O'zbekistonda sement sanqati


 Oq va rangli portlandsementlar



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/55
Sana11.11.2020
Hajmi0,79 Mb.
#51941
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
boglovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi

 

                     5. Oq va rangli portlandsementlar 

 

Oq  portlandsement  -  tarkibida  temir  oksid  (0,3-0,45  %  gacha)  bo'lgan  oq 

klinkerni mayda tuyishdan hosil bo`ladigan gidravlik bog'lovchi modda. 

Klinkerni  tuyish  jarayonida  15  %  gacha  gidravlik  yoki  10  %  gacha  inert 

qo'shilmalar,  shuningdek,  tishlashish  muddatlarini  keragicha  o'zgartirib  turish 

uchun ko'pi bilan 3 % gips qo'shishga ruxsat etiladi. Gips va qo'shilma tuyilgandan 

so'ng bu sement belgilangan darajada oq bo`lishi kerak. 

Portlandsement  rangi  klinker  minerallari  tarkibida  qanday  oksid  borligiga 

qarab har xil bo'ladi. Masalan, kalsiy silikatlar oq, C

3

S esa C



2

S dan oqroq bo`ladi 

va  hokazo.  Ayniqsa,  uch  kalsiyli  alyuminat  oqligi  bilan  boshqa  sementlardan 

ajralib  turadi.  To'rt  kalsiyli  alyumoferrit  tarkibida  temir  oksidlari  borligi  tufayli 

qoraroq bo`ladi. Shu sababli oddiy portlandsement kul rang-yashil bo`ladi. Demak, 

klinkerda uni bo'yovchi oksidlar, ayniqsa Fe

2

O

3



 bo`lmasa bunday sement oq rangli 

bo`ladi. 

Shunday  qilib,  oq  portlandsement  ishlab  chiqarishdan  asosiy  maqsad, 



 

66 


tarkibida  temir  oksid  bo`lmagan  yoki  juda  oz  miqdorda  bo`lgan  xomashyoni 

ishlatish.  Bunday  klinker  tarkibida  C

4

AF  ham  deyarli  bo`lmaydi.  Biroq  maium 



kimyoviy  tarkibli  xomashyo  ishlatishning  o'zi  oq  portlandsement  ishlab  chiqarish 

uchun  kifoya  qilmaydi.  Buyovchi  oksidlar  sementga  yoqilg'i  kulidan  yoki  tuyish 

jarayonida  tegirmon  sharlaridan  yoxud  tegirmonning  poiat  qoplamasidan  o'tishi 

mumkin.  Shuning  uchun  klinkerni  pishirish  paytida  kulsiz  suyuq  yoki  gazsimon 

yoqilg'i  ishlatiladi.  Klinker  pishib  bo’lgan  zahoti  uning  oqligi  oshiriladi.  Buning 

uchun  klinker  qaytarish  muhit  ta'siriga  uchratiladi.  Shunda  klinker  tarkibidagi 

Fe

2

O



ko'rinishidagi temir oksid kamroq bo'yaydigan Fe

3

O

4



 ga aylanadi va sement 

yanada oqaradi. Xomashyo  aralashmasi  va  oq sement klinkeri mahsus qattiq kam 

yoyiladigan  po`lat  yoki  chinni  plitalar  qoplangan  zoldirli  tegirmonlarda 

maydalanadi. 

Oq  portlandsement  oqlik  darajasiga  qarab  uch  navga  bo`linadi.  Oliy  nav, 

OS-1, OS-2 (OS-oq sement). Turli nav sementning oqlik darajasi kamida quyidagi 

talablarga mos bo`lishi kerak. 1-nav - 76 %, 2 nav - 72%, oddiy portlandsement - 

40% gacha. 

Oqlik  darajasi  fotometr  yordamida  aniqlanadi.  Standartga  ko'ra,  qaytarish 

koeffitsiyenti  96,3  %  dan  kam  boimagan  bariy  sulfat  (BaSO

4

)  oqlik  andozasi 



hisoblanadi.  Uch  kalsiyli  silikat  klinkerda  ko'p  miqdorda  boisa,  oq 

portlandsementdan  tayyorlangan  buyumlarning  sirtida  pq  dogiar  yoki  sho'ra  hosil 

boiishi mumkin. Bu C

3

S ning gidrolizi vaqtida ohak ajralib chiqishidandir. Bunga 



yoi  qo'ymaslik  uchun  oq  portlandsement,  ohakni  kam  eriydigan  kalsiy 

gidrosilikatga  aylantirish  maqsadida  5-10%  juda  faol  gidravlik  qo'shimcha 

qo'shiladi. 

Klinker  tarkibida  ko'p  miqdorda  C

3

S  va  C


3

A  boigani  uchun  oq  sement  tez 

mustahkamlana  boradi  hamda  ko'proq  kirishish  xossasiga  ega  bo`ladi.  Bu  sement 

400 va 500 markalarda ishlab chiqariladi. 

Oq  portlandsement  klinkeriga  gips, diatomit  (marmar  yoki  bo'r)  va  mineral 

pigmentlar  (suvda  va  organik  eritmalarda  erimaydigan  mayda  tuyilgan  rangli 

kukunlar  pigmentlar  deb  ataladi)  birga  qo'shib  tortish  yo`li  bilan  rangli  sementlar 

olinadi. Jumladan, qo'shilmalar sifatida oxra (sariq yoki qizil tusli mineral buyoq), 

temir,  surik  (qizil  yoki  qizg'ish-jigarrang  beruvchi  mineral),  marganes  rudasi 

(jigarrang),  ultramarin  (havo  rang)  va  shu  kabilar  qo'shish  mumkin.  Oq  va  rangli 

sementlar sun'iy marmar tayyorlashda ham ishlatiladi. 

Rangli  sementlar  yana  quyidagi  yoi  bilan  ham  olinadi.  Bo'yovchi  oksidlar 

(xrom,  marganes,  kobalt,  nikel,  mis  oksidlar)  xomashyo  aralashmasiga 

aralashtirilib,  yashil,  havorang,  qora,  jigarrang,  sariq  va  boshqa  turdagi  rangdor 

klinkerlar  olinadi.  Mineral  tarkibiy  tuzilmasiga  turli  oksidlarning  birikishi  tufayli 

olingan rangli klinker tortilib yaltiroq, tekis va turg'un rangga ega bo`lgan sement 

tayyorlanadi.  

Pardozlash  materiallari  o'zining  tabiati  va  texnikaviy  xossasiga  ko'ra 

konstruktiv  betonga  yaqin  tursa  ham  yig'ma  uy-joy  qurilishlaridagi  pardozlash 

ishlarini mexanizatsiyalashga qulay imkon yaratadi. Ular bir xil tipdagi texnologik 

jarayonlar  va  asbob-uskunalarni  ishlatish  hamda  uzoq  muddatga  chidamli  rangli 

konstruksiyalar 

olish 

imkonini 



beradi. 

Shu 


jihatdan 

oq 


va 

rangli 



 

67 


portlandsementlarni  eng  yuqori  unumli  pardozlash  materiallaridan  biri  deb 

hisoblash  mumkin.  Chunki  bu  oddiy  portlandsementning  ko'rinishlaridan  biri 

bo`lib,  oq  va  turli  ranglarni  o'zida  mujassamlashtirgan  hamda  yuqori  darajadagi 

mustahkamlikka ega bo`lgan sementdir. 

 

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish