272
Misol. “A” va “B” aholi punktlarining birida aholining yillik o‘rtacha soni
100000 kishin tashkil etadi. Yil davomida tug‘ilganlar soni tegishli ravishda 1700
va 2500 bola. Har bir aholi punkti uchun tug‘ilish koeffitsentini hisoblaymiz.
Demak, “A” aholi punktida har 1000 kishiga 17 ta bola, “B” aholi punktida -
25 ta bola tug‘ilgan ekan. Bu degani “B” aholi punktida tug‘ilish koeffitsenti “A”
punktiga nisbatan har 1000 kishiga 8 bolaga ko‘p.
O‘lish koeffitsenti – hisobot davrida jami o‘lganlar sonini shu davrdagi
doimiy aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, 1000 ga ko‘paytirish
orqali hisoblanadi,
ya’ni
bu erda:
-o‘lish koeffitsienti; -o‘lganlar soni;
-aholining o‘rtacha soni.
Aholi soni tabiiy o‘zgarib boradi. Aholining tabiiy o‘zgarishi ko‘rsatkichi
tug‘ilganlar bilan o‘lganlar soni o‘rtasidagi farqni ifodalaydi.
Aholini tabiiy o‘zgarish koeffitsenti tug‘ilganlar bilan o‘lganlar farqini
aholining o‘rtacha soniga nisbati bilan aniqlanadi yoki tug‘ilish koeffitsenti bilan
o‘lim koeffitsentini ayirmasiga teng. Ya’ni,
Aholini tabiiy o‘zgarishini statistik baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan
ham keng foydalaniladi:
–
maxsus tug‘ilish koeffitsenti – tug‘ilganlar (tirik) sonini 15-49
yoshgacha
bo‘lgan ayollarni o‘rtacha soniga nisbati;
–
tug‘ilishni yig‘indi koeffitsenti – har bir yosh oralig‘ining uzunligini
hisobga olgan holda yosh koeffitsentlarining yig‘indisi sifatida hisoblanadi;
–
o‘limning yosh koeffitsenti – hisobot davrida muayyan yoshda o‘lganlar
sonini shu yoshdagilarning o‘rtacha soniga nisbati;
273
–
100000 tug‘ilganlarga nisbatan onalar o‘limi koeffitsenti – vafot etganlar
sonini tug‘ilganlar (tirik) soniga bo‘lib, 100000 ga ko‘paytiriladi;
–
maxsus, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi koeffitsenti quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:
,
bu erda: m –joriy yilda tug‘ilganlardan 1 yoshgacha o‘lganlar soni; T
1
va T
0
– joriy
va o‘tgan yilda tug‘ilganlar soni.
–
100000 aholiga nisbatan o‘limning alohida sabablari koeffitsenti – hisobot
davrida alohida sabablarga ko‘ra koeffitsenti o‘lganlar
sonini doimiy aholining
o‘rtacha soniga bo‘lib, 100000 ga ko‘paytirish orqali hisoblanadi;
–
0 yoshdan 4 yoshgacha bolalar o‘limi koeffitsenti – 4 yoshgacha o‘lgan
bolalar har bir yosh bo‘yicha koeffitsentlar yig‘indisidan iborat. Har bir yosh
koeffitsenti go‘daklar o‘limi koeffitsentiga o‘xshab hisoblanadi;
–
hayotiylik koeffitsenti (V.N. Pokrovskiy koeffitsenti ham deyiladi) –
tug‘ilganlar
sonini
o‘lganlar
soniga
nisbati
bilan
aniqlanadi
(
). Agarda ushbu nisbat 1 dan katta bo‘lsa aholi
punktida aholi
sonini tabiiy ortganligini, 1 dan kichik bo‘lsa kamayganligini
bildiradi;
–
nikohlar koeffitsenti – hisobot davrida tuzilgan nikohlar sonini doimiy
aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, 1000 ga ko‘paytirish orqali hisoblanadi;
–
ajrimlar koeffitsenti – hisobot davrida nikohdan
ajralishlar sonini doimiy
aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, 1000 ko‘paytirish orqali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: