ikkala kompaniyada ham qo‘shimcha 
o‘sish sur’ati 57% teng. E’tibor qilsak, birinchi kompaniyada ishlab chiqarish 
darajasi bir foizga o‘ssa mebellar soni 1 taga(100x0,01), ikkinchisida esa 1678 taga 
oshadi. Shuning uchun ham foizlar bilan bir qatorda, ularning hisoblanish asosi 
bo‘lgan mutlaq miqdorlarni keltirish va ishlatish har qanday statistik tekshirishni 
yanada boyitadi.

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish