Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
 
III.
 
STATISTIK 
 MA’LUMOTLARNI 
TASVIRLASH 
METODLARI 
 

Statistikada jamlash: turlari va mohiyati 

Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va 
turlari 

Statistik jadvallar 

Statistik grafiklar 

Asosiy tayanch iboralar 

Bilimingizni sinab ko‘ring 


54 
Statistika organlari yoki ilmiy tadqiqodchilar o‘zlariga yuklatilgan vazifani 
hal qilish uchun, ya’ni statistik kuzatishning maqsadi va vazifasiga muvofiq 
millionlab ma’lumotlarni (raqamlarni) to‘playdilar. To‘plangan ma’lumotlarni 
qurilish maydoniga keltirib to‘kilgan, qum, tsement, g‘isht, armatura, qora qog‘oz, 
mum, taxta, shifr va boshqa qurilish materiallariga o‘xshatish mumkin. 
Quruvchilar qurilish materiallaridan yashash yoki ishlab chiqarish obyektlarini
qurgandan so‘ng, bizni ko‘z o‘ngimizda chiroyli tasvir ya’ni bino paydo bo‘ladi. 
Biz ham to‘plangan millionlab raqamlarni tushinarli va gapiradigan qilishimiz 
uchun ularni jamlashimiz, guruhlarga ajratishimiz, olingan natijalarni jadvallarda 
joylashtirishimiz, grafiklarda ifodalashimiz zarur. Bu ishni statistik tasvirlash deb 
atashadi. Bitta tasvir minglab so‘zni yoki raqamni o‘rnini bosishi mumkin. Demak, 
“Yuz marta eshitgandan ko‘ra, bar marta ko‘rgan yaxshi” deb xalq bekorga 
aytmaydi.
Statistik tasvirlash bir qancha statistik metodlar yordamida amalga oshiriladi. 
Ushbu bobda statistik jamlash, statistik guruxlash, statistik jadallar, statistik 
grafiklarni tuzish nazariyasi va amaliyotini o‘rganamiz.
3.1. Statistikada jamlash: turlari va mohiyati 
O‘rganilayotgan hodisa bo‘yicha statistik kuzatish o‘tkazish natijasida u 
haqida ko‘pdan-ko‘p va turli-tuman tarqoq ma’lumotlar to‘planadi. Bu 
ma’lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo‘lmaydi, chunki ular tarqoq va 
har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to‘plangan ma’lumotlarni bir 
tizimga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu muammo 
statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo‘llash bilan hal etiladi. Jamlashdan 
statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. 
Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda 
beriladigan informatsiyani tushunmaslik kerak. Informatsiya ma’lum bir ishning 
bajarilishi to‘g‘risidagi operativ ma’lumotdir. 
Statistik svodkalash deganda to‘plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan 
ko‘zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi. 


55 
Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil 
qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi.
Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini hisoblash 
tushuniladi, murakkabda esa to‘plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, 
ularning har biri va umumiy bo‘yicha jamlar chiqariladi. 
Markazlashgan jamlashda barcha ma’lumotlar bir erga to‘planib, o‘sha erda 
qayta ishlanadi. Masalan, aholi ro‘yxati ma’lumotlarini qayta ishlash. 
Markazlashmagan jamlashda ish pog‘onama-pog‘ona amalga oshiriladi, 
masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k. 
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.To‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi.
2.To‘plam birliklari o‘rganilayotgan belgi bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. 
3.Har bir guruh va umumiy to‘plam bo‘yicha jamlar chiqariladi.
4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish