Ҳamid Шоdiev, Иbроҳim Ҳabibуllaev



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/174
Sana30.03.2022
Hajmi6,96 Mb.
#519625
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   174
Bog'liq
Statistika. Darslik. X.Shodiyev, I. Xabibullayev

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XII.MEHNAT 


281 
BOZORI
STATISTIKASI 
 

Mehnat bozori tushunchasi va 
statistikasining vazifalari 

Mehnat resurslari statistikasi 

Xodimlar soni va ish vaqti 
statistikasi 

Mehnat unumdorligi statistikasi

Asosiy tayanch iboralar 

Bilimingizni sinab k
o‘ring 
12.1 Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi mehnat qilish qobilyati 
sifatida tovarga aylanadi va oldi-sotdi orqali maqsadga erishishning 
omillaridan biridir. Mehnat bozorining bir tomonida 
o‘z qobilyatini (ishchi 
kuchini) sotuvchi tursa, ikkinchi tomonida ish qobilyatga (ishchi kuchiga) 
talabi bor firma, shaxs yoki komanda turadi. 
Ular 
o‘rtasida o‘zaro shartnoma tuziladi, bu ishga yollash hamda 
ishga yollanish shaklida yuz beradi va tovarga aylangan qobilyatni (ishchi 
kuchini) sotish va sotib olishni ifodalaydi. Mehnat bozorida boshqa 
bozorlardan ancha farq qiladi. Oddiy bozorlarda tovar sotilgandan s
o‘ng 
mulk egasi 
o‘zgaradi, mehnat bozorida esa sotish jarayonida mulk egasi
o‘zgarmaydi. Futbol komandasi futbolchini o‘zini emas, uni mehnat 
qobilyatini (
o‘ynash qobilyatini) sotib oladi. Qobilyat sotilganda ham uning 
egasi futbolchi b
o‘lib qolaveradi. Demak, qobilyatni (ish kuchini) bozor 
orqali iste
’mol etish uchun egasidan ajratib olishni bildirmaydi. Bu degani, 
mehnat bozorida mehnatkashning 
o‘zi emas, balki uning mehnat qilish 
qobilyati ma
’lum muddatga sotiladi. Oddiy bozorlarda tovarni sotib olish 
paytida tovarning haqi t
o‘lanishi shart, mehnat bozorida esa bunday emas. 
Mehnat bozorida qobiliyatdan oldin foydalanib, s
o‘ngra uni haqi to‘lanadi. 


282 
Mehnatga b
o‘lgan talab mamlakatda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni 
ifodalaydi. Talab ishchilar soni bilan baholanadi. Mehnat ishchi kuchining 
umumiy sonidir. Mehnatning bozor narxi ish haqi b
o‘lib, u yollanib 
ishlovchilarga ma
’lum vaqtda bajariladigan ishning miqdori va sifatiga qarab 
baholanadi. 
Mehnat bozori 
o‘z subyektlariga, rivojlanish omillariga, segmentlariga 
va modellariga ega. Mehnat bozorining subyektlari b
o‘lib: ishlab chiqarish 
vositalari egalari va ularning manfaatdorligini yoqlovchi organlar; yollanma 
ishlovchilar va ularning manfaatlarini yoqlovchi tashkilotlar; davlat ish 
beruvchi va yollanib ishlovchilar 
o‘rtasida vositachi sifatida. Mehnat 
bozorining segmentlari 
– eng yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar 
bozori; malakali kadrlar bozori; ishchi kasbi mehnat bozori; past malakali 
xodimlar va xizmat sohasi mehnat bozori; qolgan bozorlar hisoblanadi. 
Dunyo mamlakatlarida mehnat bozorining turli modellari mavjud. 
Ularni k
o‘r ko‘rona qo‘llash maqsadga muvofik emas. Masalan: O‘zbekiston 
Respublikasi aholi tabiiy k
o‘payishi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga 
kiradi. Bunday sharoitda mehnat bozorini samarali amal qilishi uchun 
davlatni aralashuvi talab etiladi. Ushbu omil orqali mehnat bozorini nafaqat 
samarali modeli, balki egiluvchan shakli tashkil etiladi. Samarali va 
egiluvchan bozor deganda doimo 
o‘zgarib va moslashib boruvchi tizim 
tushuniladi. 
Shunday qilib, mehnat bozori deganda nimani tushunamiz? Mehnat 
bozoriga berilgan ta
’riflar juda ko‘p, ayrim paytlarda ular bir birini inkor 
etadi. Masalan, Djessi Rassel 2012 yil chop etgan 
“Mehnat bozori” kitobida 
mehnat bozoriga quyidagicha ta
’rif beradi–“Mehnat bozori ishchi kuchiga 
b
o‘lgan talab va taklifni shakllantirish sferasi. U orqali ishchi kuchini ma’lum 
muddatga sotish amalga oshiriladi
.” Shuningdek, A.A.Nikiforova mehnat 
bozorini 
ayni 
paytda 
mehnat 
bozori 
ishtirokchilari: 
tadbirkorlar, 
mehnatkashlar va davlat 
o‘rtasida manfaatlar tengligiga erishganligini va 
rivojlanganlik darajasini ifoda etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi deb 


283 
ta
’riflaydi. V.S.Bulanov mehnat bozorini tovar-pul munosabatlari sifatida 
talqin qiladi va uni ish kuchiga b
o‘lgan talab, undan foydalanish va 
xodimlarni ra
g‘batlantirish, ishchi kuchini iste’mol etish vaqti kabilar bilan 
bo
g‘liq deb hisoblaydi. Bunday ta’riflar juda ko‘p. Bizni maqsadimiz, ta’riflar 
barchasini keltirish va tahlil etish emas. Bizni maqsad, mehnat bozorini 
statistikasi bilan 
o‘quvchini tanishtirishdan oldin, uni o‘zi nima degan 
savolga 
o‘quvchini javob izlashga undash. Keling, o‘quvchidan oldin, 
mehnat bozori nima degan savol biz mualliflar ham javob beraylik. Bizni 
fikrimizcha, mehnat bozori
– bu tovar sifatidagi insonning ish qobilyatini 
samarali egiluvchan oldi-sotdisini, mehnat sharoiti, haqi va unumdorligi 
haqidagi ixtiyoriy shartnomalar asosida amalga oshiradigan jarayondir. 
Mehnat bozori statistikasi oldida mehnat resurslari, iqtisodiy faol va 
nofaol aholi, aholini bandligi, ishsizlik iboralarini izohlash asosida statistik 
k
o‘rsatkichlarni aniqlash metodologiyasini takomillashtirish, hisoblash va 
tahlil qilish, korxona va tashkilotlarda xodimlar sonini, tarkibini, 
unumdorligini 
o‘rganish vazifalari turadi. Buni ustiga, mehnat bozorini holati 
bilan aholini tanishtirish va boshqaruv organlarini ma
’lumotlar bilan 
ta
’minlash, statistik organlarining ham o‘ta muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish