Masshtab (miqyos)
- bu raqamli ko‘rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan
o‘lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko‘rsatkichlarni
grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda
shkala
muhim ahamiyatga ega.
Shkala
deganda aniq raqamlar kabi o‘qilishi mumkin bo‘lgan, nuqtalar bilan ajratilgan
chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala
raqamlari, shkala nuqtalar (3.4-rasm).
-2 -1 0 1 2
3.4-rasm. Shkala
шкала рақамлари
Шкала
таянчи
Шкала
нуқталари
72
Shkala tayanchi to‘g‘ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo‘lishi
mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng
bo‘lmagan holda bo‘lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo‘lsa, bunday
shkala teng o‘lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo‘lmasa teng bo‘lmagan
o‘lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri – bu
grafik talqinidir (eksplikatsiya)
.
Bu unsur
grafikning mohiyatini, mazmunini so‘z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqini uning nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning
ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqini qisqa va
tushunarli bo‘lishi lozim. Grafiklarni tasvirlashda ko‘rsatkichlar, yozuvlar, shartli
belgilar kam bo‘lishi, qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni
osonlashtiradi.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:
1.
Mazmuni yoki vazifasiga ko‘ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy
miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari;
variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o‘zaro
bog‘lanishdagi ko‘rsatkichlar grafiklari va boshqalar.
2.
Grafik tasvirni geometrik shakliga ko‘ra (3.5-rasm): nuqtali; chiziqli;
yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli,
grafiklarga bo‘lishadi
3.
Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko‘ra (3.6-rasm): diagrammalar;
statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar)ga bo‘lish mumkin.
Diagramma
– bu grafiklarning keng tarqalgan turidir. Ular bir-biriga bog‘liq
bo‘lgan kattaliklarni turli jihatlarini ifodalashda qo‘llaniladi. Bunda
o‘rganilayotgan, tahlil qilinayotgan miqdorlar ularni tushunish, yaqqol namoyon
bo‘lishi qulay bo‘lgan diagramma shakllari (ustunli diagrammalar, lentali
diagrammalar, chiziqli diagrammalar, figurali diagrammalar, sektorli yoki
doirasimon diagrammalar) orqali tasvirlanadi.
73
3.5-rasm. Grafik tasvirning geometrik shakliga ko‘ra grafiklar tasnifi
3.6-rasm. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko‘ra grafiklar tasnifi
Echilayotgan topshiriqni xususiyatiga ko‘ra diagrammalar taqqoslash, tuzilmaviy,
dinamika va o‘zaro bog‘lanishni ifodalovchi diagrammalarga bo‘linadi.
Statistik grafiklarning asosiy turlariga yana gistogramma, poligon, ogiva va
boshqalar kiradi.
Taqqoslash diagrammalarining
keng tarqalgan turlaridan biri bu ustunli
diagrammalardir. Bunday diagrammalar eni bir xil bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakli
Статистик графиклар
Чизиқли
Ясси
Ҳажмли
С
та
ти
ст
ик
чи
зи
кла
р
Устун
ли
Лент
али
К
ва
дра
тли
Дои
ра
ли
С
ек
торли
Фи
гура
ли
Ну
қт
али
Фон
ли
Устки
та
қс
им
ла
ни
ш
Статистик графиклар
Диаграммалар
Статистик хариталар
Таққослаш
диаграммалари
Динамика
диаграммалари
Структурали
диаграммалар
Харитограмма
Харитодиаграмма
74
ustunlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir ustun uzunligi (bo‘yi) kuzatilayotgan
kattaliklarni aks ettiradi. Bunda har bir ustun uzunligi ma’lum masshtabda statistika
ko‘rsatkichlarining kattaligini ifodalaydi. Ustunlar bir-biriga yopishgan, ustma-ust
(qisman) yoki bir xil masofada vertikal holda joylashtiriladi. Shuningdek, ular grafik
maydonda (bu holda vertikal o‘q shkala vazifasini bajaradi), ya’ni to‘g‘ri chiziqli
koordinat tizimida joylanishi mumkin.
Taqqoslovchi diagrammani tashkil etuvchi barcha ustunlarda faqat bitta o‘lchov
o‘zgaruvchan miqdor hisoblanadi. Misol tariqasida quyidagi ustunli diagrammalar
tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
Yuqorida bayon etilgan qoidalarga muvofiq gorizontal o‘q bo‘ylab ustunlar
vertikal joylashtiriladi. Mazkur diagrammalarning yaqqolligi ustunlardagi
miqdorlarni solishtirish orqali erishiladi.
Grafik maydonda ustunlarning joylanishi gorizontal o‘q bo‘ylab turlicha
bo‘lishi mumkin: bir-biridan bir xil uzoqlikda; bir-biriga jipslashgan holda; bir-
birini ustiga qo‘yilgan holda.
Taqqoslovchi diagrammalar lentali ko‘rinishda
ham tasvirlanishi mumkin. Bunda statistika ko‘rsatkichlari lenta uzunligi orqali
ma’lum bir masshtabda ifodalanadi va u ham ustunli diagrammaga o‘xshash eni bir
xil bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib to‘g‘ri chiziqli koordinata tizimida
vertikal o‘q bo‘ylab bir xil masofada, ustma-ust (qisman) yoki bir-biriga
jipslashgan holda gorizontal holatda joylashtiriladi (3.7-rasm).
3.7-rasm. Viloyatda aholi jon boshiga YaIChning real o‘sishi 2009-2018 yy. (foizda)
Tasvirlanayotgan statistik ko‘rsatkichlarning bir xil o‘lchamdaligi hamda
ularning turli ustunlar va lentalar uchun bir xil miqyosdaligi, yagona qoidaning
bajarilishi tasvirlanayotgan ko‘rsatkichlarning muvofiqligini (ustunlarning
75
balandlik bo‘yicha
,
lentalarning uzunlik bo‘yicha) va mutanosibligini talab etadi.
Bu talabning bajarilishi uchun quyidagilar zarur: birinchidan, ustun (lenta)
o‘lchami belgilanadigan shkala noldan boshlanishi, ikkinchidan, bu shkala uzluksiz
bo‘lishi lozim (3.8-rasm).
3.8-rasm. Viloyatda xalk iste’moli tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha ma’lumotlar
(mlrd.so‘m)
Ustunli va lentali diagrammalar statistika ma’lumotlari grafik tasvirining
qabuli sifatida mohiyatiga ko‘ra o‘zaro o‘rin almashunuvchidir, ya’ni ko‘rib
chiqilayotgan statistika ko‘rsatkichlari ham ustunlarda, ham tasmalarda baravar
taqdim etilishi mumkin.
Yo‘naltirilgan diagrammalar ustunli (tasmali) diagrammalarni bir turi
hisoblanadi. Unda ustunlar yoki tasmalarning ikki tomonlama joylashgan bo‘lib
miqyos bo‘yicha hisob o‘rtadan boshlanadi. Odatda bunday diagrammalar
qarama-qarshi sifat qiymatidagi miqdorlarni tasvirlash uchun qo‘llaniladi.
Ikki tomonlamalilar guruhiga sonli tafovutlar diagrammalari kiritiladi.
Ularda tasmalar nolga teng vertikal chiziqdan ikkala tomonga: o‘ngga – ko‘payish
uchun, chapga – kamayish uchun yo‘naltirilgan.
Bunday diagrammalar yordamida rejadan yoki taqqoslash negizi uchun
qabul qilingan biron-bir darajadan chetga chiqishini tasvirlash qulaydir.
O‘rganilayotgan statistik o‘zgarishlarini ko‘lamini ko‘ra olish imkoniyati, ko‘rib
chiqilayotgan diagrammalarning muhim alomati hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy
tahlil uchun katta ahamiyatga egadir.
76
Taqqoslanayotgan statistik ko‘rsatkichlar miqdori bir-biridan juda katta farq qilsa
ular turli xil geometrik shakllar – kvadrat, doira va boshqa figuralar orqali tasvirlanishi
mumkin. Bunday diagrammalar, masalan kvadrat yoki doiraviy diagramma tuzish uchun
dastlab taqqoslanayotgan miqdorlardan kvadrat ildiz chiqarib olish zarur. Shundan so‘ng
olingan natijalar asosida qabul qilingan miqyosga muvofiq kvadrat tomoni yoki doira
radiusi aniqlanadi.
Diagrammalarni to‘g‘ri tuzish uchun kvadratlar yoki doiralarni bir-biridan bir xil
masofada joylashtirish, har bir shkalada o‘lchov miqyosini keltirmagan holda u
tasvirlaydigan son qiymatini ko‘rsatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |