Astronomiyadan ma’lumotnomalar


Neptunning "Voyadjer-2" olgan fotosurati



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/96
Sana30.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#519471
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
Bog'liq
1. Astronomiyadan ma\'lumotnomalar

Neptunning "Voyadjer-2" olgan fotosurati. 
25 avgust 1989 yil. 


Astronomiyadan ma’lumotnomalar
www.Orbita.Uz
kutubxonasi 
52
w
w
w
.O
r
b
it
a
.U
z
m
a

lu
m
o
tn
o
m
a
la
r
m
a
r
k
a
z
i.
uning asosini vodorod va geliy elementlari tashkil qiladi. Hisoblashlarga ko‘ra Neptun markazida og‘ir yadro 
mavjud bo‘lib, uning tarkibi, taxminan silikatlar hamda, og‘ir metallardan iborat ekan.
Neptun atmosferasining tarkibiga ko‘ra, molekulyar vodorod va geliy asosiy ulushni egallaydi
shuningdek, kam miqdordagi metan mavjudligi aniqlangan. Neptun kosmik apparatlar obyektivida moviy 
rangda namoyon bo‘ladi. Buning sababi asosan metan gazi hisoblanadi.
Neptun atmosferasida butun Quyosh tizimidagi eng kuchli po‘rtana va 
bo‘ronlar yuz beradi. Ba’zi fikrlarga ko‘ra ularning tezligi 2100 km/soatgacha 
yetar ekan. 1989 yilda 
Voyajer-2
kosmik apparati tomonidan Neptun 
atmosferasida oq dog‘ – Yupiterning qizil dog‘iga o‘xshash hodisani qayd etdi. 
Bu yuqoridagi Neptun bo‘ronlari haqidagi fikrni tasdig‘i sifatida qarala 
boshladi. Neptunning atmosfera qatlamlaridagi harorat -220°C ni tashkil qiladi. 
Biroq uning yadrosida esa 5400°K gacha issiqlik bo‘lishi mumkin ekan. 
Neptunni kuzatishlardagi aniqlangan ajablanarli hodisalardan biri, uning 
Quyoshdan oladigan issiqlik miqdoriga nisbatan, o‘zi ko‘proq issiqlik miqdori 
chiqarishidir. Buni olimlar Neptun yadrosida termoyadro reaksiyalari borsa 
kerak degan faraz bilan izohlashgan.
O‘z o‘qiga nisbatan og‘ish burchagi Yer va Marsnikiga yaqin, ya’ni 28,32° 
bo‘lganligidan, Neptunda fasllar almashinuvi jarayoni yuz beradi. Neptun fasllari har 40 yilda bir almashadi. 
Neptun fasllari almashinuvi uning 
albedo
qiymatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Urandan farqli ravishda Neptun 
kuchli ichki issiqlik manbaiga ega. U o‘zi quyoshdan oladigan energiyaga nisbatan 161% ko‘p miqdorda ichki 
issiqlik ishlab chiqaradi. Buning sababi sifatida olimlar, sayyora yadrosining kuchli radiogen qizishini 
keltirishmoqda.
Neptunda ham ko‘p sonli tabiiy yo‘ldoshlar tizimi, hamda, juda ingichka 
va xira halqalar mavjudligi, Voyajer-2 tomonidan olingan tasvirlar orqali 
aniqlandi. Neptun halqasi asosan silikatlar bilan qoplangan uglerodli 
materiallardan tashkil topgan, muzlagan mayda jismlardan iborat. Hozirgacha 
Neptunning 5 ta halqasi aniqlangan.
Tabiiy yo‘ldoshlarning eng kattasi – Tritonni, Neptunning o‘zi kashf 
etilishidan 17 kun o‘tib, Uilyam Lassel ochgan. «Triton» nomini Kamil 
Flammarion 1880 yilda fanga tavsiya etgan edi. Biroq, Neptunning 2-
yo‘ldoshi Nerida ochilguniga qadar Triton nomi rasmiy qo‘llanilmay, u faqat 
«Neptun yo‘ldoshi» sifatida yuritilgan. Triton, 
Quyosh tizimi
dagi tabiiy 
yo‘ldoshlar ichida o‘z atmosferasiga ega bo‘lgan uchta tabiiy yo‘ldoshdan 
biridir (Io va Titan bilan birgalikda). U ham teskari yo‘nalishda va spiralsimon 
orbita bo‘ylab aylanadi. Olimlarning fikricha aslida Triton Neptunning haqiqiy 
tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmay, balki uzoq o‘tmishda Neptun tomonidan «tutib olingan» bo‘lishi ham mumkin ekan. 
Neptunning ikkinchi yo‘ldoshi Nereida 1949 yilda golland olimi 
Jerard Koyper
tomonidan kashf etilgan. 
Keyingi yo‘ldoshlarni esa 1989 yilda Neptunga Voyajer-2 ning tashrifidan so‘ng aniqlandi. 2002-2003 yillar 
davomida Neptunning yana 5 ta yangi tabiiy yo‘ldoshi qayd etildi. Sakkizinchi sayyoraning hozircha oxirgi – 
14 tabiiy yo‘ldoshi, 
«Xabbl» teleskopi
dan 2004-2009 yillar davomida olingan fotosuratlari asosida, 2013 yilda 
aniqlangan bo‘lib, unga hali nom berilganicha yo‘q (vaqtinchalik nomi - S/2004 N 1). 
Neptun quyosh tizimidagi eng kam o‘rganilgan sayyoralardan biridir. Unga hozircha faqat bir marta – 
Voyajer-2 kosmik apparatigina yetib borgan. Yanada yangi va batafsil ma’lumotlarni balki keyingi avlod 
fazoviy apparatlari yetkazishar.

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish